Jahon tarixi


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/38
Sana25.02.2017
Hajmi3.01 Kb.
#1260
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
«Uchlar ittifoqi» (Germaniya — Yaponiya — Italiya) shartnomasi tuzildi.
Bu shartnoma amalda dunyoni qayta bo‘lish shartnomasi edi. Tez orada bu
shartnomaga Ruminiya, Vengriya va Bolgariya ham qo‘shildi va ular hududiga
Germaniya armiyasi joylashtirildi.
Har tomonlama puxta hozirlik ko‘rgan Germaniya 1941-yilning 22-
iyunida erta tongda urush e’lon qilmay Sovet davlatiga hujum qildi. Shu
tariqa, Sovet—Germaniya urushi boshlandi (bu urush sovet davri adabiyot-
larida «Ulug‘ Vatan urushi» deb talqin etilgan).
Germaniya o‘z qurolli kuchlarining deyarli 80 foizini sovetlarga qarshi
tashladi. Bu front amalda Ikkinchi jahon urushining asosiy frontiga aylandi.
Germaniya dastlab Sovet armiyasiga qaqshatqich zarba bera oldi. Bunga
armiyaning 40 mingga yaqin rahbarlar tarkibi repressiya qilinganligi,
I. Stalinning Germaniya Buyuk Britaniyaga qarshi urushni tugallamay turib,
ikkinchi frontda urush qilolmaydi, degan ishonchi sabab bo‘ldi. Shuning
uchun ham u armiyani to‘la harbiy tayyorgarlik holatiga keltirish haqida
buyruq bermagan edi. I. Stalin hatto Sovet razvedkasining aniq ma’lumotla-
rini ig‘vogarlik, deb hisoblagan edi. Sovetlar armiyasi mardlarcha qarshilik
ko‘rsatib, qadam-baqadam chekinishga majbur bo‘ldi, lekin juda katta tala-
fotlar berildi.
1941-yilning qishiga kelib nemis armiyasi Boltiqbo‘yi, Moldova, Ukraina,
Belorussiyani egalladi, Leningrad shahrini blokada qildi. Moskvaga esa
yaqinlashib qolgan edi. Biroq Germaniya o‘z maqsadiga erisha olmadi. U
6—7 hafta ichida urushni tugallashni rejalashtirgan edi.
1941-yilning dekabr oyida Sovet armiyasi qarshi hujumga o‘tishga muvaffaq
bo‘ldi. Bu hujum natijasida nemis armiyasi Moskvadan 100—250 km
gacha uzoqlikka uloqtirib tashlandi. Moskva ostonalarida erishilgan
g‘alaba Germaniyaning yashin tezligidagi urush rejasini barbod qildi. Biroq
dushman hali kuchli edi.
Sovetlarga
qarshi urushning
boshlanishi

133
1942-yilning yozida Sharqiy frontda nemis armiyasi yangi hujum boshladi.
Ular kuzda Stalingrad va Kavkazga chiqishga muvaffaq bo‘ldilar. Biroq shu
chegarada Sovet armiyasi nemislar hujumini to‘xtatib qola oldi.
1941-yilning 2-iyulida Yaponiya hukumati urush
harakatlarini boshlash haqida qaror qabul qildi.
7-dekabr kuni Yaponiya harbiy-dengiz floti
aviatsiyasi AQSHning Gavay orollarida joylashgan Pirl-Xarbor buxtasida
joylashgan harbiy-dengiz kuchlariga hujum boshladi. AQSH floti katta ta-
lafot ko‘rdi. Ayni paytda Yaponiya harbiy floti va aviatsiyasi AQSH va
Buyuk Britaniyaning Filippin orollarida joylashgan kuchlariga ham hujum
uyushtirdi. Filippin, Malayziya va Indoneziyaga desant tashladi. Tailandni
ham bosib oldi va o‘zining navbatdagi hujumini Buyuk Britaniya mustam-
lakasi — Birmaga qaratdi.
Shu tariqa 1942-yilning yoziga kelib Yaponiya Osiyoning deyarli barcha
yirik davlatlarini bosib olishga ulgurdi. Yaponiya qo‘shinlari g‘arbda
Hindiston, janubda esa Avstraliya chegaralarigacha yetib keldi. Faqat 1942-
yilning yozida AQSH va Buyuk Britaniya Yaponiya armiyasining zafarli
harakatini to‘xtata oldi.
Germaniya ittifoqchilarining Sovet davlatiga,
Yaponiyaning esa AQSH hamda Buyuk Britaniya-
ga  qarshi urush harakatlarini boshlashi fashist
agressorlariga qarshi kurashuvchi davlatlar koalit-
siyasini (ittifoqini) tuzish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Bunday koa-
litsiya tuzish zarurligi va uning maqsadlari Buyuk Britaniya bosh ministri
U. Cherchill va AQSH Prezidenti F. Ruzvelt 1941-yil avgustda imzola-
gan «Atlantik nizom»da o‘z ifodasini topdi. Sovet davlati ham «Atlantik
nizom»ga qo‘shildi. 1942-yil 26-mayda Londonda Sovet davlati bilan
Buyuk Britaniya o‘rtasida 20 yilga mo‘ljallangan va «Gitler Germaniyasi
va uning Yevropadagi sheriklariga qarshi urushda ittifoqlik va urushdan
keyingi hamkorlik hamda o‘zaro yordam to‘g‘risida» deb atalgan shartnoma
imzolandi. 10-iyunda esa Vashingtonda o‘zaro yordam to‘g‘risida sovet-
amerika bitimi imzolandi.
Ungacha AQSH lend-liz to‘g‘risidagi qonunni Sovet davlatiga nisbatan
ham qo‘llay boshlagan edi. Shu tariqa uch buyuk davlat o‘rtasida harbiy-
siyosiy ittifoq vujudga keldi.
Ittifoqchilar o‘rtasida xalqaro masalalar va ularni hal etish yo‘llari xususida
chuqur ziddiyatlar mavjud bo‘lsa-da, bu ittifoq Yevropa va Osiyoda agres-
sorlarni tor-mor etishda beqiyos katta tarixiy rol o‘ynadi.
1942-yil kuzga kelib Sovet davlati, AQSH va Buyuk
Britaniya agressor davlatlar Germaniya, Italiya va
Yaponiyaga nisbatan 5 baravar ko‘p artilleriya
qurollari va minomyot, 3 baravar ko‘p samolyot
va 10 baravar ko‘p tank ishlab chiqara boshladilar. Bu hol 1942-yilning
Yaponiyaning
urushga kirishi
Fashistlarga qarshi
koalitsiyaning
vujudga kelishi
Urushning
borishidagi tub
burilish

134
Antifashistik va milliy
ozodlik kurashining
kuchayishi
oxirida antifashistik ittifoqqa gitlerchilarga qarshi hujumga o‘tish imkonini
berdi.
1942-yilning 19-noyabrida mashhur Stalingrad jangi boshlandi. U 1943-
yilning 2-fevraligacha davom etdi. Bu jangda Germaniyaning saralangan
armiyasi tor-mor etildi. 1943-yilning yozida esa mashhur Kursk jangi bo‘lib
o‘tdi. «Tanklar jangi» nomi bilan tarixga kirgan bu jangda ham Sovet
qo‘shinlari g‘alaba qozondi. Shu jangdan so‘ng Germaniya armiyasi Sharqiy
frontda hujum qilish qobiliyatini butunlay yo‘qotdi.
Ayni paytda 1942-yilning kuzida Buyuk Britaniya va AQSH qurolli
kuchlari ham hujumga o‘tgan edi. Chunonchi, 1942-yilning 8-noyabrida
Buyuk Britaniya va AQSH Shimoliy Afrikaga (Marokash va Jazoirga) yirik
desant tashladi. Ittifoqchilarga u yerdagi fransuz armiyasi ham qo‘shildi.
Misrda ham Buyuk Britaniya armiyasi jangga shay turar edi. Ularning bar-
chasi AQSH generali D. Eyzenxauer qo‘mondonligida hujum boshladilar.
Bu hujum natijasida Shimoliy Afrikadagi italyan-nemis armiyasi tor-
mor etildi va O‘rta dengizda ittifoqchilar nazorati o‘rnatildi. Italiyaga bostirib
kirish uchun yo‘l ochildi. 1943-yil 10-iyul kuni ingliz-amerika armiyasi
Italiyaning janubiga tashlandi.
Italiya hukmron doiralari Mussoliniga nisbatan fitna uyushtirdilar. 25-
iyul kuni unga nisbatan ishonchsizlik bildirildi va Italiya qirolining buyrug‘i
bilan u hibsga olindi. 8-sentabr kuni Italiya antifashist ittifoqchilar bilan
yarash bitimi imzoladi va urushdan chiqdi. Shunday qilib, Stalingrad, Kursk
janglari va Italiyaning taslim bo‘lishi  Ikkinchi jahon urushida tub burilish
yasadi. Endi agressorlarning mag‘lubiyatga uchrashi muqarrar bo‘lib qoldi.
Shunday bo‘lsa-da, Germaniya armiyasi qo‘l qovushtirib o‘tirmadi, u
Shimoliy va Markaziy Italiyani bosib oldi va ingliz-amerika armiyasining
yo‘lini to‘sdi.
Gitler o‘ziga eng sodiq shaxslardan iborat Otto Skorseni boshliq
desantchilarni Mussolinini qutqarib kelishga yubordi. Ular bu vazifaning
uddasidan chiqdilar.
Mussolini Shimoliy Italiyaga olib kelindi va bu yerda Germaniyaga
bo‘ysunuvchi qo‘g‘irchoq hukumatga boshliq etib qo‘yildi.
Ikkinchi jahon urushida tub burilish ro‘y berishi
va uning Germaniya hamda uning ittifoqchila-
rining mag‘lubiyatini muqarrar qilib qo‘yishi bosib
olingan davlatlarda antifashistik va milliy-ozod-
lik uchun kurashuvchi kuchlarni ruhlantirib yubordi. Bu esa, o‘z navbatida,
ularning kurashni yanada kuchaytirishlariga olib keldi.
Nemislar asirligidan qochishga muvaffaq bo‘lgan turli millat vakillari,
shu jumladan, o‘zbeklar ham chet davlatlardagi qarshilik ko‘rsatish
harakatlarida dushmanlarga qarshi qahramonlarcha jang qildilar.
G‘arbiy Yevropada qudratli qarshilik ko‘rsatish harakati markazi Fransiya
va Italiya edi. Fransiyaning barcha vatanparvar kuchlari 1943-yilda Qarshilik

135
ko‘rsatish milliy kengashiga birlashdilar va general de Gollning rahbarligini
tan oldilar. Yugoslaviya, Gretsiya, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya va
boshqa davlatlarda ham qarshilik harakati nihoyatda kuchaydi.
Bunday harakat Janubi-Sharqiy Osiyoda ham vujudga keldi. Yer sharining
bu mintaqa xalqlari Yaponiya bosqinchilariga qarshi milliy-ozodlik kurashini
kuchaytirdilar. Chunonchi, 1943-yilning oxirida partizan otryadlari Shimoliy
Vetnamning bir qismini ozod etishga muvaffaq bo‘ldi. Xitoyda ham yapon
bosqinchilariga qarshi kurash kuchaydi.
Ikkinchi front nima va u nega ochilishi kerak
edi? Ma’lumki, o‘tgan davr ichida Germaniya
asosan sovet davlatiga qarshi urush bilan band
bo‘ldi. Binobarin, Germaniya bir frontda urush olib borardi. Bu front sovet-
german fronti edi va u Ikkinchi jahon urushining asosiy fronti hisoblanardi.
Endi, Germaniya va uning ittifoqchilarini tezroq tor-mor etish va
Yevropada urushni tezroq tugallash uchun fashistlarni bir vaqtning o‘zida
ikki frontda urush olib borishga majbur etish lozim edi. Buning uchun
Buyuk Britaniya va AQSH armiyasi bevosita Yevropada Germaniyaga qarshi
urush harakatlarini boshlashi lozim edi. Shunday qilinsa, Germaniya ikki
yo‘nalishda (frontda), ya’ni Buyuk Britaniya va AQSHning birlashgan
armiyasiga (G‘arbiy front) ham qarshi turishga majbur edi. Binobarin, uning
armiyasi ikkiga bo‘linib urushishga majbur etilar edi. Bu esa, Germaniyaning
buningsiz ham og‘ir ahvolini yanada og‘irlashtirgan bo‘lardi.
Sovet davlati o‘z ittifoqchilari Buyuk Britaniya va AQSH oldiga bunday
frontni ochish masalasini 1942-yildayoq qo‘ygan edi, biroq ular bu masa-
lani turli sabablar bilan orqaga surib keldilar.
Ammo yolg‘iz Sovet davlatining o‘zi Germaniyani yengishi ma’lum
bo‘lgach, ular bu masalani ortiq orqaga surish mumkin emas, degan qarorga
keldilar. Chunki ularni Sovet davlatining butun Yevropani fashizmdan ozod
etishi, binobarin, butun Yevropa Sovetlar nazorati ostiga tushib qolishi
mumkinligi istiqboli xavotirga solib qo‘ydi.
1943-yilning 27-noyabr – 1-dekabr kunlari Eron poytaxti Tehron shahrida
3 buyuk davlat rahbarlarining ikkinchi front masalasida konferensiyasi bo‘lib
o‘tdi. Konferensiyada F. Ruzvelt, I. Stalin va U. Cherchill qatnashdi. Buyuk
Britaniya va AQSH 1944-yilning yozidan kechiktirmay Yevropada ikkinchi
frontni ochishga va’da berdilar. Sovet davlati esa Yevropada urush tugagach,
Yaponiyaga qarshi urushga kirish majburiyatini oldi.
1944-yilning 6-iyunida Buyuk Britaniya va AQSHning birlashgan qurolli
kuchlari AQSH generali Eyzenxauer qo‘mondonligida Fransiya hududiga
tashlandi. Shu tariqa Yevropada ikkinchi front ochildi.
Bu hodisa Germaniyaning ahvolini yanada tang qilib qo‘ydi. Endi
Gitlerning sanoqli kunlari qolganligi hammaga ayon edi. Germaniya armiyasi
orasida Gitlerni yo‘qotish tarafdorlari paydo bo‘ldi. Ular Gitlerni qurbon
berib, Germaniyani halokatdan saqlab qolmoqchi edilar. Shu maqsadda
Yevropada ikkinchi
frontning ochilishi

136
Sharqiy va Janubi-
Sharqiy Yevropaning
fashizmdan ozod
etilishi
1944-yilning 20-iyunida Gitlerga suiqasd uyushtirildi. Biroq Gitler omon
qoldi va suiqasd ishtirokchilarining barchasi hibsga olindi hamda qatl etildi.
1944-yilning 25-avgustida Parij shahri fashistlardan ozod etildi. Vishi
tartibi quladi. Sentabr oyida Fransiya to‘la ozod etildi. Hokimiyat general
de Goll qo‘liga o‘tdi.
1944-yilning yozi va kuzi davomida  Sharqiy va
Janubi-Sharqiy  Yevropa davlatlari fashizmdan
to‘la ozod etildi. Yevropaning bu qismida Polsha,
Yugoslaviya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, Al-
baniya kabi davlatlar joylashgan edi. Ularning
ozod bo‘lishida Sovetlar armiyasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Yevropa davlatlarini ozod etishda sovetlarning jami 3 mln dan ortiq
jangchisi halok bo‘ldi, mayib-majruh bo‘lib qoldi yoki bedarak yo‘qoldi.
Ular orasida minglab o‘zbek jangchilari ham bor edi. Birgina Polshani
ozod etishda 600 ming sovet jangchisi qurbon bo‘ldi. Bu davlatlarda xalq
demokratik inqiloblari amalga oshirildi va ular xalq demokratiyasi davlat-
lari deb atala boshladi.
Germaniyani butunlay tor-mor etish va ozod
Yevropada  birgalikda siyosat yuritishni kelishib
olish maqsadida Sovet davlati, AQSH va Buyuk Britaniya rahbarlari 1945-
yilning 4-fevralida Qrim viloyatidagi Yalta shahrida to‘plandilar. Bu yerdagi
Tehron konferensiyasi, 1943-y.
Qrim konferensiyasi

137
Livadiya saroyida 4—11-fevral kunlari tarixga Qrim konferensiyasi nomi
bilan kirgan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada I. Stalin, U. Cher-
chill, F. Ruzvelt ishtirok etishdi.
Konferensiyada Germaniyani so‘zsiz taslim etish, uning qurolli kuch-
larini yo‘q qilish, harbiy jinoyatchilarni jazoga tortish, fashistlar tashki-
lotlarini, qonunlari va tartiblarini yo‘q qilish, Germaniyani uning agres-
siyasiga duchor bo‘lgan davlatlarga reparatsiya to‘lashga majbur etishga
kelishib oldilar. «Ozod Yevropa to‘g‘risidagi deklaratsiya» e’lon qilindi.
Shuningdek, bu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun Germaniyani 3 ta
okkupatsion hududga bo‘lishga qaror qildilar.
Konferensiyada Sovet davlatining Yevropada urush tugaganidan keyin
2—3 oydan so‘ng Yaponiyaga qarshi urushga kirishishiga kelishib olindi.
Buning evaziga Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasining oldingi holati saqlanib
qolishi, Janubiy Saxalin va Kurill orollari sovetlarga berilishi hamda
Xitoyga qarashli Port-Arturda sovetlarning harbiy-dengiz bazasi qurilishi
lozim edi. Bundan tashqari, Qrim konferensiyasi qarorlariga ko‘ra, xalqaro
tashkilot — Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etiladigan bo‘ldi.
Uning maqsadi dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdan iborat
bo‘lishi zarur edi.
1945-yilning 25-aprelida AQSHning San-Fransisko shahrida BMT ning
Ta’sis konferensiyasi ochildi. Uning ishida Germaniyaga qarshi urush e’lon
qilgan 42 ta davlat delegatsiyasi qatnashdi. Shu tariqa BMT vujudga keldi.
24-oktabr BMT tashkil etilgan kundir. Uning qarorgohi Nyu-York shahri
deb belgilandi.
1945-yilning 16-aprel kuni Sovetlar armiyasi
Berlinni qurshab oldi va ishg‘ol etishga kirishdi.
Shu tariqa Berlin operatsiyasi boshlandi. Unga
mashhur rus sarkardasi G. K. Jukov qo‘mondonlik qildi. 25-aprelda Sovet
qo‘shinlari hujumga o‘tdi. 3000 ta projektor hujum qiluvchilarning yo‘lini
yoritib turdi. Projektor nurlari dushman jangchilari ko‘zini qamashtirib
yubordi.
Sovet qo‘mondonligi niqob sifatida tutun tarqatish vositasini qo‘lladi.
Minglab tank va samolyotlar dahshat solib hujumga tashlandi va bular
nemis qo‘shinini sarosimaga solib qo‘ydi.
Italiyada ham fashizm keskin zarbaga uchradi. Ko‘p joylar fashistlardan
ozod qilindi. 29-aprel kuni Italiya partizanlari Mussolinini asir oldilar va
otib tashladilar.
Gitlerchilarning insoniyatga qarshi qilgan jinoyatlari uchun qasosdan
qochib qutulolmasligi muqarrar bo‘lib qoldi. 30-aprel kuni Germaniya
rahbarlari A. Gitler, Gimmler, Gebbelslar o‘z jonlariga qasd qildilar.
Gitlerning jasadi benzin sepib yoqib yuborilgan. Bu voqea sovet jangchilari
tomonidan reyxstag binosiga qizil bayroq — g‘alaba bayrog‘i ilingan kunda
sodir bo‘ldi. Insoniyat jallodining qismati ana shunday poyoniga yetdi.
Germaniyaning
taslim bo‘lishi

138
Potsdam
konferensiyasi
2-may kuni Berlin garnizoni taslim bo‘ldi. 8-maydan 9-mayga o‘tar
kechasi Berlin yaqinidagi Karlxorst deb ataladigan binoda Germaniyaning
so‘zsiz taslim bo‘lganligi haqida hujjat imzolandi. Hujjatni g‘oliblar —
Sovetlar davlati nomidan marshal G. K. Jukov, Buyuk Britaniya nomidan
marshal A. Tedder, AQSH nomidan marshal K. Spaats, Fransiya nomidan
general J. Delatr de Tassini imzoladilar. Mag‘lub Germaniya nomidan esa
feldmarshall Keytel imzo chekdi. Shu tariqa Yevropada urush tugadi.
1945-yilning 17-iyulida Germaniyaning Potsdam
shahrida uch buyuk davlatlar rahbarlari (I. Stalin,
U. Cherchill, G. Trumen) konferensiyasi ochildi.
Germaniyani qurolsizlantirish, natsistlar partiyasini yo‘q qilish, Germani-
yani reparatsiya to‘lashga majbur etish va asosiy jinoyatchilarni xalqaro
harbiy tribunalga berish haqida kelishib oldilar. Konferensiya, bundan
tashqari, chegara masalasini ham hal etdi. Chunonchi, Germaniya chegarasi
1938-yilgi holatiga nisbatan qisqartirildi. Germaniya — Polsha chegarasi
Oder — Neyse daryolari bo‘ylab o‘tadigan bo‘ldi.
Sharqiy Prussiyaning sohil bo‘yi Kenisberg shahri bilan birga SSSRga
berildi. Qolgan qismi Polshaga o‘tkazildi. Polsha va SSSRga o‘tgan
hududlarda yashovchi 9 mln dan ortiq nemislar ko‘chirildi. Uch davlat
ishg‘ol etgan hududlarda saqlanayotgan harbiy asirlar almashiniladigan bo‘ldi.
Germaniya to‘laydigan tovon 20 mlrd dollar miqdorida belgilandi. Uning
Antigitlerchi koalitsion ittifoqdosh qo‘shin Bosh qo‘mondonlari.
Chapdan o‘ngga: B. Montgomeri, D. Eyzenxauer, G. K. Jukov, J. Delatr de Tassini.

139
50 foizi SSSR ga berilishi to‘g‘risida kelishildi. Konferensiya qaroriga ko‘ra,
Germaniya yaxlit davlat bo‘lib qolishi kerak edi.
Ayni paytda Germaniyada so‘z, matbuot, din erkinligi tiklanadigan bo‘ldi.
Kasaba uyushmalari va demokratik partiyalar faoliyatiga ruxsat berilishiga
kelishildi. Germaniyaga qarashli Kenisburg viloyati Sovet davlatiga berildi.
Sovetlar Yaponiyaga qarshi urushga kirishi haqidagi qaroriga amal qilishini
yana bir bor tasdiqladi.
Yaponiya taslim bo‘lmaguncha Ikkinchi jahon
urushi tugamas edi. 1944-yilning oktabr oyida eng
yirik harbiy-dengiz floti jangida AQSH Yaponiya
flotini tor-mor keltirdi. 1945-yilning aprel oyida AQSH armiyasi Okinava
orolini egalladi. U Tokio shahridan 500 km uzoqlikda edi. Yozga kelib
Yaponiya armiyasi Osiyoning katta qismidan quvib chiqarildi.
Biroq Yaponiyani taslim etish oson ish emas edi. Buning uchun AQSH
Yevropadagi kuchlarini Yaponiyaga tashlashi zarur edi. Urush esa 1946-
yilning oxirigacha cho‘zilar va AQSH odam va aslaha jihatidan juda katta
zarar ko‘rar edi. Shuning uchun ham Sovet davlatining Yaponiyaga qarshi
urushga kirishi nihoyatda zarur edi. 26-iyul kuni AQSH, Sovet davlati va
Xitoy Yaponiyadan so‘zsiz taslim bo‘lishni talab etdilar. Biroq Yaponiya
bu talabni rad etdi. 8-avgust kuni Sovet hukumati Yaponiyaga urush e’lon
qildi. 9-avgustda esa Shimoliy-Sharqiy Xitoy, Shimoliy Koreya, Janubiy
Saxalin va Kurill orollarida joylashgan Yaponiya armiyasiga qarshi hujumga
o‘tdi. Shu orada Xirosima va Nagasaki shaharlariga AQSH aviatsiyasi atom
bombasini tashladi. Bu ikki atom bombasidan 100 mingdan ortiq kishi
halok bo‘ldi. 400 mingdan ortiq kishi esa radiaktiv nurlandi.
Atom bombasining ishlatilishi va Sovet davlatining urushga kirishi Yapo-
niyani mag‘lubiyatga uchraganligini tan olishga majbur etdi va 2-sentabr
kuni Yaponiya taslim bo‘lganligi haqidagi hujjat imzolandi.
Shunday qilib, Yaponiya mustamlakachilik imperiyasi quladi va
Yaponiyaning taslim bo‘lishi bilan Ikkinchi jahon urushi ham tugadi.
Dunyoning asosiy davlatlarini o‘z domiga tort-
gan Ikkinchi jahon urushida 40 davlatning hu-
dudida harbiy harakatlar olib borildi. Urushda
behisob qurbonlar berildi va juda katta vayrongarchilik yuz berdi. Urushda
fashistik Germaniya, Italiya va militaristik Yaponiya tor-mor etildi. Ular
vaqtinchalik buyuk davlatlar qatoridan tushib qoldi. Ayni paytda fashizm
halokatga uchradi, fashistlar partiyasi va tashkilotlari faoliyati taqiqlandi.
Uzoq va og‘ir kurashda demokratik va antifashistik kuchlar g‘alaba qo-
zondi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi va uning Ustavi 1945-yilning 24-
oktabridan kuchga kirdi. Mustamlakachi imperiyalarning yemirilishi
boshlandi. O‘nlab yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Buyuk Britaniya
va Fransiya sezilarli darajada zaiflashdi. AQSH esa dunyoning ikki o‘ta
Ikkinchi jahon
urushining tugashi
Ikkinchi jahon
urushining yakunlari

140
O‘zbekistonning
fashizm ustidan
qozonilgan g‘alabaga
qo‘shgan hissasi
qudratli davlatidan biri bo‘lib qoldi. Sovet davlati ham urush natijasida
mislsiz talafotlar ko‘rgan bo‘lsa-da, AQSH kabi dunyoning o‘ta qudratli
davlatiga aylandi. Hozirgi bosqichda Sovet davlati merosxo‘ri Rossiya bilan
AQSH dunyoni muvozanatda saqlab turibdi. Bugungi kunda Yer yuzida
mustahkam tinchlikning o‘rnatilishi, yangi qirg‘inbarot urushlarning ro‘y
bermasligi uchun barcha davlatlar (birinchi navbatda, buyuk davlatlar) hamda
jahon jamoatchiligi mas’uldir.
O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillik e’lon qilingun-
cha Sovet davlati tarkibida edi. Binobarin, Ikkin-
chi jahon urushi yillarida ham O‘zbekiston ulkan
mustamlakachi imperiya — Sovet davlati tarki-
bida urushda qatnashdi.
Sovet davlati tarkibiga majburan birlashtirilgan xalqlar yagona nom bilan
sovet xalqi deb atalardi. O‘zbek xalqi fashizmdan Sovet davlatinigina emas,
ayni paytda O‘zbekistonni ham himoya qildi.
O‘z yurtiga bo‘lgan chinakam yuksak muhabbat va fashizmga nafrat
tuyg‘usi sotsialistik tuzum deb atalgan mustabid tuzum o‘zbek xalqiga
yetkazgan g‘am-alamni orqaga surib qo‘ydi. O‘zbekiston xalqlari ham
fashizmga qarshi kurashning adolatli ekanligini anglab yetgan edilar.
Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonliklarning ishtiroki xususida
I. A. Karimov bunday deb yozgan edi: «Ikkinchi jahon urushiga qanday
BMT Deklaratsiyasiga qo‘l qo‘yish. Vashington. 1-yanvar 1945-y.

141
qaralmasin, bu urush qaysi g‘oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan
bo‘lmasin, o‘z Vatani, el-yurtining yorug‘ kelajagi, beg‘ubor osmoni uchun
jang maydonlarida halok bo‘lganlarni, o‘z umrlarini bevaqt xazon qilgan
insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oddiy haqiqatni
unutishga hech kimning haqqi yo‘q va bunga yo‘l ham bermaymiz» («Vatan
sajdagoh kabi muqaddasdir». T., 1996, 81-bet).
O‘zbek xalqi fashizmga qarshi koalitsiyadagi boshqa xalqlar bilan
yelkama-yelka bir safda turib kurashdi va uning ustidan qozonilgan buyuk
g‘alabaga baholi qudrat hissa qo‘shdi. Urushning dastlabki kunlaridayoq
14 ming kishidan o‘z ixtiyori bilan armiya safiga jo‘natishni iltimos qilib
ariza tushdi. Frontga umumxalq yordamini ko‘rsatish O‘zbekiston aholisi
vatanparvarligining yorqin namunasi bo‘ldi.
Chunonchi, o‘zbekistonliklar urush yillarida mamlakat mudofaa
jamg‘armasi uchun jami 649,9 mln so‘m pul, 22 kg oltin va kumush to‘pladilar.
O‘zbekistonliklar tank kolonnasi qurilishiga pul yig‘ishyapti. 1942-y.

142
O‘zbekistonlik
jangchilarning urush
maydonidagi
jasoratlari
O‘zbekiston kolxozchilari 1942-yilda tank kolonnasi qurishga o‘z shaxsiy
jamg‘armalaridan 260 mln so‘m topshirdilar. Urushning dastlabki yarim yili

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling