«jahon tarixi va manbashunoslik»
Band — Navoiy tumanidagi qishloq. Bu so`z — to`g`on, suv ombori degan ma`noni bildiradi. YAngi bozor
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHor rabot
Band — Navoiy tumanidagi qishloq. Bu so`z — to`g`on, suv ombori degan ma`noni bildiradi.
YAngi bozor — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. Bu nomni o`rganishda o`sha joyda yashab xizmat qilayotgan o`qituvchilarta, keksalarga va arxiv hujjatlariga murojaat qilindi. Qishloqni nima uchun YAngi bozor deb atashgan? Bunga sabab, YAngi bozor qishlog`idan bir oz naridagi qishloqda boshqa kichik bir bozor bo`lgan, bu bozorga turli tomondan kishilar kelib savdo sotiq qilganlar. Bozor kengayib borgan, eski bozor bilan birgalikda yangi bozor ham rivojlangan. SHundan boshlab qishloq YAngi bozor deb atala boshlagan. Sari kunda — Romiton tumanidan 15 kilometr naridagi qishloq. Urganch cho`li etaklarida joylashgan. Keksalarning aytishlaricha, o`rta asrlarda qishloq nihoyatda obod bo`lgan. Maydoni keng, bog`-chorbog`i ko`p bo`lgan. SHu erda kunda boshi, ya`ni suv boshi bo`lgani uchun xam qishloqning nomini shunday deb ataganlar. «Sari» — tojikcha (bosh), «kunda» — suv, suv taqsimlanadigan to`g`on boshi demakdir. Vaqt o`tishi bilan xususiy boylik uchun olib borilgan kurashlar natijasida qishloq xarobaga aylangan. 1920 yilda qishloqda jami 6 xo`jalik istiqomat qilgan. Qishloq axolisining ko`pchiligi tojiklar. Keyingi yillarda qishloq tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Dastlab 10 gektar maydonda omoch bilan dehqonchilik qilgan sarikundaliklar bugungi kunda 300 gektardan ortiq erga ekin ekib, farovon hayot kechirmokdalar. CHor rabot — Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi qishloqning nomi. CHor rabot, ya`ni to`rtta rabotdan iborat degan ma`noni anglatadi. Hozir xam qishloq to`rt qismdan iborat bo`lib, ular xalq shevasi bilan quyidagicha nomlar bilan ataladi: Sho`ro xo`rxo (sho`r ovqat iste`mol qiladiganlar) — yoki tuzlik ovqat eydiganlar mahallasi; «Markaziy ko`cha» yoki mahalla; Poy luchho (oyoq yalanglar), yoki kambag`allar mahallasi; Oshpazho (oshpazlar mahallasi). Hozir ham CHor rabot qishlog`i va uning 4 mahallasi yuqoridagi nom bilan atalib kelinadi. Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi kolxozda quyidagi qishloqlar bo`lib, ular CHor rabot (to`rt rabot), Qo`rg`on (qal`a), Arrabon (suvi ravon ketadigan ariq; suvi tez oqadigan ariq) deb nomlangan (arablar yashaydigan qishloq bo`lishi ham mumkin). Keskin terak — Karmananing nomi, hozir Navoiy deb ataladi. Bu qishloqning ham o`ziga xos tarixi bor. Uning Keskin terak deb atalishi to`g`risida shunday rivoyat bor: bu erda juda ko`p terak o`sgan. Teraklarni bir kishi kelib kesib olib ketgan. SHundan beri bu joy Kesgan terak deb atalib kelar ekan. Erli xalq tilida «Keskin terak» deyiladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling