dunyodagi barcha mamlakatlarni jahon xo‘jalik jarayonlariga jalb etish; • ishchi kuchi, texnologiya, kapital, tovarlar va xizmatlarning global bozorlarinibarpo etish; • jahon xo‘jalik aloqalarining (transport, axborot, bank, aloqa va boshqalar) global infratuzilmasini yaratish; • mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida yalpi ichki talablarga qaraganda tashqi talablarning ustunligi; • milliy hukumat iqtisodiy funksiyalarining ko‘proq xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga vakilligini topshirish; • mamlakatlarning tan olishicha, iqtisodiy rivojlanishning eng maqbul shakli bozor xo‘jaligi prinsiplaridir; • xalqaro iqtisodiy aloqalar bilan xo‘jalik hayotining qoidalarini universallashtirishni mukammallashtirish; • xalqaro raqobat va xalqaro hamkorlikning global xususiyatga ega ekanligi; • juda katta ishlab chiqarish kuchlariga asoslangan xalqaro ishlab chiqarishni yuzaga keltirish. Jahon xo‘jaligining rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy konsepsiyalar - To‘lig‘icha jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga bag‘ishlangan ilmiy nazariyalar
- mavjud emas. Ammo jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilgan
- ko‘psonli iqtisodiy, sotsiologik va ijtimoiy-madaniy nazariyalar mavjud. Ushbu
- nazariyalarga quyidagi rivojlanish nazariyalarini kiritish mumkin:
- • Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari.
- • Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyasi.
- • Postindustrial jamiyat nazariyalari.
- • Yagona sivilizatsiya nazariyasi.
- • Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi nazariyasi.
Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari. Amerikalik iqtisodchi, sotsiolog va tarixchi Uilyam Rostou 1960-yilda «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari: nokommunistik manifest» deb nomlangan kitobida iqtisodiy o‘sish bosqichlari nazariyasini - Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari. Amerikalik iqtisodchi, sotsiolog va tarixchi Uilyam Rostou 1960-yilda «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari: nokommunistik manifest» deb nomlangan kitobida iqtisodiy o‘sish bosqichlari nazariyasini
- yaratdi. Unda iqtisodiy o‘sishning quyidagi besh bosqichi ajratib ko‘rsatiladi:
- • an’anaviy jamiyat;
- • o‘sish uchun shart-sharoitlarni yaratish bosqichi;
- • o‘sish (siljish, ko‘tarilish);
- • yetuklikka intilish bosqichi;
- • yuqori ommaviy iste’mol davri.
- Iqtisodiy o‘sish bosqichlarini ajratishda, quyidagi mezonlardan foydalanildi: texnikaning rivojlanish darajasi, iqtisodiyotning tarmoq tarkibi, jamg‘armaning milliy daromaddagi ulushi, iste’mol tarkibi va h. k.
Do'stlaringiz bilan baham: |