Yagona sivilizatsiya haqidagi ijtimoiy-madaniy nazariyaning asosida barcha mamlakatlarning yagona siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tizim, ya’ni liberal demokratiyaga qarab asta-sekinlik bilan harakatlanish g‘oyasi yotadi. Ushbu nazariyaning zamonaviy tarafdorlari bunday tizimga liberallashuv natijasida G‘arb erishgan, boshqa mamlakatlar ham bunga erishadi va butun dunyo yagona jamiyatga aylanadi, deb ta’kidlashadi. Yagona sivilizatsiya haqidagi ijtimoiy-madaniy nazariyaning asosida barcha mamlakatlarning yagona siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tizim, ya’ni liberal demokratiyaga qarab asta-sekinlik bilan harakatlanish g‘oyasi yotadi. Ushbu nazariyaning zamonaviy tarafdorlari bunday tizimga liberallashuv natijasida G‘arb erishgan, boshqa mamlakatlar ham bunga erishadi va butun dunyo yagona jamiyatga aylanadi, deb ta’kidlashadi. Yagona sivilizatsiya nazariyasi. Yagona sivilizatsiya nazariyasi jahon mamlakatlarini yagona jamiyatga birlashtiruvchi, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirib, chegaralarni yo‘qotuvchi, tobora kuchayib borayotgan kuchga e’tibor qaratadi. Ushbu kuch iqtisodiyotlarni baynalminallash boiib, globallashuvga aylanadi va uning transmillaylashuvi hamda integratsiyalashuvi orqali namoyon bo‘ladi. Bu modernizatsiyalashuv tufayli G‘arbda dastlab vujudga kelgan hozirgi zamon industrial va postindustrial jamiyatlar uchun xos belgilar jahonning boshqa mamlakatlari uchun ham xos boiadi. Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi nazariyasi amerikalik professor S. Xattingtonga tegishli bo‘lib, unga muvofiq siyosiy va madaniy dunyo qiyofasi «sovuq urushdan » keyin yanada ko‘p qutbli bo‘ladi va quyidagi sakkiz sivilizatsiyalardan tashkil topadi: G‘arb, Islom, Induizm, Xitoy, Yapon, Pravoslav, Afrika va Lotin amerikasi. Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi nazariyasi amerikalik professor S. Xattingtonga tegishli bo‘lib, unga muvofiq siyosiy va madaniy dunyo qiyofasi «sovuq urushdan » keyin yanada ko‘p qutbli bo‘ladi va quyidagi sakkiz sivilizatsiyalardan tashkil topadi: G‘arb, Islom, Induizm, Xitoy, Yapon, Pravoslav, Afrika va Lotin amerikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |