Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Prezident G. Guver davrida (1929—1932) AQSHning harbiy xarajatlari
yildan yilga o‘sib bordi. Xususan, 1929-yilda AQSHning harbiy xarajatlari Fransiya va Yaponiyaning birgalikdagi harbiy xarajatlaridan ko‘p bo‘ldi. Sovet davlatini tan olmaslik siyosati davom ettirildi. AQSH Germaniya iqtisodiy qudratini yanada tiklash siyosatini davom ettirdi. Chunonchi, 1929- yilda Daues rejasini «Yung rejasi» bilan almashtirishga erishdi. Bu reja Germaniyaning reparatsiya to‘lash shartlarini yanada yengillashtirdi. Uzoq Sharq va Tinch okean havzasida AQSH — Yaponiya munosabat- lari keskinlashib bordi. AQSH Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining yetakchi mavqeyini yo‘qqa chiqarish uchun hamma choralarni ko‘rdi. 1930- yilga kelib amalda bunga erishdi ham. Shu yil Londonda o‘tkazilgan va dengiz masalasini muhokama qilgan konferensiya ikki davlat harbiy-dengiz floti bir xil qudratga ega bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1930-yilda AQSH tashqi savdoda import tovarlar uchun katta boj to‘lovi joriy etdi. Bu esa uning boshqa buyuk davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarini yanada sovuqlashtirdi. 1932-yilda bo‘lib o‘tgan Lozanna konferensiyasi AQSHning qat’iy qo‘llab-quvvatlashi tufayli Germaniyani reparatsiya to‘lashdan amalda ozod etdi. Bu esa Germaniya harbiy qudratining tikla- nishiga xizmat qildi. F. Ruzvelt davrida (1932—1945) AQSHning xalqaro mavqeyi yanada mustahkamlandi. 1933-yil 16-noyabrda AQSH Sovet davlatini tan oldi va u bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi. Lotin Amerikasi xalqlari ko‘z o‘ngida AQSH o‘zining bu mintaqadagi tashqi siyosatining tub mohiyatini niqoblash maqsadida «yaxshi qo‘shnichilik» shiorini e’lon qildi. AQSH Germaniya va Yaponiyaning agressiv rejalariga qarshi xalqaro to‘siq qo‘yish borasida amalda jiddiy harakat qilmadi. Aksincha, 1935- yilda AQSH Kongressi «Betaraflik to‘g‘risida» qonun qabul qildi. Qonun prezidentga urushda qatnashayotgan tomonlarga qurol sotishni taqiqlash huquqini berdi. Biroq Germaniya va Italiya urushuvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan edi. Shuning uchun ham ular AQSHdan qurol sotib olishlari mumkin edi. Aksincha, agressiya qurbonlari bo‘lgan Efiopiya va Ispaniya AQSHdan qurol sotib olish va qarz olish huquqlaridan mahrum etilgan edi. AQSHning betaraflik siyosati amalda Germaniyaning kuchayishini va yangi urush o‘chog‘iga aylanishini ta’minladi. Shunday qilib, ikki jahon urushi oralig‘ida AQSH dunyodagi eng boy davlatga aylandi. «Ford», «Jeneral Motors», «Dyupon», «Po‘lat tresti» kabi gigant kompaniyalar yanada kuchaydi. Dunyoning ko‘p joylarida o‘z ta’si- rini o‘tkazdi. «Bo‘lib tashla, hukmronlik qil» prinsipiga amal qildi. Boylik orttirish maqsadida urushlarni qo‘llab-quvvatladi. Ma’naviy tubanlikka ketdi. 85 SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari jadvalini tuzing. 2. 20-yillarda Amerika jamiyati oldida qanday muammolar mavjud edi? 3. AQSHning 20-yillardagi iqtisodiy ahvolini baholang va uni 30-yil iqtisodiy ahvoli bilan taqqoslang. 4. F. Ruzvelt «yangi yo‘l» siyosatining mohiyati nimadan iborat edi? 5. «Yangi yo‘l» siyosati AQSH uchun nimalar berdi? 6. AQSHning 1918—1939-yillardagi tashqi siyosati bilan Buyuk Britaniya hamda Fransiya tashqi siyosatini taqqoslang va undan mustaqil xulosa chiqaring. JADVALNI TO‘LDIRING. AQSH PREZIDENTLARI FAOLIYATINI YORITING . r . T r a l t n e d i z e r P i m o n k i l n o r m k u H i r a l l i y i q h s a t a v i k h c I i t a s o y i s 9-§. Lotin Amerikasi davlatlari Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlari hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, bu mamlakatlar iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan o‘sa boshladi. Bunga Birinchi jahon urushida qatna- shayotgan davlatlarda Lotin Amerikasi mamla- katlari xomashyosi va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga nisbatan talabning ortib ketganligi sabab bo‘ldi. Ikkinchidan, urush tufayli Yevropadan keltiriladigan tayyor mahsulotlar keskin kamaygan. Bu hol Lotin Amerikasi davlatlarida qayta ishlash sanoatini kuchaytirdi. Uchinchidan, jahon bozorida xomashyo va qishloq xo‘jalik mahsulotla- rining narxi ham ko‘tarilgan edi. Masalan, Kuba eksport qiladigan qand- ning narxi 11 baravar ko‘tarildi. Bu omillar, o‘z navbatida, kapital jamg‘arilishiga va milliy ishlab chiqarishning o‘sishiga olib keldi. Xususan, Braziliyada 6 mingga yaqin yangi sanoat korxonasi qurildi. Bu Braziliya tarixida undan avvalgi 25 yil ichida qurilgan sanoat korxonalari sonidan ko‘p edi. Ayni paytda buyuk davlatlar Lotin Amerikasida o‘zlarining iqtisodiy- moliyaviy ta’sirlarini saqlab qolishga urindilar. Bu AQSH — Buyuk Britaniya munosabatlarini keskinlashtirdi. Birinchi jahon urushigacha yer yuzining bu nuqtasida Buyuk Brita- niya kapitali yetakchi mavqega ega bo‘lgan bo‘lsa, AQSH uni endi tobora iskanjaga oldi va AQSH kapitali yildan-yilga o‘z mavqeyini mustahkamlay bordi. ? Birinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlariga ta’siri 86 20-yillarda jahon bozorida Lotin Amerikasi tovarlariga qulay narx-navo saqlanib turdi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotning taraqqiyotiga xizmat qildi. Biroq bu iqtisodiy taraqqiyot asosan ekstensiv omillar hisobiga ta’minlana bordi. Shuningdek, bu qit’a davlatlari iqtisodiyotiga qishloqda latifundiyachilar zo‘ravonligi, ishlab chiqarishning asosan tashqi bozor ehtiyojlariga moslashib qolganligi hamda chet el kapitaliga qaramlik xususiyatlari ham xos edi. Bular iqtisodiyotni tobora qiyin ahvolga tushirib qo‘ymoqda edi. Bundan foydalangan buyuk davlatlar bu qit’a davlatlari iqtisodiyotiga o‘z ekspansiyalarini yanada kuchaytirdilar. Agar 20-yillarga qadar Lotin Amerikasiga sarmoya joylashtirishda Buyuk Britaniya birinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, 20-yillarning oxiriga kelib vaziyat tubdan o‘zgardi. Endi AQSH bu borada Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi. 30-yillarning oxiriga kelib esa AQSHning yirik kompaniyalari bu yerda o‘z hukmronlik mavqeyini o‘rnatdilar. Xususan, elektr stansiyalar, temir yo‘llar, pochta-telegraf, port va tog‘ sanoati AQSH sarmoyasiga qaram bo‘lib qoldi. Xorijiy sarmoyaning bunday tazyiqi Lotin Amerikasining jahon ijtimoiy taraqqiyotidan orqada qolishiga olib keldi. Shu tariqa, Lotin Amerikasi davlatlari rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining xomashyo bazasiga aylanib qoldi. Lotin Amerikasi davlatlarida siyosiy hayot turlicha edi. Iqtisodiy jihatdan qoloq davlatlarda rasman respublika tuzumi e’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda ularda avtoritar va diktatorlik tartiblari o‘rnatilgan edi. Ayrim davlatlar kon- stitutsiyasida hokimiyatning oliy vakillik organi huquqlari kafolatlanishi qayd etilgan bo‘lsa-da, hokimiyat u yoki bu soha oligarxiyasi qo‘lida to‘plangan edi. Masalan, Braziliyada butun hokimiyatni amalda qahva oligarxiyasi qo‘lga olgan edi. Iqtisodiy jihatdan nisbatan taraqqiy etgan davlatlarda (Argentina, Chili va Urugvay) urushdan keyin konservativ-oligarxiya tartibi o‘z o‘rnini liberal-demokratik kuchlarga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi. Ular mamlakatda liberal islohotlarni amalga oshirdilar. Bu islohotlar Lotin Amerikasi tarixida yangi hodisa edi. O‘z mazmuniga ko‘ra Yevropa islohotiga yaqin bo‘lgan bu islohotlar natijasida qator ijtimoiy muammolar bartaraf etildi. Bu o‘rinda Argentinada prezident I. Irigoyen davrida 1928—1930-yillarda amalga oshirilgan islohotlar, ayniqsa, diqqatga sazovor. U davlat vositachiligi yo‘li bilan sarmoya va mehnat o‘rtasida hamkorlikni ta’minlay oldi. Bu mamlakatda 8 soatlik ish kuni, yakshanbada dam olish, ijtimoiy sug‘urta kabi ijtimoiy muammolar ijobiy hal etildi. Iqtisodiy va ijtimoiy- siyosiy ahvoli 87 Jahon iqtisodiy inqirozi (1929—1933) Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiyotiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunga bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyoti chet el bozoriga bog‘liq bo‘lib qol- ganligi, shuningdek, xorijiy kapitalga qaramligi sabab bo‘ldi. Inqiroz tufayli Lotin Amerikasi davlatlari eksporti keskin darajada pasaydi. Natijada minglab zavod va fabrikalar, plantatsiyalar to‘la ishlamay qo‘ydi. O‘z xaridorini topa olmagan millionlab tonna kofe, don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yo‘q qilindi. Ishsizlar soni ko‘paydi. Bular, o‘z navbatida, davlatlarning ichki siyosiy barqarorligini izdan chiqardi va keskin siyosiy o‘zgarishlar yuz berishga olib keldi. Bu o‘zgarishlar, bir tomondan, ba’zi davlatlarda hokimiyat tepasida turgan liberal islohotchilarni, ikkinchi tomondan esa, ba’zi davlatlarda hokimiyat tepasida turgan avtoritar va diktatorlik tartiblarini qulatganligi bilan ajralib turadi. Masalan, 1930-yilda Argentinada harbiy to‘ntarish o‘tkazilib, islohotchi prezident I. Irigoyen hukumati ag‘darilgan bo‘lsa, Braziliyada qahva oligarxiyasi tartibi hokimiyati quladi. Chili va Kubada ham diktatorlik boshqaruvi barham topdi. Kolumbiyada 1930-yilda konservator oligarxiya tartibi o‘rniga hokimiyatga liberal islohotchilar keldi. Bu faktlar iqtisodiy inqirozning ham konservator, ham diktator, ham liberal islohotchilar obro‘sining xalq ommasi ko‘z o‘ngida birday to‘kilishiga sabab bo‘lganligining isbotidir. Iqtisodiy inqiroz davlatning iqtisodiyotga aralashuviga sabab bo‘ldi. Davlat inqirozdan chiqish uchun iqtisodiyotni tartibga sola boshladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni tartibga solishi, birinchi navbatda, import mahsulotlarga yuqori boj to‘lovlarini joriy etishda yaqqol ko‘zga tashlandi. Ikkinchidan, davlat milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun mahalliy tadbirkorlarga imtiyozli kredit berish va imtiyozli soliq tartibini qo‘llashni joriy etdi. Uchinchidan, iqtisodiyotda davlat sektorini rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lini tutdi. Ayni paytda mamlakatda ichki siyosiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida qator ijtimoiy islohotlar ham o‘tkazildi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi milliy ishlab chiqarishning o‘sishiga va milliy sarmoyaning mustahkam- lanishiga xizmat qildi. Yuqorida ta’kidlanganidek, urushgacha Buyuk Britaniya Lotin Amerikasida yetakchi mavqeni egallar edi. Birinchi jahon urushi vaziyatni tubdan o‘zgartirib, Yevropa davlatlarining Lotin Ameri- kasidagi faolligini pasaytirib yubordi. Bundan foydalangan AQSH bu mintaqada o‘z ekspansiyasini kuchaytirdi. Natijada AQSHning Lotin Amerikasi davlatlariga joylashtirgan sarmoyasi 1929-yilga kelib 1913-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,5 baravar ortdi. Buyuk davlatlarning Lotin Amerikasi uchun kurashi Jahon iqtisodiy inqirozining Lotin Amerikasiga ta’siri 88 Lotin Amerikasi xalqlari orasida Amerikaga qarshi kayfiyat kuchayishining oldini olish hamda AQSHning bu mintaqadagi mavqeyini mustahkamlash maqsadida prezident F. Ruzvelt 1933-yilda AQSH intervensiyadan voz kech- ganligi hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligi haqida bayonot berdi. Ayni paytda Lotin Amerikasi davlatlari bilan «yaxshi qo‘shnichilik» siyosatini e’lon qildi. Bu siyosat AQSH ekspansiyachilik siyosatining yangi davrdagi o‘ziga xos shakldagi davomi edi. 30-yillardan boshlab Lotin Amerikasida fashist blokiga kiruvchi davlatlar — Germaniya, Italiya va Yaponiya ham o‘z ta’sirini qaror toptirishga urindilar. Ular strategik xomashyoga muhtoj bo‘lganliklari tufayli bu qit’a davlatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirdilar va o‘z sarmoyalarini joylashtirishga urindilar. Xususan, Germaniya sarmoyasi Argentina, Braziliya, Chili va Paragvay iqtisodiyotiga joylashtirildi. Biroq Germaniya fashistlari savdo-iqtisodiy aloqalar bilan cheklanib qolmadilar. Ular bu mintaqada ham fashistik tashkilotlar tuzishga urindilar. Bu niyatni amalga oshirishda Lotin Ameri- kasida yashayotgan nemis muhojirlariga tayandilar. Eng yirik davlatlar — Argentina va Braziliya fashizm ekspansiyasining Lotin Amerikasidagi tayanchlari bo‘lishi kerak edi. Tashkil etilgan fashistik tashkilotlar hokimiyat- ni egallash uchun ham harakat qildilar. Bundan tashqari, Germaniya va Italiya Lotin Amerikasi davlatlarida fashistlarning hokimiyatni Ispaniya usulida egallashlariga umid bog‘ladilar va ularni qo‘llab-quvvatladilar. Biroq fashistlar o‘z maqsadlariga erisha ol- madilar. Buning sababi Germaniya va uning ittifoqchilarining bu mintaqada AQSH va G‘arbiy yevropalik boshqa raqiblarini siqib chiqarishga iqtisodiy qudratlari yetmaganligida edi. Ikkinchidan, Lotin Amerikasining u yoki bu davlatida ichki fashistik kuchlarning hokimiyatni egallash yo‘lidagi urinishlari liberal-demokratik kuchlar boshchiligidagi antifashistlarning qudratli qarshiligiga uchragan edi. Shu tariqa, Lotin Amerikasi xalqlari qit’ada fashizm qaror topishiga yo‘l qo‘ymadilar. Braziliya — Birinchi jahon urushida ishtirok etgan davlatlardan biri. Xususan, u 1917-yilning 26- oktabrida AQSHdan so‘ng Germaniyaga urush e’lon qildi. Biroq Braziliyaning bu urushdagi ishtiroki keng ko‘lamli bo‘lmadi. Chunonchi, Braziliya Buyuk Britaniyaning bir qator harbiy-dengiz tadbirlarida qatnashdi. Shuningdek, uning harbiy kemalari Janubiy Atlantikada patrul xizmatini bajargan, xolos. Shu ma’noda olganda, Braziliyaning jahon urushidagi ishtiroki ko‘proq ramziy ma’no kasb etdi. Shunday bo‘lsa-da, Braziliya Versal shartnomasini g‘olib davlatlar qatorida imzoladi. Urush ayni paytda Braziliya iqtisodiyoti rivojiga ijobiy ta’sir Braziliya 89 ko‘rsatgan. Bunga urush tufayli Yevropa eksporti kamayganligi sabab bo‘lgan. Biroq, baribir, Braziliya agrar davlat bo‘lib qola berdi. Ishga yaroqli aholi- ning 72% qishloq xo‘jaligida band bo‘lgandi. Qishloq xo‘jaligining asosini kofe va qand yetishtirish tashkil etgan va mamlakat moliyaviy ahvoli ayni shu kofe eksporti darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Braziliya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishi uzoqqa cho‘zilmadi. 1920— 1921-yillarda uning iqtisodiyotida inqiroz yuz berdi. Eksport mahsulotla- rining narxi keskin pasaydi. Masalan, 1919-yilda 1 qop (60 kg) kofe 27 sentga sotilgan bo‘lsa, 1921-yilda bu ko‘rsatkich 9,5 sentni tashkil etdi. Inqiroz Braziliya iqtisodiyotining chet el sarmoyasiga qaramligini yanada kuchaytirdi. 1923—1928-yillarda Braziliya iqtisodiyotining qisman barqarorlashuvi aso- san chet el sarmoyasi hisobiga amalga oshirildi. Chunonchi, 1929-yilga kelib AQSHning bu davlat iqtisodiyotiga joylash-tirgan sarmoyasi 476 mln dollarni, Buyuk Britaniya joylashtirgan sarmoya esa 1 mlrd dollarni tashkil etdi. Ayni paytda mamlakatda ichki siyosiy vaziyat ham keskinlashib bordi. Prezident S. Bernardis (1922—1926) davrida mamlakatda diktatorlik tartibi qaror topa boshladi. Mamlakatda siyosiy josuslik va ayg‘oqchilik tizimi keng quloch yoydi va bu hodisa mamlakatda keskin norozilikni keltirib chiqardi. Norozilik hatto armiyaga ham ta’sir ko‘rsatdi. 1924-yilning 5-iyulida San-Paulo shahrida joylashgan harbiy qismda qo‘zg‘alon ko‘tarildi. Hukumatga sodiq qo‘shinlar qo‘zg‘alonchilarga qarshi 3 hafta davomida kurash olib borishga majbur bo‘ldi. 1924-yilning 28- oktabrida esa Santo-Anjelu shahrida kapitan K. Prestes boshchiligida harbiylar qo‘zg‘aloni boshlandi. Hukumat qo‘shinlari qo‘zg‘alonchilarga qarshi og‘ir janglar olib borishga majbur bo‘ldi va, nihoyat, 1927-yilning 13-fevralida qo‘zg‘alonchilarning so‘nggi otryadlarini Boliviya hududiga surib chiqara oldi. 1929-yilda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi Braziliya iqtisodiyotini yanada og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Inqirozdan mamlakat qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, katta talafot ko‘rdi. Xususan, mamlakat omborxonalarida 37 mln qop kofe yig‘ilib qoldi. 3 yil ichida 40 ming qop kofe dengizga oqizildi yoki yoqib tashlandi. Eksport keskin kamaydi. Mamlakat aholisining turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Bu omillar, o‘z navbatida, demokratik va ijtimoiy harakatni kuchaytirdi. Shunday bir sharoitda hukmron doiralar mavjud tartibni saqlab qolish maqsadida davlat to‘ntarishi o‘tkazishga qaror qildilar. Uni 1930-yilning oktabrida hukmron doiralar bilan mustahkam aloqada bo‘lgan harbiylar amalga oshirdilar. Mamlakatda J. Vargas diktaturasi o‘rnatildi va diktatura 1891-yilgi mamlakat Konstitutsiyasini bekor qildi. Hatto qonun chiqaruvchi barcha vakolatni ham hukumatning o‘zi amalga oshira boshladi. Lekin diktatura mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Hukmron doiralar turli tabaqalari o‘rtasida hoki- 90 miyat uchun kurash davom etdi. Natijada 1934-yilning 16-iyulida mamla- katning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Ichki iqtisodiy va siyosiy barqarorlik ayni paytda mamlakatda fashizm harakatini vujudga keltirdi. Fashizm siyosiy hayotga tobora jiddiy xavf sola boshladi. Mamlakatning taraqqiyparvar kuchlari 1935-yilda fashizmga qarshi yagona xalq frontini tuzishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu front — «Xalq fronti umumbraziliya tashkiloti milliy ozodlik Alyansi» deb ataldi. Alyans tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazish dasturini ilgari surdi. Alyansning obro‘- e’tibori tobora o‘sib bordi. Bundan cho‘chigan hukumat 1935-yilning 11- iyulida uning faoliyatini taqiqladi. Mamlakatda terror va repressiya kuchaydi. Bunga javoban 1935-yilning noyabr oyida harbiylarning bir qismi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Biroq Vargasga sodiq harbiy qismlar bu qo‘zg‘olonni bostirdi. Endi mamlakatda reaksiya avj oldi. 1937-yilning 10-noyabrida J. Vargas Kongressni tarqatib yubordi. 1934- yilgi Konstitutsiyani bekor qildi va mamlakatda uning shaxsiy diktaturasi o‘rnatildi. Shu kuni J. Vargas butun hokimiyatning Prezident qo‘lida to‘planishini qonunlashtirgan yangi Konstitutsiyaga ham imzo chekdi. 1937- yilning 2-dekabrida barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. Shunday bo‘lsa-da, J. Vargas hukumati mamlakatda xalq harakatining yangidan vujudga kelishining oldini olish maqsadida qator yon berishlarga ham bordi. Jumladan, eng kam ish haqi haqida, ish kunini tartibga solish haqida dekretlar chiqardi. Ayni paytda davlatning iqtisodiyotga ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan qonunlar ham qabul qilindi. Vargas hokimiyati 1945-yilgacha hukm surdi. Birinchi jahon urushi natijasida Yevropa eksporti kamayganligi tufayli Argentina milliy iqtisodiyoti gurkirab rivojlana boshladi. Bu hodisa, o‘z navbatida, mamlakat eksportining o‘sishiga xizmat qildi. Chunonchi, Argentina bug‘doy eksport qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa (Kanadadan so‘ng), go‘sht mahsulotlari eksporti bo‘yicha esa birinchi o‘ringa chiqdi. Uning asosiy savdo hamkorlari Buyuk Britaniya va AQSH edi. Xususan, 1920-yilda Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasida savdo ayirboshlashi 817 mln pesoni, AQSH bilan esa 726 mln pesoni tashkil etdi. Biroq Braziliyada bo‘lganidek, Argentina iqtisodiyotidagi o‘sish ham uzoq davom etmadi. 1920—1921-yillardagi iqtisodiy inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga katta talafot yetkazdi. Davlat subsidiyasi asosida ishlayotgan korxonalarda ishlab chiqarish to‘xtab qoldi. Ayni paytda inqiroz Argentinada ish yuritayotgan chet el korxonalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi. Chunki ularning moliyaviy ahvoli yaxshi edi. Bu hodisa 1920—1921-yillardagi iqtisodiy inqirozning o‘ziga xos xarakterli belgisi edi. Inqiroz ichki siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi. Radikal-fuqaro ittifoqi partiyasi vakili Prezident I. Irigoyen hukumati (1916—1922) islohotlar Argentina 91 yo‘li bilan siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga urindi. Xususan, talabalar tashabbusi qondirilib, universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila boshlandi. Bundan tashqari, yirik yer egalarining qudratini cheklashga kirishildi. Hukumat mehnat qonunchiligi sohasida, ayniqsa, jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni, haftada 1 kunlik dam olish kuni, ishchilarga ta’til berish, ish haqining eng kam miqdori joriy etildi. I. Irigoyen hukumati o‘tkazgan islohotlarda izchillik ta’minlanmagan bo‘lsa-da, islohotlar ko‘lami va mazmuni hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo‘ydi. Ular mamlakat armiyasi orasida hukumatga qarshi tashviqotni kuchaytirdilar. 1922-yilda o‘tkazilgan prezident saylovida radikal partiyaning boshqa bir vakili M. Alveor (1922—1928) g‘alaba qozondi. U yangi tuzgan hukumati tarkibiga harbiylar vakillarini ham kiritdi. 1923-yilda Argentina iqtisodiyotida yana jonlanish yuz berdi. Biroq iqtisodiyotda ko‘zlangan maqsadga erishil- madi. Buning sababi mamlakat qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining jahon bozoriga qaramligi edi. 1925-yildan boshlab jahon bozorida narx-navoning pasayishi mamlakat moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1927-yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida yana I. Irigoyen (1928— 1930) g‘alaba qozondi. Hukumat amalga oshirgan eng katta tadbir neft sanoatining milliylashtirilishi bo‘ldi. Bu hodisa yirik sarmoyadorlar hamda chet el monopoliyalari manfaatiga berilgan katta zarba edi. Ular endi davlat to‘ntarishi o‘tkazishga qaror qildilar. 1930-yilning 6- sentabr kuni general Xose F. Uriburu boshchiligida davlat to‘ntarishi o‘tkazildi. F. Uriburu o‘zini vaqtincha Prezident deb e’lon qildi. Yangi hukumat mamlakat Kongressini tarqatib yubordi, 8 soatlik ish kunini bekor qildi. Mamlakatda qamal holatini joriy etadi. Matbuot uchun qattiq senzura tartibi o‘rnatildi. Mamlakat neft sanoatini milliylashtirish haqidagi qaror bekor qilindi. General F. Uriburu mamlakatni noqonuniy ravishda uzoq boshqarishi mumkin emas edi. Biroq u prezident saylovida g‘alaba qozona olmas ham edi. Chunki uning obro‘si yo‘q edi. Shuning uchun ham 1931-yilning noyabr oyida prezidentlikka boshqa general — P. Xusto (1932—1938) nomzodi qo‘yildi va u g‘alaba qildi. Yangi hukumat mamlakatda ish tashlashni man etish hamda qamal holati e’lon qilish haqidagi qonunlarni amalda joriy ettirdi. Iqtisodiyotda davlatning aralashuvi siyosati yuritildi. Tashqi siyosatda esa Buyuk Britaniya bilan yanada yaqinlashish yo‘li qo‘llanildi. Ayni paytda AQSHga qaram bo‘lib qolmaslik, Lotin Amerikasida AQSHning ta’siri kuchayib ketishining oldini olishga intildi. Shu maqsadda Argentina tashabbusi bilan Lotin Amerikasi davlatlari o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik va yarashuv to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning mohiyatini to‘g‘ri anglab yetgan AQSH prezidenti F. Ruzvelt 1933-yilda Lotin Amerikasi davlatlari bilan munosabatda «yaxshi qo‘shnichilik» ta- Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling