«jahon tarixi va manbashunoslik»
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
Sultonobod — Samarqand viloyatidagi qishloq nomi. Qishloqning Sultonobod deb atalishiga sabab, ba`zi bir keksa otaxonlarimizning so`zlariga qaraganda bu erda Sulton degan kishi o`tgan. Usha vaqtlarda bu erlar cho`li-biyobon bo`lib yotgan. Sulton bu erga ko`pgina kishilarni to`plab, suv chiqargan hamda serhovuzlar qazishgan, imoratlar qurishgan. SHu tariqa qishloqni obodonlashtirishgan. Ana shuning uchun bu qishloq shu kishining nomi bilan Sultonobod bo`lib qolgan.
Ba`zi bir kishilarning aytishicha, Sultonobod Buxoro amirining sayohatga o`tadigan yo`lida bo`lgan. Buxoro amiri ovga ketayotganda shu erga tushgan. Bu erda Sulton degan kishining saroyi bo`lgan. SHunda amir boboni chaqirib, unga «bu erni rabod qiling» deb aytgan. Rabod so`zi tojikcha so`z bo`lib, obod degan ma`noni bildiradi. SHundan so`ng, shu kishining nomi bilan Sulton rabod bo`lib ketgan. Ko`p vaqtlar o`tishi bilan qishloq tobora obodonlashtirilgandan so`ng Sultonobod deb atala boshlangan. Qorakissa — Samarqand viloyatidagi qishloqlardan biri. Qishloqning o`tmishiga to`xtaladigan bo`lsak, uning tarixi mashhur. Qo`rg`on qishlog`i tarixi bilan bog`liqdir. SHuning uchun ham avvalo Qo`rg`on qishlog`i tarixi ustida to`xtalamiz. Qadim davrlarda yashagan qabilalar bu erda Qurg`on barpo qilishib, yov bosib kelganda unda jon saqlashgan. Bora-bora Qo`rg`onga kishilar ko`plab o`rnasha boshlaganlar. SHunday qilib, Qo`rg`on qishlog`i bunyodga kelgan. Bu qishloq Nurotadan keyin ikkinchi o`rinda turgan. Uning axoli yashaydigan yirik manzil bo`lganligini quyidagi taxminlar bilan tasdiqlash mumkin. Birinchidan, hozirgi Qo`rg`on qishlog`idan ikki kilometr g`arbroqda kichik Rabod degan qishloq bo`lgan. Ma`lumki, o`rta asrlarda shaharning tashqarisi rabod deb aytilgan. Balki Qo`rg`onning chetki qismi hozirgi Rabod hududigacha etgan bo`lishi mumkin. Qorakissa qishlog`ining bunyodga kelishi shunday bo`lganki, taxminan XVI asrning oxiri — XVII asrning boshlariga kelib Qo`rg`on qishlog`i atrofidagi aholi tarqalib keta boshlagan. Bunga qurg`oqchilik sabab bo`lgan bo`lsa kerak. SHulardan bir guruhi janubroqqa Oqtog` tomonga siljigan. CHunki suv tog`dan kelgan. Suv kamaygach, aholi suvning boshlanishi tomonga siljigan. Bu toifadagi kishilar oq bo`z ko`ylakka qilinadigan cho`ntak og`zini qora mato bilan aylantirib, tikib chiqishgan. Ana shu sabab bo`lib Qorakissa qishlog`i qora kistaliklar (qora cho`ntakliklar) nomi bilan atala boshlagan. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling