Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari


Download 45.29 Kb.
bet5/16
Sana03.12.2023
Hajmi45.29 Kb.
#1797108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1 Mavzu Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — bu rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlaridan iborat. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni shakllari bo‘ yicha guruhlash mumkin.

An’anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish kabi shakllari asosida yotadi.

  • Kapital, mehnat va texnologiyadan tashqari boshqa iqtisodiy resurslardan biri
  • hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois, jahon xo‘jalik aloqalarida
  • qazib chiqarilgan va ular asosida tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro savdosi
  • orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili odatda, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar
  • bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
  • alohida shakli sifatida qatnashmaydi.
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro valyuta-kredit
  • va moliya munosabatlari xalqaro savdo, ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati
  • hosilasi hisoblansa-da, jahon xo‘jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqtisodiy
  • munosabatlar sifatida tan olingan.

Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

  • Jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish
  • evolyutsiyasi bilan uzviy bog‘liq. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo‘-
  • jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi.
  • Milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvida xalqaro savdo tarixiy ahamiyat kasb
  • etadi. Savdo aloqalari quldorlik tuzumida ham olib borilgan. Misol tariqasida Rim
  • imperiyasi davridayoq yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan xalqaro savdo-sotiqlarning
  • o‘tkazilganligini keltirish mumkin. Bu turdagi savdo-sotiqlar feodalizm tuzumida
  • ham mavjud bo‘lgan. Biroq mazkur ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardagi natural xo‘jalik
  • yuritishga xos xususiyatlar tufayli xalqaro ayirboshlashga ishlab chiqarilgan tovarlarning
  • juda oz qismi (qimmatbaho gazlamalar, javohirlar, ziravorlar, mineral xomashyolarning
  • ba’zi bir turlari, shirinliklar va h. k.) kelib tushgan. Natural xo‘jalik yuritishdan
  • tovar ishlab chiqarishga o‘tish asosida kapitalistik munosabatlarning yuzaga kelishi
  • xalqaro savdo va jahon xo‘jalik aloqalarining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi.
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga
  • aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni jahon xo‘jaligining
  • rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash
  • mumkin. Bu kabi tasdiqlar jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni va uning bosqichlarida
  • ham o‘z aksini topgan

Download 45.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling