Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
 
KIRISH 
 
Bozor munosabatlarining muhim bo‗g‗inlaridan biri bo‗lgan bank 
tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni 
rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy 
banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada 
takomillashtirish bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Yaxshi 
taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo‗lgan jamiyat 
sog‗lom rivojlanishi mumkin. 
O‗zbekistonda bank ishi, kredit munosabatlari yildan yilga 
rivojlanib bormoqda. Xalqaro moliya tashkilotlarining ma‘lumotlariga 
ko‗ra, O‗zbekiston ―Biznesni yuritish‖, ―Kredit olish‖ indeksi bo‗yicha 
2012-yilda 154-o‗rin, 2014-yilda 105-o‗rinni egallagan bo‗lsa, 2015-
yilda 42-o‗ringa chiqdi. ―Kredit axboroti‖ indeksi bo‗yicha O‗zbekiston 
8 ballik baholash tizimidan 7 ballga ega bo‗lgani respublikada kredit 
munosabatlarini tez sur‘atlarda rivojlanib borayotganligidan dalolat 
beradi. 
Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 
yillarga moljallangan Harakatlar Strategiyasida
1
mamlakatimiz bank 
tizimining barqarorligini ta‘minlash, ularning capital etarliligini xalqaro 
talablarga 
moslashtirib 
borish, 
banklarda 
risk-menejmentni 
takomillashtirish 
sohasida 
qator 
vazifalarni 
amalga 
oshirish 
rejalashtirilmoqda. 
Shu bois, iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim subyekti 
bo‗lgan banklar faoliyatini o‗rganishni, ularning ishlash usullari, 
funksiya va operatsiyalarini chuqur bilishni taqozo qiladi. 
Kadrlar tayyorlash bo‗yicha ta‘lim standartlari asosida ishlab 
chiqilgan namunaviy o‗quv dasturi asosida yaratilgan. «Bank ishi» 
darsligi «Pul, kredit va banklar» nazariy fanining davomi bo‗lib, bu 
fanda mavzularni nazariy jihatdan yoritish bilan birgalikda ko‗proq 
mavzularni amaliy jihatdan o‗rganishga e‘tibor qaratilgan. 
Bu fan yosh bankirlarga va bank ishiga qiziquvchilarga 
mutaxassislik bo‗yicha bilim berishga, jumladan, banklar faoliyatini 
tashkil qilish va olib borish, banklarning turli bozor subyektlari bilan 
1
Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar Strategiyasi 
togrisida.PF-4947-son. T.,2017 y.7 fevral.
9
munosabatlarini va umuman bank ishini tashkil etish asoslarini 
o‗rgatishga mo‗ljallangan. 
Bank maxsus muassasa sifatida o‗ziga xos bo‗lgan funksiya va 
operatsiyalarni bajaradi. U bajaradigan funksiya va operatsiyalar banklar 
faoliyatining qator boshqa bozor munosabati subyektlari faoliyatidan 
ajralib turishiga asos bo‗ladi. Banklarning ish predmeti bo‗lib pul 
mablag‗lari hisoblanadi va ular bozor munosabatining boshqa 
subyektlari faoliyatida yuzaga keladigan pul munosabatlarining amalga 
oshirilishida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Pul doimo o‗zi bilan 
ehtiyotkorona muomalada bo‗lishni va saqlashni, uni ko‗paytirishga 
harakat qilishni, iqtisod bilan samarali va oqilona ishlatishni talab qiladi. 
Pulni tejab-tergab ishlatadigan subyekt doimo pulga ega bo‗lishi, pulini 
hisobsiz sarflaydigan kishi undan tezda ajralib qolishi va nochor ahvolga 
tushishi mumkin. 
Bank bozor munosabatlarining boshqa subyektlaridan farqli o‗laroq, 
pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo‗sh turgan pul mablag‗larini o‗zida 
yig‗uvchi, uni pul zarur bo‗lgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga 
berib turuvchi va bu pul mablag‗larini samarali ishlatish asosida o‗z 
faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi. 
Bank ishini qonun va qoidalar asosida aniq va samarali olib borish 
nafaqat bank faoliyatini samarali qiladi, balki butun jamiyatning ravnaq 
topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga va jamiyat a‘zolarining ham 
boyishiga, turmush farovonligining oshishiga olib keladi. 
Odatda, iqtisodiyotning holati banklar faoliyati bilan aniqlanadi. 
Banklar bozor munosabatlarining boshqa subyektlaridan farqli ravishda 
iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi muassasa hisoblanib, moddiy ishlab 
chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida, kapital 
aylanishining uzluksizligini ta‘minlash, bo‗sh pul mablag‗larini yig‗ish 
va ularni pul zarur bo‗lgan subyektlar o‗rtasida taqsimlash bo‗yicha 
faoliyat olib boradi. Banklar faoliyatining boshqa subyektlardan farqli 
yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan mablag‗larga tayanib 
ishlaydilar. Bu esa, o‗z navbatida, bank ishining risklilik darajasini oshi-
radi. Chunki bank, bir tomondan, unga o‗z jamg‗armalarini ishonib top-
shirgan yuridik va jismoniy shaxslar oldida majburiyatga ega bo‗lsa, 
ikkinchi tomondan, bank o‗z aksiyadorlari oldida majburiyatga ega. Shu 
sabab banklar mablag‗larni doimo iqtisod qilib ish olib boradilar. 
Bank ishi bozor munosabatlarining o‗zgarishiga qarab o‗zgarib bo-
radi, lekin ular tarixiy rivojlanishining o‗ziga xos bo‗lgan xususiyatlarni, 
klassik funksiyalar va operatsiyalarni saqlab qolganlar. Qadimdan ham 


32
bilan belgilanib, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, banklarning 
boshqa majburiyatlariga bog‗liq bo‗ladi. Majburiy rezervlarning 
miqdorlari jalb etilgan mablag‗lar va omonatlarning har bir toifasi 
bo‗yicha barcha banklar uchun bir xildir. 
Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar 
ko‗rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga 
o‗tkaziladi. 
2-jadval 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling