Jami 204 Ma’ruza 52 Amaliy mashg’ulot 52 Amaliy mashg’ulot o’qituvchi Sh.Xonqulov Adabiyotlar - Vaxabov A.V.,Tadjibayeva D A., Xajibakiyev SH X. Jaxon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik.-T.: 2015 y
- Ishmuxamedov A.E., Yusupov A.S.. Milliy va xalqaro iqtisodiyot. Darslik.- T.: MChJ “RAM-S”, 2007 y
- Nazarova G.G., Xaydarov N.X., Akbarov M. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O’quv qullanma.- T.: MChJ “RAM-S”, 2007 y
- Nazarova G.G., Xalilov X., Eshtayev A., Xakimov N.Z., Salixova N., Bobojonov B.R. “Jahon iqtisodiyoti va XIM”. Darslik – T., 2006. - 216 bet.
- Vaxobov A., Tadjiboyeva D.A., Xodjibakiyev Sh.X. “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”. O’quv qo’llanma -Toshkent: «Moliya», 2011.
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanining predmeti, mazmuni va mohiyati.
- Jahon xo’jaligi to’g’risida tushuncha. Jahon xo’jaligi va uning milliy iqtisodiyotlarga ta’siri. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi va uning konsepsiyalari.
- Dunyo mamlakatlarining xalqaro iqtisodiyot va xalqaro savdodagi ishtirokining asosiy ko’rsatkichlari.
- Ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanining predmeti, mazmuni va mohiyati Jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma’nolarda ta’rif berish mumkin. Keng ma’noda jahon iqtisodiyoti — bu milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi tizim hisoblansa, tor ma’noda — bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir. Jahon iqtisodiyotiga berilgan tor ma’nodagi ta’rif iqtisodiy nazariyadagi sotiladigan mahsulotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Shu bilan birga sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo‘jalik aloqalari yuzlab milliy xo‘jaliklarni «jahon iqtisodiyoti» deb ataladigan bir tizimga birlashtirishini e’tiborga olish lozim. Shu sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar o‘zaro bog‘liqdir
Do'stlaringiz bilan baham: |