Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
92 moyilini e’lon qildi. Ayni paytda AQSH ham yuqorida nomi tilga olingan shartnomani imzoladi. Bu shartnoma tarixga «Savedro Lamas pakti» nomi bilan kirdi. S. Lamas Argentina tashqi ishlar vaziri edi. Bu Argentina diplomatiyasining katta yutug‘i bo‘lgandi. Prezident P. Xusto davrida ham mamlakat ichki siyosiy hayotida barqarorlik ta’minlanmadi. Aksincha, fashizm xavfi vujudga keldi. 1938- yilgi prezident saylovida so‘l kuchlar birlikka erisha olmadilar. Natijada o‘ng kuchlar vakili Roberto Ortis (1938—1940) g‘alaba qozondi. R. Ortis ichki siyosatda qisman bo‘lsa-da, konstitutsiyaviy tartiblarni tiklashga harakat qildi. Repressiya va terror to‘lqini pasaydi. Fashizm jilovlandi. Tashqi siyosatda esa AQSH bilan yaqinlashish yo‘li to‘sildi. 1917-yilning 5-fevralida Meksikada demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi. Xususan, Konstitutsiya yerni, yer osti boyliklarini va suvni davlat mulki deb e’lon qildi. Chet davlatlar va chet el monopoliyalari bilan tuzilgan ijara shartno- malarining qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi. Har bir shtatda egalik qilinadigan yerning miqdori belgilab qo‘yilishi, ortiqcha yerlar esa dehqonlar va batraklarga bo‘lib berilishi kerak edi. Konstitutsiya ayni paytda cherkovning o‘zgarmas mulkka ega bo‘lish huquqini bekor qildi. Cherkovning barcha mulkini davlat mulki deb e’lon qildi. 1926-yilda ruhoniylarning siyosatga aralashuvini taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Konstitutsiya 8 soatlik ish kunini, minimal ish haqi miqdori belgilanishini, kasaba uyushmalariga birlashish va ish tashlash huquqini e’lon qildi. Endi hamma gap konstitutsiya e’lon qilgan tadbirlarni bajarishda qolgan edi. Biroq bu oson vazifa emas edi. Chunki konstitutsiya talablari bajarilishiga ham ichki, ham tashqi kuchlar qarshilik ko‘rsatishi muqarrar edi. Buyuk Britaniya va AQSH monopoliyalari Meksika iqtisodiyotida mustahkamlanib olgan edilar. Ular o‘zlari bilan imzolangan ijara shartnomalarini qayta ko‘rib chiqishga aslo rozi bo‘lmas edilar. Vatikan esa cherkovning mulkdan mahrum etilishiga aslo toqat qila olmas edi. Shuning uchun ham Meksika ruhoniy- larining hukumat siyosatiga qattiq qarshilik ko‘rsatishi muqarrar edi. Tez orada shunday bo‘ldi ham. Vatikan ko‘rsatmasi bilan Meksika ruhoniylari ibodatlarni to‘xtatdi. Meksika hukumatining neft sohasidagi siyosatiga javoban AQSH Meksikaga nisbatan iqtisodiy taqiq siyosatini qo‘lladi. Ichki yirik sarmoya- dorlarning ham qarshiligi kuchaydi. Bu hol Konstitutsiya qoidalarini hayotga tatbiq etish vazifasini nihoyatda qiyinlashtirdi. Hukumat yon berishga majbur bo‘ldi. Faqat reaksiyaning qattiq qarshiligini yengish hisobiga qator jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Chunonchi, 1934-yilda «Agrar kodeks» kuchga kiritildi. L. Kardenas (1934—1940) hukumati davrida latifundiyachilar va chet el kompaniyalariga qarashli 18 mln ga yer ekspropriatsiya qilindi va deh- Meksika 93 qonlarga berildi, ungacha bo‘lgan 17 yillik davrda dehqonlarga 8 mln ga yer berilgan edi, xolos. Hukumat dehqonlarga yordam ko‘rsatish maqsadida 1935-yilda maxsus bank tashkil etdi. Chet el kompaniyalarining Meksika qonunlarini oyoqosti qilishlariga qarshi hukumat 1938-yilning mart oyida neft sanoatini milliylashtirish haqida qaror qabul qildi. AQSH, Buyuk Britaniya va Gollandiya sar- moyadorlariga qarashli 17 ta neft kompaniyasi ekspropriatsiya qilindi. Bunga qarshi ular Meksika neftini boykot qilish siyosatini qo‘llay boshla- dilar. Natijada Meksika nefti eksporti 1938-yilda ikki baravar kamaydi. Bu ham yetmagandek, AQSH hukumati Meksika kumushiga embargo joriy etdi. Buyuk Britaniya Meksika hukumatiga keskin ruhdagi notalar jo‘natdi. Bunga javoban Meksika 1938-yilning may oyida Buyuk Britaniya bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Endi ichki va tashqi reaksiya L. Kardanes hukumatini ag‘darishni rejalashtira boshladi. 1938-yilning may oyida ichki kuchlar hukumatga qarshi isyon ko‘tardilar. Ularni chet ellik reaksiya kuchlari qo‘llab-quvvatladi. Biroq isyonchilar yengildi. L. Kardanes mamlakatdagi turli tabaqa vakillarini birlashtirgan yangi partiya — Meksika inqilobi partiyasini tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Kuba Birinchi jahon urushida qatnashgan davlat- lardan biri. U 1917-yilning 17-aprelida Germa- niyaga qarshi urush e’lon qildi. Biroq uning ham jahon urushidagi ishtiroki ramziy ma’noga ega bo‘ldi. Xususan, Kubaning bu urushdagi ishtiroki Yevropa- ga tibbiy xizmat guruhlarini jo‘natishdan iborat bo‘ldi, xolos. Urush yillarida Kuba iqtisodiyoti ham rivojlandi. Bunga urush tufayli Yevropada qand ishlab chiqarishning kamayishi sabab bo‘ldi. Bu hodisa Kubada qand ishlab chiqarish va uni eksport qilishning ko‘payishiga olib keldi. Agar 1913-yilda 2,4 mln tonna qand ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1919-yilda 4 mln tonnani tashkil etdi. Biroq 1920-yildan boshlab vaziyat keskin o‘zgardi. Yevropada qand ishlab chiqarishning ko‘payishi Kuba qandiga talabni keskin pasaytirdi. Masalan, 1920-yilda 1 mlrd 22 mln pesolik qand sotilgan bo‘lsa, 1921-yilda bu ko‘rsatkich atigi 292 mln pesoni tashkil etdi, xolos. Natijada qand sanoati halokati boshlandi. O‘sha davrda mamlakat eksportining 90 foizi qandga to‘g‘ri kelishi hisobga olinsa, bu halokat darajasi yanada oydinroq namoyon bo‘ladi. Bu hol mamlakat moliyaviy ahvolini izdan chiqardi va ichki siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi. Hokimiyat uchun kurashuvchi hukmron kuchlar- ning ikki guruhi (liberallar va konservatorlar) o‘rtasidagi munosabat yanada keskinlashdi. Amerikaparast konservatorlar hukmronligiga qarshi liberallar qo‘zg‘olon ko‘tardilar. AQSH hukumati o‘z tarafdori prezident Menokalga (1916—1920) harbiy yordam ko‘rsatdi. Kuba 94 Chunonchi, AQSH 1917-yilning fevral oyida Guantanamo, Santyago va boshqa muhim strategik obyektlarga o‘z harbiy kuchlarini joylashtirdi. 1917- yilning iyul oyida qo‘zg‘olon bostirildi. Shu tariqa, Kuba amalda AQSH tomonidan okkupatsiya qilindi va bu 1922-yilgacha davom etdi. Ayni paytda Kubaning AQSHga moliyaviy qaramligi tobora ortib bordi. Xususan, 1929-yilda AQSHning Kubaga joylashtirgan sarmoyasi 1,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Uning 800 mln dollari qand sanoatiga joylashtirildi. 1929-yilda ro‘y bergan jahon iqtisodiy inqirozi Kuba iqtisodiyotini xonavayron qildi. Jahon iqtisodiy inqirozining bunday katta zarar keltirishiga Kuba iqtisodiyotining qand yakkahokimligiga ixtisoslashganligi va uning asosan AQSH bozoriga qaramligi sabab bo‘ldi. Natijada Kubaning AQSHga eksporti keskin kamaydi. Masalan, bu eksport 1929-yilda 137,6 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 1932-yilda atigi 38 mln dollar bo‘ldi. Qand ishlab chiqarish esa 5,1 mln tonnadan 1,9 mln tonnaga tushib qoldi. Korxonalarning sinishi Kuba tarixida misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Ishsizlar soni 600 ming kishini tashkil etdi (4 mln aholiga nisbatan). Bir so‘z bilan aytganda, aholining turmushi keskin darajada pasaydi. Mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashdi va 1930-yil noyabrda harbiy tartib o‘rnatildi. Siyosiy kurashning oldingi safida talabalar bordilar. Bunga javoban hukumat 1931-yilda Gavana universitetini yopib qo‘ydi. Hatto umumta’lim mak- tablari ham yopildi. 1933-yilda prezident X. Machado (1924—1933) o‘z diktatorligini yana- da mustahkamlash maqsadida Kongressdan favqulodda vakolat olishga erishadi. Konstitutsiyaning amal qilishi 30 kunga to‘xtatildi. Biroq bu choralar ko‘zlangan natija bermadi va mamlakatda umumiy ish tashlash davom etdi. Endi hukmron doiralar oldida ikki yo‘l turardi: yo xalq inqilobi, yoki diktator Machadoni almashtirish. Ular ikkinchi yo‘lni tanladilar va Macha- doga qarshi harbiylar fitna uyushtirishdi. Ular 11-avgust kuni Machado oldiga 48 soat ichida mamlakatdan chiqib ketish talabini qo‘ydilar. Shu tariqa, Machado iste’fosiga erishildi. Kubaning AQSHdagi sobiq elchisi Karlos de Sespedes vaqtinchalik prezident deb e’lon qilindi. Machado va uning yaqinlari AQSHga jo‘nab ketishga majbur bo‘ldilar. K. Sespedes hukumati mamlakatdagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Harbiylar ichida mamlakatda qattiq tartib o‘rnatish tarafdorlari kuchayib bordi. Ularga F. Batista rahbarlik qilardi. 1933-yil 5-sentabr kechasi F. Batista davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. U mamlakat harbiy kuchlari shtabining boshlig‘i etib tayinlandi. Gavana universiteti professori San Martin prezidentlik lavozimini egallagan bo‘lsa-da, amalda hokimiyat F. Batista qo‘lida to‘plandi. 95 Shunday bo‘lsa-da, S. Martin hukumati qator ijobiy tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, 1901-yilda qabul qilingan reaksion xarakterdagi Kons- titutsiyani bekor qildi. 8 soatlik ish kuni joriy etdi. Mehnat vazirligi tashkil etildi. Yashash joyi uchun to‘lanadigan haq kamaytirildi. Ishchilar uchun ish haqi minimumi belgilandi. Gavana universitetining muxtor huquqi tiklandi. Tashqi siyosatda esa avvalgi hukumatning AQSH bilan tuzgan shart- nomalari bajarilishi ma’lum qilindi. Dekabr oyida S. Martin hukumati elektr energiya, gaz, telefondan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haqni 45 foizga kamaytirdi. 2 ta yirik Kuba-Amerika qand kompaniyasi ustidan davlat na- zoratini o‘rnatdi. S. Martin hukumatining bunday qat’iy xatti-harakatlari ichki va tashqi sarmoyadorlarni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Ular F. Batistani qo‘llab- quvvatlay boshladilar. 1934-yilning 14-yanvarida F. Batista S. Martindan iste’fo berishni talab etdi. 18-yanvar kuni polkovnik Mendteta Kubaning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilindi. AQSH 26-yanvar kuni yangi prezident va uning hukumatini tan oldi. Yangi hukumat S. Martin amalga oshirgan tadbirlarning barini bekor qildi. Shu tariqa, mamlakatda AQSH manfaatiga xizmat qiluvchi F. Batista diktaturasi to‘la qaror topdi. Shunday qilib, Lotin Amerikasi davlatlari o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lidan borgan bo‘lsalar-da, AQSH va boshqa buyuk davlatlarga iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaram bo‘lib qoldilar. Lekin ularning jahon hamjamiyatidagi roli o‘sdi. Bir qator ijtimoiy tadbirlar o‘tkazildi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlariga qanday ta’sir ko‘rsatdi? 2. Urushdan keyingi yillarda Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotiga xos bo‘lgan xususiyatlarni qayd eting. 3. Jahon iqtisodiy inqirozining Lotin Amerikasi uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 4. Buyuk davlatlar Lotin Amerikasi iqtisodiy va siyosiy hayotida qanday o‘rin tutgan? 5. Braziliyaning o‘ziga xos taraqqiyoti qanday kechdi? 6. Argentinada qishloq xo‘jaligining ahvoli qanday edi? 7. Meksika — AQSH munosabatlari qanday bo‘ldi? 8. Kubaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida AQSH qanday rol o‘ynadi? ? 96 DARSLIK MATNI BILAN ISHLASH LOTIN AMERIKASI DAVLATLARINI TAVSIFLANG Davlatlar Birinchi jahon urushidagi ishtiroki Birinchi jahon urushining ta’siri 1920—1921- yillar iqtisodiy inqiroz oqibatlari 1929—1933- yillardagi islohot iqtisodiy inqiroz oqibatlari 1 2 3 4 5 Braziliya, Argentina, Meksika, Kuba 6 7 8 9 Iqtisodiyotlari- ga xos umumiy xususiyatlari Hukmron tabaqalar Qurolli kuchlarning mamlakat hayotidagi o‘rni Lotin Amerikasida o‘z ta’sirini kuchaytirishga uringan davlatlar 2-bob. OSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI 10-§. Xitoy va Hindiston Birinchi jahon urushigacha Osiyo va Afrika asosan mustamlaka davlatlardan iborat edi. Birinchi jahon urushi yillarida Osiyo va Afrika davlatlari- da chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi. Antanta qurolli kuchlari saflarida mustamlaka davlatlar aholisi ham ishtirok etdi. Mustamlaka xalqlarning ilg‘or qatlami urushdan keyin musta- qillik berilishiga umid bilan qaramoqda edi. Biroq Parij tinchlik konferensi- yasi bu umidni oqlamadi. Aksincha, konferensiya mustamlakachilikning eski shaklini yangisi bilan almashtirdi. Mustamlakachilikning bu yangi shakli avvalgi darslarda siz tanishgan Millatlar Ligasining mandat tizimi edi. Shunday bo‘lsa-da, Osiyo va Afrika davlatlarida vaziyat asr boshidagiga nisbatan o‘zgardi. Bu o‘zgarish jahon siyosiy xaritasida Sovet Rossiyasi (keyinchalik SSSRning) vujudga kelishi bilan ham bog‘liq edi. Mustam- lakachi davlatlar xohlaydilarmi, yo‘qmi, endi bu omil bilan hisoblashishga majbur edilar. Ikkinchi tomondan, Rossiyada yuz bergan chuqur ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar milliy-ozodlik harakatlariga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Osiyo va Afrika davlatlari rivojla- nishidagi o‘ziga xos xususiyatlar 97 Mustamlakalarda milliy-ozodlik kuchlari o‘sdi. Stixiyali milliy-ozodlik kurashi ongli kurashga aylana bordi. Shunday bo‘lsa-da, mustamlakachi davlatlar o‘z mustamlakalaridagi mavqelarini deyarli saqlab qola oldilar. Buning sababi, birinchidan, mustamlakachilik tizimining yemirilishi uchun zarur xalqaro shart-sharoitlar hali to‘la yetilmaganligi bo‘lsa, ikkinchidan, mustamlakalarda mustamlakachilarga qarshi kurashuvchi kuchlarning qaror topish jarayoni hali davom etayotganligi edi. Biroq bu milliy-ozodlik kurashi ma’lum vaqtga to‘xtab qoldi, degani emas edi. Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida, Xitoy va Hindistonda milliy- ozodlik kurashi shiddat bilan davom etdi. Chunonchi, 1918—1923-yillarda Turkiyada ozodlik kurashi g‘alaba bilan yakunlandi. Dunyoviy Turkiya Respublikasi tashkil topdi. Sovet Rossiyasi 1921-yilda Turkiya bilan do‘stlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi hamda Turkiyaga 10 mln oltin so‘m hisobida moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Xuddi shunga o‘xshash shartnoma 1921-yilda Eron bilan ham imzolandi. Eron Buyuk Britaniya qo‘shinlarining mamlakatdan chiqib ketishiga erishdi. Afg‘on xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachilariga qarshi olib borgan kurashi 1919-yilda g‘alaba bilan yakunlandi. Afg‘oniston mustaqil davlatga aylandi. 1921-yilda sovet-afg‘on do‘stlik shartnomasi imzolandi. 1918—1921-yillarda Sovet Rossiyasi Mo‘g‘ulistonning milliy-ozodlik kurashiga yordam ko‘rsatdi. Bu yordam Mo‘g‘uliston mustaqilligini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. To‘g‘ri, Sovet Rossiyasi yuqorida nomlari tilga olingan davlatlarga bekorga yordam bermagan. Uning maqsadi o‘zining janubiy chegaralari xavfsizligini ta’minlashdan iborat edi. Ayni paytda Sovet davlati qo‘shni davlatlar bilan aloqani yaxshilash masalasiga «bo‘lajak jahon inqilobi»ning tarkibiy qismi, deb ham qarar edi. Mustamlakachi davlatlar ham qo‘l qovushtirib o‘tirmadilar, albatta. Ular Vashington konferensiyasida mustamlakalarning daxlsizligiga kelishib oldilar. Biroq tez orada bu kelishuvni Osiyoda Yaponiya (1931-yilda), Afrikada esa Italiya buzib yubordi. Birinchi jahon urushidan so‘ng ham Xitoy qoloq, yarim mustamlaka davlat edi va unda 450 mln dan ortiq xalq yashardi. Uni buyuk davlatlar ta’sir doirasiga bo‘lib olgan edilar. Mamlakat sanoati, transporti, banklari va tashqi savdosining asosiy qismi chet el kompaniyalari qo‘lida edi. Bu omillar Xitoyni rivojlangan davlatlar ekspansiyasiga qarshi kurashda ojiz qilib qo‘ygan edi. 1911—1913-yillarda bo‘lib o‘tgan inqilob asosiy masalalardan biri — Xitoyni yagona davlatga birlashtirish masalasini hal eta olmadi. Bu masalani hal etmay turib Xitoyni yarim mustamlaka sirtmog‘idan qutqarish nihoyatda og‘ir edi. 1918-yilda Xitoyda inqilobiy kurashning ikki yirik kuchi mavjud edi. 7 — Jahon tarixi Xitoyning urushdan keyingi ahvoli 98 Ularning biri milliy-ozodlik kurashining yirik vakili, tan olingan yo‘l- boshchi Sun Yatsen (1867—1925) boshchiligidagi Gomindan (Xitoy milliy partiyasi) bo‘lsa, ikkinchisi Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) edi. Versal shartnomasi qarorlariga qarshi mamlakatda «4-may harakatlari» nomli xalq noroziligi bo‘lib o‘tdi. 1921-yilda Sun Yatsen mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Biroq buyuk davlatlar bu saylovni va Sun Yatsen hukumatini tan olmadilar. Sun Yatsen «Xitoyni qutqarish» dasturini ilgari surdi. Bu dasturni chet davlatlarning yordamisiz amalga oshirib bo‘lmas edi. Buyuk davlatlar esa yordam berishdan voz kechdilar. Vashington konferensiyasida qabul qilingan «9 davlat kelishuvi» bo‘yicha, Xitoyda o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. Shunday sharoitda Sun Yatsen moddiy va harbiy yordam so‘rab Sovet Rossiyasiga murojaat qildi va muzokara uchun general Chan Kayshini Moskvaga jo‘natdi. 1923-yilda Sun Yatsen Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlik yo‘liga o‘tdi. Shunday qilinganda Sovet Rossiyasidan yordam olish oson kechishini u yaxshi bilardi. 1924-yil yanvarda Gomindan va XKP umummilliy birlashgan inqilobiy front tuzdilar. Frontning maqsadi Xitoyning shimolida joylashib olib, xorijiy bosqinchi davlatlar bilan hamkorlik yo‘lini tutayotgan ichki kuchlarga hamda Xitoyni yarim mustamlaka holatiga tushirgan imperiyachi buyuk davlatlar ta’siriga qarshi kurash edi. Bunda Sun Yatsenning uch tamoyili: «milliylik, demok- ratiya va xalq farovonligi» katta rol o‘ynadi. 1925-yil bahorida Shanxay shahrida talabalar namoyishga chiqdilar. Biroq ingliz politsiyasi bu namoyishni o‘qqa tutdi. Bu hodisa Xitoyda xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi kuchli harakat boshlanishiga turtki bo‘ldi. Bu harakat Xitoy tarixiga «30-may harakati» nomi bilan kirgan. Shu tariqa Xitoyda chet el bosqinchilariga qarshi milliy inqilob boshlandi. Ularning asosiy shiorlari — Xitoy suverenitetini tiklash, mustamlakachi davlatlar bilan hamkorlik qilayotgan militaristik katta yer egalari hukmronligini ag‘darish va Xitoyning demokratik milliy harakat hokimiyati ostida siyosiy butunligini ta’minlash edi. Inqilob rahbarligi Gomindan qo‘lida edi. 1925-yilda Sun Yatsen vafot etgach, bu partiya rahbarligi Chan Kayshi qo‘liga o‘tdi. Inqilobda Xitoy jamiyatining barcha tabaqalari ishtirok etdi. 1925-yilning oktabr-dekabr oylarida Chan Kayshi hukumati mamlakat shimoliy qismining Guandun provinsiyasida joylashgan militaristlar hukumatiga qarshi harbiy yurish boshladi. Shu tariqa Xitoyda fuqarolar urushi boshlandi. 1926-yilda 7 ta provinsiya egallab olindi. 1927-yil martda Angliya va AQSH Chan Kayshiga yordam berish uchun Xitoyga qurolli kuch yubordi. 18-aprelda Nankinda Chan Kayshi hukumati to‘la qaror topdi. Yurishning birinchi bosqichi 1928-yilda yakunlandi. Buning oqibatida shimoldagi militaristik kuchlarga qattiq zarba berildi. Jumladan, Shanxay Buyuk milliy inqilob 99 va Nankin shaharlari bosib olindi. Chan Kayshi hukumati qarorgohi Nankin shahriga ko‘chirildi. Barcha buyuk davlatlar bu hukumatni tan oldilar. Markaziy hokimiyat qo‘lga kiritilgach, inqilobning asosiy yetakchi kuchlari — Gomindan va XKP o‘rtasida bo‘linish yuz berdi. Bunga Xitoy inqilobiy vazifalariga Gomindan va XKP ning turlicha qarashlari sabab bo‘ldi. Chunonchi, Gomindan markaziy hokimiyat egallanishi bilan inqilob o‘z vazifasini bajardi, deb hisobladi. Endigi vazifa mo‘tadil islohotni zo‘ravonliksiz o‘tkazishdan iboratligini e’lon qildi. XKP esa inqilobni davom ettirish, hali Xitoyda kam sonli bo‘lgan proletariat gegemonligini o‘rnatish, agrar inqilobni avj oldirish, mulkdor- larning mulkini musodara qilish, barcha banklarni, konlarni, temir yo‘llarni, yirik korxonalarni milliylashtirishni talab etdi. Bu ikki siyosiy kuch o‘rtasidagi nizo 20 yil davom etgan fuqarolar urushini (1949-yilgacha) keltirib chiqardi va shu tariqa birlashgan umummilliy inqilobiy front barham topdi. Milliy buyuk inqilob natijasida Gomindanning yakka partiyaviy hokimiyati qaror topdi. Gomin- dan Xitoyda iqtisodiyot bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish tarafdori edi. Shuning uchun ham Gomindan hukumati xususiy mulkni himoya qildi va bunday mulkni tugatishni targ‘ib etuvchi XKP ga qarshi kurashdi. Milliy bozor rivojiga g‘ov bo‘layotgan ichki boj to‘siqlari bekor qilindi. Chet el sarmo- yadorlariga ijaraga berilgan 33 ta korxonadan 20 tasi qaytarib olindi. Gomindan markaziy hokimiyatni kuchaytirishga urindi, iqtisodiyotga davlat aralashuvini joriy etdi. Iqtisodiyotda davlat sektorini vujudga keltirdi. Bundan tashqari, ichki siyosiy barqarorlikka erishish maqsadida qator ijtimoiy islohotlar o‘tkazildi. Mehnat to‘g‘risida qabul qilingan ijobiy ruhdagi qonun kam sonli ishchilar sinfining ahvoli yaxshilanishiga xizmat qildi. Biroq agrar masala hal etilmadi. Qishloqda yirik yer egalari hukmronligi saqlanib qola berdi. Tashqi siyosatda esa Xitoyning chet davlatlar bilan imzolangan noteng shartnomalarini bekor qilish yo‘li tutildi. 1928-yilda chet el tovarlari uchun boj to‘lovi tartibi tiklandi. Bu bilan ichki bozor ham himoya qilindi. Gomindan bilan XKP o‘rtasidagi umummilliy birlashgan front barham topgach, Xitoyda fuqa- rolar urushining ikkinchi bosqichi boshlandi. Go- mindan «XKP ga qarshi urushga tayyorlana boshladi» va ko‘p o‘tmay uning qurolli kuchlariga qarshi hujum boshlandi. 1930—1934-yillarda 5 marta yurish qilindi. AQSH 90 mln dollar yordam berdi. 300 ta samolyotdan foydalandi. Xitoyga nemis generali Fon Sekt keldi va harbiy operatsiyalarga boshchilik qildi. Bu davrda XKP qurolli kuchlarining soni 300 mingni tashkil etardi (XKP qurolli kuchlari Qizil Armiya deb atalgan). XKP 1927-yildan 1936-yilgacha Xitoyda sovetlar shaklidagi proletariat va dehqonlar inqilobiy diktaturasini o‘rnatish uchun Chan Kayshi hukmronligining kuchayishi 1927—1937- yillardagi fuqarolar urushi 100 kurash olib bordi va o‘zi egallagan provinsiyalarda hokimiyatning shunday shaklini o‘rnatdi. 1931-yilning noyabr oyida Szyansi provinsiyasida o‘tkazilgan sovet tumanlari vakillarining 1-Butunxitoy syezdi Xitoy Sovet Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Davlat boshlig‘i etib Mao Szedun saylandi. Shunday qilib Xitoy uchga bo‘linib ketdi. 1934-yilda Gomindan hukumati XKP armiyasiga qattiq zarba berdi. Biroq uni tor-mor eta olmadi. Armiyaning bir qismi qurshovni yorib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. 1931-yilning sentabrida Yaponiya armiyasi Xi- toyga hujum qildi. Bu hujum Chan Kayshining Xitoyni birlashtirish yo‘lidagi harakatini to‘xtatib qo‘ydi. Uch oy ichida Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqida 1 mln kv km maydonni egalladi va u yerda 1932-yil 1-martda Man’chjou-Go deb atalgan davlat tuzdi. Uni manjurlar sulolasining so‘nggi imperatori Pu I Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling