Tayanch iboralar: “katta ettilik”, YAIM darajasi, tashqi savdo hajmi, resurslarga ehtiyoj, TMK, sanoatlashish darajasi, postindustrializatsiya, xizmatlar sohasi ulushining ortib borishi.
Bobning qisqacha xulosasi:
Jahon xo‘jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’asi va Shimoliy Amerika materigida joylashgan. Rivojlangan (ayniqsa “katta yettilik” G7 yoki RFning qo‘shilishi bilan ataluvchi “katta sakkizlik” G8) davlatlar iqtisodiyotini o‘rganish va ularning iqtisodiy rivojlanish tajribasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu mamlakatlar iqtisodiyotida tabiiy resurslardan tejamli foydalaniladi, ishlab chiqarishda esa energetika quvvatini pasayishiga yo‘l ko‘yilmaydi.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida yirik TMKlar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (EI, NAFTA, ASEAN va boshqalar) muhim rol o‘ynamoqda. O‘zbekistonning rivojlangan mamlakatlar bilan( ayniqsa, YEI, RF, AQSH, Osiyo-Tinch okeani davlatlari) olib borayotgan savdo-aloqalari yildan – yilga kengayib bormoqda.
Nazorat uchun savollar:
Sanoati rivojlangan davlatlar guruhiga qaysi mamlakatlar kiritiladi?
Sanoati rivojlangan davlatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini qaysi ko‘rsatkichlar bilan ko‘rsatib berish mumkin?
Jahon iqtisodiy rivojlanishining uchta asosiy markazini ko‘rsatib bering. 4.“Katta yettilik” yoki “katta sakkizlik”ka kiruvchi davlatlarni sanab bering.
Rivojlangan davlatlarning tashqi iqtisodiy ekspansiyasini amalga oshirishda TMK qanday o‘rin tutadi?
Sanoati rivojlangan davlatlar ishtirokidagi qanday integratsion guruhlarni bilasiz? 7.Yaponiya iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni sanab o‘ting?
8.Yaponiya iqtisodiyotining jahon bozoridagi raqobatbardoshligi nimalar hisobiga erishilgan?
5-mavzu. davomi Rivojlanayotgan mamlakatlar - xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1.Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari 2.Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan o’rni va roli 3.Xorijiy sarmoyalar – rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida
4.“Yangi industrial mamlakatlar” ning jahon xo’jaligida tutgan o’rni
Do'stlaringiz bilan baham: |