2. Tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashuvi. Ushbu holat milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqligini bildiradi. Xalqaro tovarlar savdosida bojxona bojlarini pasaytirish, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun qulay investitsiya muhitini yaratish, davlat tashqi migratsiya siyosatini yanada erkinlashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilmoqda. - Hududiy iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi — milliy xo‘jaliklarning
- xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayonidir.
- Shuni ta’kidlash kerakki, jahon iqtisodiyotidagi hududiy integratsiya jarayonlarining
- xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’siri ziddiyatlidir. Ushbu jarayon, bir
- tomondan, hududiy integratsiya birlashmalari faoliyatiga ijobiy ta’sir etsa, ikkinchi
- tomondan, uchinchi dunyo mamlakatlari bilan bo‘ladigan iqtisodiy aloqalarning
- rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada jahon xo‘jaligida regionlashish, ya’ni mintaqalashish
- jarayoni vujudga keldi.
- 4. Ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashishi. XIX asr oxiri XX asr
- boshlarida vujudga kelgan transmilliylashish jarayoni alohida mamlakatlarga yoki
- bir necha mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar faoliyati bilan bog‘liq xalqaro
- ishlab chiqarishni yuzaga keltirdi.
5.Jahon xo‘jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizimining shakllanishi va iqtisodiy qoidalarning birxillashuvi. Zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi tartib-qoidalar xalqaro valyuta-kredit, savdo, hisob-kitob munosabatlarinigina qamrab olmay, balki xalqaro ayirboshlashda asosiy bitim bo‘lib xizmat qiladi. Dunyo - 5.Jahon xo‘jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizimining shakllanishi va iqtisodiy qoidalarning birxillashuvi. Zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi tartib-qoidalar xalqaro valyuta-kredit, savdo, hisob-kitob munosabatlarinigina qamrab olmay, balki xalqaro ayirboshlashda asosiy bitim bo‘lib xizmat qiladi. Dunyo
- miqyosida XVF, Umumjahon banki guruhi, JST ning mavqeyi juda katta.
- 6. Jahon xo‘jaligining globallashuvi. Ushbu jarayon, bir tomondan, jahon xo‘jaligining yuqorida qayd etib o‘tilgan rivojlanish tamoyillarini miqdoriy jihatdan mujassamlashtirsa, ikkinchi tomondan, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan zamonaviy rivojlanish tamoyillarini aks ettiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |