Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Download 45.29 Kb.
bet8/16
Sana03.12.2023
Hajmi45.29 Kb.
#1797108
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1 Mavzu Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Jahon xo‘jaligi XX asr va XXI asr bo‘sag‘asida global miqyosga ega ekanligi, bozor iqtisodiyoti prinsiplariga asoslanishi, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlari asosida faoliyat yuritishi va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi bilan ajralib turadi. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uch elementni — milliy iqtisodiyotlar, ularni bog‘lab turuvchi xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro korporatsiyalar tomonidan yaratilgan xalqaro iqtisodiyotni o‘z ichiga oladi.

Demak, zamonaviy jahon xo‘jaligi — bu bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga bo‘ysunuvchi xalqaro iqtisodiy munosabatlar orqali o‘zaro bog‘liq milliy xo‘jaliklar yig‘indisi sifatidagi global iqtisodiy organizmdir.

Jahon xo‘jaligining amal qilish jarayoni XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib zamonaviy jahon iqtisodiyotiga xos qator rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.

1.Dunyo mamlakatlari xo‘jalik hayotining baynalminallashish jarayonining chuqurlashuvi. Jahon xo‘jaligi rivojlanishining dastlabki bosqichlarida tovar ishlab chiqarish ustuvorlik qilgan bo‘lsa, hozirgi davrda jahon xo‘jalik aloqalariga bir milliy ishlab chiqarish natijalarigina jalb etilmasdan, ishlab chiqarish omillari ham jalb etilmoqda. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini intensiv rivojlantirish, texnologiyalarni xalqaro ayirboshlash, xalqaro kapital va ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlari takomillashmoqda.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling