Gubalak — bu qishloq Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi kolxoz hududida joylashgan. Qishloq viloyat markazi Qarshi shahridan 18 km shimoli-g`arbda, tuman markazidan esa 10 km janubi-sharq tomonda joylashgan. Qishloqda 200 dan ko`proq xo`jalik istiqomat qiladi. Aholining milliy tarkibi ham xilma-xil bo`lib, uning asosiy qismini o`zbeklar tashkil etadi. Aytishlaricha, qishloqning o`rni bundan bir necha yil muqaddam cho`l bo`lgan. Ko`chmanchilik bilan shug`ullangan odamlar asta-sekinlik bilan shu erga kelib o`troqlashib qola boshlaganlar. Qishloq yonida ko`chmanchi «arab» qabilalari kelib o`rnashgan. Ular avvallari kapa va erto`lalarda yashaganlar, so`ng guvala quyib, undan uy qurib olganlar. SHundan keyin bu qishloq nomi «Guvalak» bo`lib qolgan, keyinchalik Guvalak so`zi «Gubalak» bo`lib ketgan. Bu nom O`zbekistonning boshqa viloyatlarida ham uchraydi. Masalan, Farg`ona vodiysida guvalak nomli bir necha joylar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |