- Amerika qit'asining AQSH bilan Meksika chegarasidan janubiy qismini odatda Lotin Amerikasi deb ataydilar. Ba'zan etnogeografik jihatdan Meksika, Markaziy Amerika va Vest-Indiya maxsus rayoni qilib ajratilgan va unga Mezoamerika (O'rta yoki Markaziy Amerika) deb nom berilgan. Bu yerda 30 ta mustaqil davlat va bir necha hozirgacha mustamlaka holatdagi mamlakatlar mavjud. Lotin Amerikasi 20,1 million km kvadrat maydonni egallagan.
- Latin Amerikasi aholisining etnik qiyofasi ham turlicha.Uzoq yillar davomida mahalliy tub axoli bilan kelgindi yevropaliklar va millionlab qul qilib keltirilgan afrikaliklar avlodlari aralashmasidan paydo bo'lgan hozirgi mamlakatlar aholisining o'ziga xos milliy madaniyat, mehnat va xalq ijodi an'analarini shakllantirgan. Regionning rang-barang tabiati, ularning xo'jalik tiplari madaniyat xususiyatlariga zo'r ta'sir o'tkazgan. Nixoyat zo'r tabiiy boyliklarga ega bo'lgan mazkur regionni " jaxonning xazinasi " deb xam ataganlar. Ammo boy tabiatli Latin Amerikasi umuman ancha qashshoq va qoloq o'lkalardan. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda bu yerda yashovchi aholining yarmiga yaqin och yoki yarim och, ya'ni to'yib ovkat yemaydi. Ayniqsa mahalliy indeyslar og'ir ahvolda. Hozirgi Latin Amerikasida 40 mln.ga yaqin indeyslar yashaydi.
Yuksak madaniyat - Maxalliy tub axoli o'tmishda yuksak madaniyat yaratib, faqat latin amerikaliklargagina emas, balki jaxon madaniyatiga xam zo'r xissa qo'shganlar. Indeys qabilalari birinchi bo'lib jaxonga birinchi bo'lib kartoshka, pomidor, makka, anioka, paxta; kungabaqar, kakao va boshqa muxim ekinlarni ekib tanilgan. Ular dastlab kauchuk shirasidan foydalanish, kurare zaxarini ishlab chiqarish va medisinada foydalanishni o'rgatganlar, gamakni kashf qilib jaxonga yoyganlar. Ajoyib, go'zal, qadimiy arxitektura, katta xashamatli shaxarlar va dabdabali piramidalar, afsonaviy o'yma va bo'rtma ramlar bilan bezatlgan ko'shku saroylar, turli shakl va xajmdagi go'zal xaykallar, rang-barang bo'yoqlar sopol idish va buyumlar, tilladan qo'yilgan xar xil xaykallar indeyslarning jaxon madaniyatiga qo'shgan zo'r xissasidir. Latin Amerikasi indeyslari yaratgan ko'y va o'yinlari xam uzoq elatlarga ilk sinfiy jamiyat, yuksak san'at va xunarmantchilik ega bo'lgan davlatlar paydo bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |