Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati tahlili
British Airways faoliyatini tashkillashtirish va uning dunyo bo’ylab joylashuv nuqtalari
Download 1.58 Mb.
|
Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati
2.2 British Airways faoliyatini tashkillashtirish va uning dunyo bo’ylab joylashuv nuqtalari;
BA transport sanoatida o’z xizmat- mahsulotini taklif etadigan biznes hisoblanadi. Uning mahsuloti bu belgilangan nuqta, hududlar bo’ylab uchish hisoblanadi. BA mahsulot strategiyasi shundan iboratki, u o’z xizmatida uchish xizmatidan tashqari parvoz sifatini, turli xil Yevropadagi va boshqa xorijiy davlatlardagi destinatsiyalari, ekonom klass va biznes klass , uchish tezligi , xavfsizligi, qulayliklari va ko’p yillik tajribaga ega ekanligi bilan baholanadi. Bular asosiy xizmatning sifatini belgilaydi va turli xil muqobil yo’lovchilar ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Kotlerning mahsulotning 5 darajali teoriyasi undan nima uchun foydalanish kerakligini aniqlab beradi. Bunga ko’ra, BA ning asosiy foydali tomonlarini ko’ramiz va undan foydalanish to’g’risida qaror qabul qilamiz. Iste’molchi BA dan o’z ehtiyojlarini qondirish uchun ya’ni bir destinatsiyadan boshqasiga uchish uchun chipta sotib olishadi - bu hizmatning poydevori hisoblanadi. Ikkinchi darajada xizmatning aynan o’zi bo’lib, iste’molchi ma’lum bir vaqtda va aniq destinatsiyaga o’rinni bronlaydi . Bunda aytish mumkinki, BA juda tirband aeroport hisoblanadi. Uning Yevropa bo’ylab 94 ta turli xil shaharlarda va 58 tadan ortiq dunyoning turli xil hududlarda qatnaydi. Bu dunyoning eng katta aviakompaniyalaridan biri bo’lib, juda sezilarli miqdorda samalyotlardan foydalanadi. Bunda iste’molchi xarid qilgan chiptasi orqali uni qanday xizmat yoki xizmatlar to’plami kutayotganligini biladi. Masalan: BA da iste’molchi chipta xarid qilgach, o’z o’rnining joylashuvini va raqamini biladi hamda ishonadiki, bepul, ichimliklar, ko’ngilochar xizmatlarini ham o’z ichiga oladi. Biroq, Easy Jet kompaniyasidan xarid qilgan xaridor yuqoridagi kabi xizmatlardan holi va qaysi o’rinda aniq joylashishini bilmaydi. Iste’molchi nazdida qadr- qimmatni oshirish. Xizmatni rivojlantirishda eng asosiy faktor bo’lib, kompaniyaning o’zi pozitsiyalashi lozimki, bunda u o’zi uchun eng yaxshi strategiyani tanlaydi. BA o’zini yuqori standart, yuqori sifatli havo yo’llari kategoriyasida pozitsiyalangan va u o’z kategoriyasining lideri hisoblanadi. U o’zining strategiyasini tanlagach , undan kutilgan xizmatni tashkillashtirib to’xtagani yo’q balki, yanada o’z iste’molchilari uchun ko’plab qulayliklarni yaratib bermoqda. BA faqatgina asosiy xizmatga e’tiborini qaratibgina qolmay balki, qo’shimcha xizmatlarga ham e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, u barcha turli xil iste’mlchilarning ehtiyojlarini baravariga ham ekonom klassda ham biznes klassda ham birinchi klassda turli xil qo’shimcha xizmatlar bilan qondirishga harakat qilmoqda. Birinchi klass mehmonlari uchun turli xil yumshoq o’rindiqlar mavjud. Bort menyusida taom va vinolar keltirilgan, bu ekonom klassda ham bor. BA biznes klassda tez- tez doimiy reyslarda qatnovchi yo’lovchilarga kumush va oltin karta xizmatlari ham ko’rsatiladi. U shuningdek, parvoz davomida yo’lovchilarni bepul ovqat va ichimlik bilan ta’minlaydi. Har bir o’rindiqda 2 tadan jurnallar, kinolar to’plami, 4 ta radio kanallar va teledasturlarni ham taqdim etadi. Bu aviakompaniyaga talab ko’p bo’lishi bilan bir qatordajuda qulay va dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga uchadi. Narxlashtirish. BA o’zining narxlashtirish siyosatini iste’molchilarning turli xil ehtiyojlariga ko’ra belgilagan. Masalan, kimdir deylik, Gretsiyaga bormoqchi bo’lsa, unga faqatgina o’rinning o’zi va kam chiqim bo’lishi afzal bo’lsa, u ekonom klassda 100 funt-sterling to’lab borishi mimkin. Biroq kimdir qulay, yaxshi sharoitga borishni va bepul ovqatlar tanlovi, yumshoq o’rin uchun biznes klassda 400 funt- sterling to’lab uchishga tayyor bo’ladi. British Airwaysda: Birinchi klass a’zolari oltin rangli kartochka iste’molchilaridir; Biznes klassdagilar- kumush ekonom klass a’zolari kok kartochka a’zolaridir. Uning 3 ta narxlashtirish strategiyasi mavjud: Premium strategiyasi (yuqori sifat , yuqori narx); O’rta darajadagi iste’molchilar uchun o’rta sifat va o’rta narxli bo’ladi; Ekonom strategiyasi sifati ham pastroq, biroq narxi ham shunga yarasha past bo’ladi. Bu 3 ta strategiya BA da turli xil mijozlarning ehtiyojlarini qondirish ularga qulaylik va imkoniyatni yaratib berish uchun nihoyatda zarur. Shu tariqa, mijozlar o’zlariga mos bo’lgan xizmat turlaridan foydalanadilar. 1997- yillarga qadar jahon miqyosida aviatsiya sohasida faqat bir necha yirik aviakompaniyalar oligapolistik muhit yaratib o’z narxlarini ham o’rnatishgan. Bu o’sha paytlarda xaridlar uchun juda qimmatga tushgan. Biroq aviatsiya sohasida 1997- yilda Easy Jet kompaniyasining tashkil topib ishga tushishi bilan raqobat kuchaya bordi. Natijada, ko’plab past narxlarda bu xizmatdan iste’molchilar foydalandilar. Shu tariqa, oligapoliya tarqatilib raqobat natijasida past narxlardagi aviatashuvchilar ham ko’payib bordi. BA hozirda o’z raqobatchilaridan kelib chiqqan holda quyidagi xususiyatlarga ko’ra narxini belgilaydi: narxkashtirish ob’yektlarini tanlash; talabni aniqlash; kutilayotgan narxlar; raqobatchilarning narxlarni, qiymatlarini va takliflarini analiz qilish; narxlashtirish siyosatini tanlash. Ilgari BA o’z narxlashtirish ob’yekti sifatida daromadni maksimallashtirishni ko’zlagan. Biroq kichik aviakompaniyalar o’zlarining arzon narxdagi xizmatlari bilan bozor taqsimotida katta ulushga ega bo’la boshladi. Boshqacha aytganda, xaridorlar bu kabi kichik va arzon aviakompaniyalarning xizmatidan bajonidil foydalanadilar. BA shundan so’ng o’z narxlashtirish obyektini maksimal daromaddan bozor taqsimotidagi ulushini maksimallashtirishga almashtirdi. Shu tariqa, o’zining turli xildagi narxlashtirish siyosatlarini ishlab chiqdi va bunda ekonom klass ya’ni arzon narxdagi o’z xizmatini taqdim etdi. Boshqa narxlashtirish ob’yekti bu BA ning sifatining yuqoriligini belgilab beradigan uning brendi tasviri hisoblanadi. Garchi ko’pgina o’zgarishlarga qaramay u o’zining brendini saqlab kelgan va bundan keyin ham saqlaydi. Talabni aniqlashda aytish joizki, BA 2 xil iste’molchilar turini aniqlagan: Narx ta’siri yuqori xaridorlar (talabalar, mustaqil sayyohlar, tez-tez sayohatga chiqib turuvchilar) bo’lib, ular eng arzon narxdagi va eng yaxshi taklifdagi narxlarni qidirishadi. Narx ta’siri past bo’lgan xaridorlar (biznes xaridorlar va ijrochi xaridorlar) b o’lib, ular asosan, sifatning yuqoriligiga ahamiyat berishadi va narxning ahamiyati past bo’ladi. Bunday xaridorlarni klassifikatsiyalash kompaniyaning marketing strategiyasini aniqlashda yordam beradi. Shu tariqa, kompaniya har qanday holatda o’z elastikligini saqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, yuqori narxlardagi xizmatga talab kam bo’lib, past narxdagilarga yuqoridir. 3) BA mahsulot (xizmat) ni narxlashtirish mobaynida sifati bilan bog’liq bo’lgan holda, quyidagi vositalarni ham inobatga olib, kutilayotgan narxni belgilaydi: Xizmatning narxi; Qo’shilgan qiymat solig’i; Aeroport soliqlari; Tur agentliklarning qo’shimcha soliqlari. Biroq biror bir kimsa chiptani internet orqali ya’ni www.britishairways.com sayti orqali buyurtma bersa, ularga 10 % li chegirma mavjud. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling