Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
boshchiligidagi qo‘g‘irchoq hukumat boshqarardi (manjurlar sulolasi
hukmronligi 1912-yil Sun Yatsen boshchiligidagi inqilob natijasida ag‘darilgan edi). 30 mln aholi, 37 foiz temir ruda zaxirasi, 95 foiz neft, 4 foiz savdo va temir yo‘l yaponlar qo‘liga o‘tdi. 1936-yil Chan Kayshi Sianga kelganida armiya qo‘zg‘alon ko‘tarib, uni asir oldi. Lekin undan fuqarolar urushini boshlamaslikka va’da olinib, qo‘yib yuborildi. Chan Kayshi 1935-yilda Yaponiya agressiyasiga qarshi kurashda yor- dam so‘rab Sovet davlatiga murojaat qildi. Sovet davlati yordam berishga tayyorligini bildirdi, biroq buning uchun fuqarolar urushini to‘xtatish va Xitoy kommunistlariga qarshi jazo ope- ratsiyalari o‘tkazmaslik shartini qo‘ydi. 1937-yilning iyun oyida Gomindan va XKP o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatish haqida shartnoma imzolandi. Shu tariqa Xitoyda yagona antiyapon milliy fronti vujudga keldi. 1937-yilning yozidan 1945-yil kuzigacha davom etgan yapon-xitoy urushi boshlandi. Yaponlar 1937-yil avgustda Pekin, noyabrda Shanxay, dekabrda Nankin shaharlarini bosib oldi. 1937-yil 21-avgustda SSSR bilan Xitoy o‘rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma imzolandi. Xitoy 1938-yil 100 mln dollar, 1939-yilda esa 150 mln dollar zayom oldi. 1938-yildagi Hasan ko‘lida, 1939-yildagi Xalxin Golda bo‘lib o‘tgan janglar yapon kuchlarini zaiflashtirdi. Yaponiya 1941-yil 9-dekabrda Xitoyga qarshi urushni rasmiy e’lon qildi va bu yerda urush oxirigacha o‘z hukmronligini saqlab qoldi. Urush yillarida Buyuk Britaniya hukumati Hin- distonga urushdan keyin o‘zini o‘zi boshqarish huquqini berishni va’da qilgan edi. Aslida Buyuk Britaniya imperiyaning eng boy qismi bo‘lgan Hindistondan ajralishni xohlamas edi. Bu hol hind xalqining milliy-ozod- lik kurashini yanada kuchaytirdi. Hindistonda bu davrda 320 mln aholi Birinchi jahon urushidan keyin Hindistondagi ahvol Yaponiya agressiyasi 101 bor edi. Urush yillarida qora metallurgiya 30 foiz o‘sgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi orqaga ketdi. 12 mln kishi ochdan o‘ldi. 1919-yilning 13-aprelida Panjob shtati poytaxti Amritsar shahrida ingliz qo‘shinlari aholining norozilik yig‘ilishini o‘qqa tutdi. Buning natijasida 1000 dan ortiq kishi o‘ldirildi, 2000 dan ortiq kishi yaralandi. Shu tariqa hamma joyda politsiya bilan to‘qnashuv boshlanib ketdi. Buyuk Britaniya 1919-yili Hindistonni boshqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunga binoan 2 palatali boshqarish tizimi tashkil qilindi. Deputat- larning 50 foizini vitse-qirol tayinlardi. 1,5 foiz hind saylov huquqi oldi. Bu qonun bilan birga «anarxizm va inqilobiy chiqishlarga qarshi» Rouletta qonuni ham qabul qilindi va politsiyaga cheklanmagan huquqlar berdi. Hind xalqi milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik qiluvchi qudratli siyosiy tashkilot — Hindiston Milliy Kongressi (HMK) partiyasi kurashning kuch ishlatish usuliga qarshi chiqdi. HMK ga 1915-yildan boshlab hind xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandi (1869—1948) boshchilik qiladi. Uning rahbarligi davrida HMK da kurashning kuch ishlatmaslik, faqat tinch, zo‘rliksiz shakliga tayanadigan yo‘li g‘alaba qozondi. Bu yo‘l tarixga kurashning gandicha yo‘li nomi bilan kirgan. M. Gandining tinch kurash yo‘li hind xalqi keng qatlamini milliy-ozodlik kurashiga jalb etish imko- nini berdi. Gandizm — diniy-falsafiy tizim bo‘lib, idealizm, induizm, jaynizm va xristianlik elementlarini o‘zida birlashtirgan. Uning asosida «haqiqat, ishonch, hech kimga yomonlik qilmaslik» yotadi. Xo‘sh, kurashning tinch, kuch ishlatmaslik yo‘li — «satyagraxi» deyil- ganda nima nazarda tutilgan? Bu tushuncha ingliz ma’murlari tadbirlarini boykot qilishni, o‘z noroziligini tinch namoyishlar yo‘li bilan bildirishni, mustamlakachi ma’muriyat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishni, zo‘ravonliksiz fuqaroviy bo‘ysunmaslikni anglatadi. Kurash- ning bu yo‘li asrlar davomida sabr-toqat ruhi- ga singib ketgan va milliy-ozodlik kurashi- ning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblan- gan dehqonlar psixologiyasiga, xarakteriga mos yo‘l edi. Hindiston jamiyatining asosini dehqonlar tashkil etgan bir sharoitda M. Gandi tanlagan yo‘l birdan-bir to‘g‘ri yo‘l edi. M. Gandining zo‘ravonliksiz hamkorlik qilmaslik, fuqaroviy bo‘ysunmaslik harakatining birinchi bosqichini 1919—1922-yillar tashkil etadi. Rouletta qonuniga javoban M. Gandi 1919- yilning 6-aprelida hind xalqini do‘konlarini yopib qo‘yishga va har qanday amaliy faoli- yatni to‘xtatishga chaqirdi. Mustamlakachi Moxandas Gandi. 102 ma’muriyat bunga kuch ishlatish bilan javob berdi. 1919-yilning kuzida HMK syezdi ingliz ma’murlari joriy etgan qonun bo‘yicha saylovni boykot qilish haqida qaror qabul qildi. Natijada saylov amalda barbod bo‘ldi. Bu davrda HMK saflarida 10 mln kishi bor edi. Boykot, shuningdek, ingliz tovarlarini sotib olmaslikni, inglizlar joriy etgan faxriy unvonlar va mansablardan voz kechishni, rasmiy qabullarga bormaslikni, ingliz maktablarida o‘qimaslikni, ingliz sudlarini rad etishni, davlat soliqlarini to‘lamaslikni ham nazarda tutar edi. Shu bilan birga Panjobning turli joylarida qo‘zg‘alonlar ham bo‘lib o‘tdi. Lohur shahrida qo‘zg‘alonga askarlar ham qo‘shildi. Bu yerda «Armiya kaltagi» degan tashkilot shuhrat qozondi. Gujaratdagi qo‘zg‘alon samolyotlar yordamida bostirildi. Amritsarda ingliz ma’murlari haqoratli buyruq chiqardi. Mahalliy aholi ingliz missioner ayoli o‘ldirilgan ko‘chadan boshdan-oxir qurbaqaga o‘xshab emaklab o‘tishga majbur qilindi. Kim bu tartibni buzsa, otib tash- landi. Bu davrning xarakterli xususiyatlaridan biri Musulmonlar ligasi bilan Milliy kongressning yaqinlashuvi bo‘ldi. 1919—1922-yillardagi ozodlik harakatlariga Kalkutta jut korxonalari ishchilari, Bombey to‘qimachilari, Madras ishchilari, Jamshedpur temir yo‘lchilari qo‘shildilar. Bu harakatlarning bir qismi oz bo‘lsa-da, g‘alabaga olib keldi. Bombey to‘qimachilarining ish kuni 12 soatdan 10 soatga tushi- rildi. Metallurglarning mukofot haqi 15—20 foizga oshirildi. 1920-yil oxirida Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1922-yil noyabrda Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressi- ning 2-syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezd Buyuk Britaniya shahzodasi Uelsning kelishiga 80 ming kishilik «qo‘zg‘alondan ham kuchliroq» namoyish uyushtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Milliy kongress kuch ishlatmasdan qar- shilik ko‘rsatishni to‘xtatdi. Bunga sabab Chauri-Chauradagi voqealar edi. Chunki bu yerda politsiya dehqonlarni ommaviy o‘qqa tutdi, dehqonlar ham bir necha politsiyachini o‘ldirdilar. Bombey va Garaxpurdagi vah- shiyliklar takrorlanmasligi uchun Gandi harakatni to‘xtatishga ko‘rsatma berdi. Ozodlik harakatini vaqtincha bostirgan inglizlar 1923—1928-yilda o‘zlarining zaiflashayotgan ahvolini biroz yaxshilab oldilar. Bu davrda Hindiston iqtisodiyoti urush yillaridagidan ham tez o‘sdi. Fabrikalar soni 1,5 baravar ko‘payib, 7515 taga yetdi. Buyuk Britaniyaning Hindistondagi kapitali 1 mlrd funt sterlingga yetdi. 1928-yilda u Hindistondagi faqat irrigatsiya inshootlaridan 74 mln rupiy foyda oldi. Jahon iqtisodiy inqirozi Hindistonga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk Britaniya inqiroz og‘irligini metropoliyaga yuklamoqchi bo‘ldi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari bahosi pasaydi. Ekin maydonlari qisqardi. Mayda kapitalistlar, hunarmandlar xonavayron bo‘ldi, ocharchilik avj oldi. Ishsiz- lar ko‘paydi. Ish haqi kamaydi. 103 Qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan sanoat mahsulotlari o‘rtasidagi «qaychi» monopolistlarga ko‘plab foyda olishga imkon berdi. Ozodlik harakati kuchaydi. Saymon komissiyasi bilan birgalikda M. Neru, J. Neru guruhlari Hindiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqdilar. Unga to‘la mustaqillik so‘zlari kiritildi. Inglizlar oldiga bir qancha radikal talablar qo‘yildi, lekin ular buni bajarishmadi. Natijada mustaqillik uchun kurash kuchayib, qonli to‘qnashuvlar avj ola boshlagan bir sharoitda M. Gandi barcha chiqishlar oqimini fuqaroviy bo‘ysunmaslik o‘zaniga burishga harakat qildi. Bunga mustamlakachi hukumatning 1865-yilda joriy etilgan tuz solig‘ini bekor qilish haqidagi M. Gandi talabini inkor etishi sabab bo‘ldi. Inglizlar tuzga davlat monopoliyasi joriy etgan edi. Natijada tuz narxi hindlarning uni sotib olishga qurbi yetmas darajada oshib ketdi. Hindlar tuzsiz ovqat yeyishga mahkum edilar. Bu esa aholini jismonan tanazzulga uchratish bilan barobar edi. Gandi ham dengizdan, odamlar bilan tuz ola boshladi. Inglizlar bu harakatni to‘xtatmoqchi bo‘lishdi. Unga qarshi 1930- yilda Hindistonda bo‘ysunmaslik harakatining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bunga javoban mustamlakachi ma’muriyat 60 mingdan ortiq kishini (M. Gandi va uning yaqin safdoshlarini ham) qamoqqa tashladi. HMK ni esa qonundan tashqari, deb e’lon qildi. Lekin bular natija bermagach, 1931- yilning 5-martida ingliz mustamlakachi ma’muriyati HMK bilan bitim imzolashga majbur bo‘ldi. Unga ko‘ra, ingliz ma’murlari repressiyani to‘xtatish va siyosiy mahbuslarni ozod etish majburiyatini oldi. HMK esa fuqaroviy bo‘ysunmaslik harakatini to‘xtatadigan bo‘ldi. M. Gandi rasmiy London bilan «dumaloq stol» atrofida muzokara boshlashga rozilik berdi. Londonda hind muammosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konferensiyaga HMK «Hindiston fuqarolarining asosiy huquq va burchlari haqida» deb nomlangan hujjatni taqdim etdi. Amalda bu hujjat bo‘lajak mustaqil Hindiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosi edi. Hujjatda Hindistonda demokratik erkinliklarni joriy etish; kastalar va dinlarning tengligini tan olish; diniy omilni hisobga olgan holda Hindistonni ma’muriy qismlarga qayta bo‘lish; ish haqining eng kam miqdorini joriy etish; yer uchun to‘lanadigan ijara haqini cheklash; soliqlarni kamaytirish va shu kabi boshqa talablar ilgari surilgan edi. Tabiiyki, ingliz mustam- lakachilari bu talablarni qabul qilmadilar. Natijada konferensiya ishi barbod bo‘ldi. Inglizlar ozodlik kurashini bostirishda bir guruh vatanparvarlar ustidan 1933-yilda sud jarayonini o‘tkazdi. Muzaffar Ahmad o‘lim jazosiga hukm qilindi, lekin xalqning talabi bilan ozod etildi. 1934—1939-yillarda Hindiston iqtisodiy jihatdan biroz yuksalsa-da, Angliyaning olgan foydasi tez o‘sib bordi. 1935-yilda Boshqaruv agentligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Zaxira bank hind kapitalini nazorat qiladigan bo‘ldi. Ish haqi 25 foizga kamaydi. Hindlar buni «qullik konstitutsiyasi» deb atadilar. Ozodlik harakati kuchaydi. 104 Biroq Buyuk Britaniya Hindistonda yangi saylov qonunini joriy etishga majbur bo‘ldi. 1937-yilda o‘tkazilgan saylovda HMK jami 11 shtatdan 8 tasida g‘alaba qozondi va ularda o‘z hukumatini tuzdi. Bu hodisa mustaqillik yo‘lidagi yirik qadam edi. 1939-yil sentabr oyida ikkinchi jahon urushi boshlangach, Hindiston vitse-qiroli Hindistonni urushuvchi tomon, deb e’lon qildi. Urush yillarida hind xalqining ahvoli yanada yomonlashdi. Guruch 5 baravar qimmatlashdi. Ish kuni 12 soatga uzaytirildi. 2 mln hind armiya va flotda xizmat qildi. Hindiston 0,5 mln ingliz-amerika askarlarini boqdi. ESDA TUTING! Moxandas Karamchand GANDI (2.10.1869—30.01.1948) savdogar kasta- siga mansub gujarat oilasida dunyoga keldi. Buyuk Britaniyada oliy yuridik ma’lumot oldi. 1899—1933-yillarda Janubiy Afrikadagi Hindiston savdo firmasida ishladi. U yerda uning irqchilikka qarshi nafrati shakllandi. U gu- manist va vatanparvar edi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Osiyo va Afrika davlatlari rivojida qanday o‘ziga xos jihatlar mavjud edi? 2. Q a n d a y s a b a b l a r g a k o ‘ r a b i r i n c h i j a h o n u r u s h i d a n k e y i n h a m imperialistik davlatlar o‘z mustamlakachilik imperiyalarini saqlab qola olgan edilar? 3. Urushdan keyingi yillarda Xitoy davlati taraqqiyotiga xos xususiyatlar- ni aniqlang. 4. Gomindan va XKP kurash hamda maqsad dasturlarining o‘xshash va o‘ziga xos jihatlarini taqqoslang. 5. Nima uchun 1925-yilgi Xitoy inqilobi «buyuk milliy inqilob» deb ataladi? 6. Xitoyda 1927—1937-yillardagi fuqarolar urushining sabablarini aniqlang. 7. 1937-yilda Xitoyda yagona antiyapon milliy fronti qay tariqa vujudga keldi? 8. Hind xalqi milliy-ozodlik kurashi yo‘lboshchisi M. Gandining mustam- lakachilik zulmiga qarshi tanlagan o‘ziga xos yo‘lining mazmunini tushuntirib bering. 9. Kurashning «fuqaroviy bo‘ysunmaslik» usuli mazmunini izohlab bering. 10.Nima uchun Buyuk Britaniya hukumati HMK taqdim etgan «Hindiston fuqarolarining asosiy huquq va burchlari haqida»gi hujjatni rad etdi? JADVALNI TO‘LDIRING. XITOY VA HINDISTONNING AHVOLINI SOLISHTIRING y o t i X n o t s i d n i H t a s o y i s i k h c i t a s o y i s i q h s a t t a s o y i s i k h c i t a s o y i s i q h s a t ? 105 11-§. Turkiya. Eron. Afg‘oniston Turkiya birinchi jahon urushidan mag‘lub davlat sifatida chiqdi va katta zarar ko‘rdi. 4 yil mobay- nida 500 ming kishi o‘ldi, 800 mingdan ortiq kishi mayib-majruh bo‘lib qoldi. Antanta armiyasi 1918-yil noyabr oyidayoq mamlakat poytaxti Istambul shahrini ishg‘ol etgan edi. 1919-yilning oxirida Turkiya Buyuk Millat Majlisiga (TBMM) saylov o‘tkazildi va unda kamolchilar g‘alaba qozonishdi. TBMM mamlakat hududida chet el nazoratiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qildi. Bunga javoban, ingliz harbiy ma’muriyati TBMM ni tarqatib yubordi. TBMM o‘z majlisini Mustafo Kamol (Otaturk) qo‘shini egallab turgan Anqara shahrida o‘tkaza boshladi. TBMM 1920-yilning 23-aprelida Mustafo Kamol Otaturkni davlat boshlig‘i etib sayladi. Shu tariqa ikki hokimiyatchilik Istambul shahrida sulton hokimiyati, Anqarada esa kamol- chilar hokimiyati vujudga keldi. 1920-yilning 10-avgustida sulton huku- mati bilan Antanta davlatlari Sevr shartno- masini imzoladilar. Shartnoma mustaqil Tur- kiya davlati amalda tugatilganligini anglatar edi. 1921-yilning 20-yanvarida kamolchilar Turkiyaning vaqtinchalik Konstitutsiyasini qabul qildilar. Kamolchilar Turkiya uchun og‘ir sharoitda — 1921-yilning 16-martida Sovet Rossiyasi bilan Do‘stlik va birodarlik haqida shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldilar va yordam oldilar. 1921-yilning bahorida Buyuk Britaniya va Gretsiya Turkiyaga qarshi intervensiya uyushtirdilar. Intervensiya turk xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Va, nihoyat, 1922-yilning 26-avgustida Turkiya armiyasi hujumga o‘tdi. Milliy-ozodlik urushi 1922-yil oktabr oyida g‘alaba bilan tugadi. 1-noyabrida sultonlik hokimiyati tugatildi. 1923-yilning 29-oktabrida Turkiya Respublika deb e’lon qilindi. Kamol Otaturk birinchi Prezident etib saylandi. Shu tariqa milliy-ozodlik inqilobi (kamolchilar inqilobi ham deyiladi) suveren Turkiya davlatining tashkil etilishi bilan yakunlandi. 1923-yilning 24-iyulida Antanta davlatlari Lozanna konferensiyasida mustaqil Turkiya Respublikasini tan oldilar. 1924-yilda xalifalik tugatildi. Birinchi jahon urushi va Turkiya Mustafo Kamol (Otaturk). 106 Turkiya Respublikasi ichki siyosati Tashqi siyosat Turkiya hukumati mamlakatdagi chet el mulkla- rini sotib olish yo‘li bilan ularni davlat mulkiga aylantirish hamda iqtisodiyotga davlat mablag‘ini joylashtirish siyosatini yurita boshladi. Milliy bank tashkil etildi. Iqtisodiyotga davlat mablag‘ining joylashtirilishi chet el kapitali harakatini cheklab qo‘ydi. Hukumat, ayni paytda, milliy sarmoyalarning xususiy tashabbuslarini ham keng qo‘llab-quvvatladi. 1923-yilning oktabrida poytaxt Istambul shahridan Anqaraga ko‘chirildi. Din davlatdan ajratildi. Vaqf mulki bekor qilindi. Ta’limga sof dunyoviy tus berildi. Diniy o‘quv yurtlari yopildi. Dunyoviy sud joriy etildi. Davlat hududi yangidan viloyatlarga bo‘lib chiqildi. 1924- yilning 20-aprelida Respublikaning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Dunyoviy qonunlar joriy etildi. Konstitutsiya va qonunlarda yevropacha hayot tarziga ruxsat etildi. Arab alifbosi lotin alifbosiga almashtirildi. 1928-yilda Konstitutsiyadan islom davlat dini ekanligi haqidagi qoidalar olib tashlandi. Shu tariqa Turkiya dunyoviy davlatga aylandi. 1931-yilda kamolchilar yangi dastur qabul qildi. Bunda partiya emblemasi 6 qanotli, ya’ni Turkiya — respublikachi, milliy, xalq, etatist, dunyoviy, inqilobiy davlat sifatida tasvirlandi. Antanta davlatlari uzoq vaqt Turkiya Respublika- sini itoatda tutishga urindilar. Fransiya va Buyuk Britaniyaning yangi hukumatga sultonlik davridagi qarzlarini yuklashga muvaffaq bo‘lganligi ham shu bilan izohlanadi. 1928-yilda Turkiya ularga 86,5 mln lira qarz to‘laydigan bo‘ldi. Bu davrdan boshlab Turkiya tashqi siyosatida buyuk davlatlar bilan yaqinlashish an’anasi kuchaydi. Xususan, 1926-yilda Italiya bilan, 1930-yilda Germaniya bilan savdo shartnomasi imzolandi. AQSH ham tashqi savdoda Turkiyaga katta e’tibor bera boshladi. 1932-yilning iyul oyida Turkiya Millatlar Ligasiga qabul qilindi. Fashistlar Germaniyasi Turkiyaga katta qiziqish bilan qaray boshladi. Bu hodisa va Italiyaning Efiopiyaga hujumi Buyuk Britaniyani Turkiyaga munosabatini o‘zgartirishga majbur etdi. 1935-yilda ikki tomon ingliz-italyan nizosi kelib chiqqan taqdirda Turkiyaning Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilishiga kelishib oldilar. Buning evaziga hamda Sovet davlatining qo‘llab-quvvatlashi tufayli Turkiya Qora dengiz bo‘g‘ozlari (Bosfor va Dardanell) ustidan olib boriladigan xalqaro nazoratning bekor qilinishiga erishdi. 1936-yil iyulida Montryo shartnomasiga ko‘ra bo‘g‘ozlar nazorati yana Turkiya ixtiyoriga o‘tdi. Buyuk Britaniya Germaniya ta’sirining kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Turkiyaga ko‘p miqdorda harbiy texnika va qurol- yarog‘ sota boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Turkiya betaraf qoldi. Biroq bu hol uning 1941-yil 18-iyun kuni Germaniya bilan do‘stlik to‘g‘risida shartnoma tuzishiga xalal bermadi. 1943-yilning 2-fevralida Germaniya armiyasining Stalingrad ostonalaridagi mag‘lubiyati Turkiyaning bundan keyingi siyosatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. 107 Chunonchi, 1944-yil avgustda Turkiya Germaniya bilan diplomatik munosabatlarini uzdi. Ayni paytda u AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan yaqinlasha boshladi. Bu yaqinlashuv 1945-yilning fevralida Germaniyaga qarshi urush e’lon qilishga olib keldi. Biroq Turkiya urush harakatlarida qatnashmadi. Bu davrda Eron amalda Buyuk Britaniya va pod- sho Rossiyasining yarim mustamlakasi edi. Sovet davlati 1917-yilning 3-dekabrida podsho hukuma- tining Eronga majburan qabul qildirgan shartnomalaridan voz kechdi. Rus qo‘shinlari evakuatsiya qilindi. Buyuk Britaniya esa 1918-yilning boshlarida Eronni butunlay ishg‘ol etishga kirishdi. Inglizlarni birinchi navbatda Eron nefti va O‘rta Osiyo paxtasi qiziqtirardi. Bundan ko‘zlangan maqsad Eronni yarim qaram holatda saqlashni davom ettirish va milliy-ozodlik harakatlari- ning Hindistonga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. Buyuk Britaniya 1919- yilning 9-avgustida Eron hukumatini tengsiz shartnoma imzolashga majbur etdi. Vosiq ud-davla bunga qarshilik qilolmadi. Unga ko‘ra, armiya, moliya, tashqi savdo, yo‘l qurilishi nazorati ingliz maslahatchilari qo‘liga o‘tdi. Biroq Eron xalqi yarim mustamlaka holatiga ko‘nikmagan, albatta. 1919- yildan mamlakatda milliy-ozodlik kurashi boshlandi. Muhammad Xiyoboniy boshchiligida Tabrizda katta qo‘zg‘alon bo‘lib o‘tdi va hokimiyatni egallab, «Ozodiston»ni tuzdi. Resht shahrida G‘ilon Sovet Respublikasi tuzildi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya o‘ziga xayrixoh guruhlarning hokimiyatga kelishiga harakat qildi. Bunga davlat to‘ntarishini uyushtirish yo‘li bilan erishdi. 1921-yil 21-fevral kuni Rizoxon boshchiligidagi harbiylar Tehronda davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Rizoxon harbiy ishlar vaziri bo‘lib qolsa-da, amalda hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. Yangi hukumat mamlakat- dagi siyosiy kayfiyat ta’sirida 1919-yilgi ingliz-eron shartnomasini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Biroq Buyuk Britaniya mavqei saqlab qolindi. Ayni paytda, yangi hukumat 1921-yilning 26-fevralida Sovet Rossiyasi bilan ham shartnoma imzoladi. Eron xalqining 1919—1922-yillardagi milliy-ozodlik harakati izsiz ketgani yo‘q. Buning natijasida Buyuk Britaniya Erondan o‘z armiyasini olib ketishga majbur bo‘ldi. Eron armiyasi va moliya tizimida ingliz maslahatchilarining ishlashi taqiqlandi. Biroq inglizlar o‘z ta’sirini saqlab qolaverdi. Lekin 1922-yildan boshlab Eron AQSH bilan yaqinlasha boshladi. 5 ta viloyatda neft qazish ishlarini ijaraga berdi. Lekin ko‘p o‘tmay bekor qilindi. Chunki ingliz-eron neft kompaniyasida ularning ta’siri kuchli edi. 1920—1922-yillarda mamlakatda markaziy hokimiyatni kuchaytirish borasida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Chunonchi, separatchi kuchlar qarshiligi bostirildi. Turli ko‘rinishdagi qurolli kuchlar yagona armiyaga birlashtirildi. Bu o‘zgarishlar Rizoxon nomi bilan bog‘liq edi. 1923-yil oktabrida u bosh vazir lavozimini egalladi. 1925-yilning 31-oktabrida Eron parlamenti (majlis) Kojarlar sulolasi ag‘darilganligini va hokimiyat Rizoxon- Eronning ichki va tashqi siyosati 108 ga topshirilganligini e’lon qildi. 12-dekabr kuni esa Rizoxon Eron shohi deb e’lon qilindi. 1929—1933-yilgi jahon iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarish 30—40 foizga tushdi, gilam narxi 75 foizga arzonlashdi. Mamlakatda qator islohotlar o‘tkazildi. «Xolisa» yerlarni sotishga ruxsat etildi. Pul solig‘i joriy etildi. Davlat yerlari ijaraga beriladigan bo‘ldi. Dunyoviy maktablar ham ochildi. 1934-yilda Tehron universiteti ochildi. 1935-yilda ayollarning paranjisiz yurishi haqida qonun chiqarildi. Yevropacha turmush tarziga ruxsat etildi. Ayni paytda shoh hokimiyati tobora kuchayib bordi. Parlament huquqi cheklandi. 1933-yilda ingliz-eron neft kompaniyasi bilan yangi shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, kompaniyaning davlatga to‘laydigan to‘lovi miqdori oshirildi. Buning evaziga Kompaniya ijara muddatini 1993-yilgacha uzaytirib oldi. Rizoxon Sovet davlati bilan munosabatlarni tobora cheklab qo‘yish siyosatini yuritdi. 30-yillar oxirida Eron va Sovet davlati o‘rtasidagi savdo Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling