Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Download 45.29 Kb.
bet7/16
Sana03.12.2023
Hajmi45.29 Kb.
#1797108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
1 Mavzu Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Bundan tashqari, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimiga rivojlanayotgan mamlakatlarning faol jalb etilishi, jahonning kapitalistik va sobiq sotsialistik xo‘jaliklari o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faollashuvi ro‘y berdi. Milliy xo‘jaliklaming jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayoni faollashib, ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik sezilarli darajada kuchaydi. Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar tizimi yaratildi va xalqaro korporatsiyalar faoliyatining faollashuvi kuzatildi.

Jahon xo‘jaligining beshinchi — zamonaviy rivojlanish bosqichi 90-yillarning boshlaridan boshlandi. 0 ‘zaro iqtisodiy yordam kengashi (0‘IYoK) va sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi, Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, xalqaro integratsiya jarayonlarining kuchayishi va xalqaro korporatsiyalarning jahon xo‘jaligi subyekti sifatidagi rolining ortib borishi jahon iqtisodiyotining zamonaviy rivojlanish bosqichidagi asosiy omillar hisoblanadi.

Jahon xo‘jaligi XX asr va XXI asr bo‘sag‘asida global miqyosga ega ekanligi, bozor iqtisodiyoti prinsiplariga asoslanishi, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlari asosida faoliyat yuritishi va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi bilan ajralib turadi. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uch elementni — milliy iqtisodiyotlar, ularni bog‘lab turuvchi xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro korporatsiyalar tomonidan yaratilgan xalqaro iqtisodiyotni o‘z ichiga oladi.

Download 45.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling