Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
birinchi bosqichi, milliy valyutani muomalaga kiritish uchun iqtisodiy
asos yaratish va ikki pog‗onali bank tizimining poydevorini qurish jarayonlari bilan bog‗liq 1991-yildan 1994-yilgacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yarat- ish bo‗yicha olib borilgan tadbirlar 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risidagi» qonuni asosida amalga oshirildi. Mazkur qonun bozor munosabatlariga o‗tish davri vazifalariga mos keluvchi bank muassasalari shakllanishining huquqiy asoslarini belgilab berdi. Ushbu qonunga muvofiq, sobiq SSSR Davlat bankining respublika muassasasi asosida O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va unga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizi- mini vujudga keltirish va to‗lov tizimini shakllantirish vazifalari yukla- tildi. Iqtisodiyotning turli sohalarini kreditlash va ularni investitsiyalash 20 funksiyalari yangidan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan tijorat banklari- ga berildi. Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta (so‗m) muomalaga kiritilgan va ikki pog‗onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996-yillarni o‗z ichiga oladi. 1994- yilda milliy valyuta – so‗mning muomalaga kiritilishi mamlakatimizda mustaqil pul va bank tizimi shakllanishining poydevoriy bosqichi hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan vazifalarga yanada aniqlik kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e‘tiborini makroiqti- sodiy barqarorlikni ta‘minlashga va shu asosda iqtisodiy o‗sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay yangi to‗lov tizimini yaratish bo‗yicha chora-tadbirlar belgilandi. Ixtisoslashgan tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosa- batlarini barqarorlashtirish bo‗yicha chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 1994- yil 18-martdagi qarori muhim ahamiyatga ega bo‗lib, unda banklarning axborot infratuzilmasini yaratish va xalqaro bank amaliyotining ilg‗or usullarini respublika bank amaliyotiga qo‗llash orqali bank tizimini takomillashtira borish bo‗yicha yo‗l-yo‗riqlar belgilab berildi. 1994- yildan boshlab yangi buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish va ularni banklarga tatbiq qilish jarayoni boshlandi. 1996-yilda Respublika Prezidentining «Bank auditi tizimini rivojlantirish bo‗yicha chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi farmoniga asosan bank tizimida buxgalteriya hisobining xalqaro andozalarini joriy qilish jarayoni yanada takomillashtirildi va jahonning nufuzli auditorlik kom- paniyalaridan «Artur Andersen», «Deloyt end tush», «Key Pi Em Ji- (KRMG)», «Ernest end Yang», «Kupers end Laybrand» kabi kompani- yalar yetakchi tijorat banklari faoliyatini audit qilishga taklif qilindi. Mazkur davrda bank tizimini rivojlantirishning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlash va zamon talablariga moslashtirish maqsadida «O‗zbekiston Respublikasi- ning Markaziy banki to‗g‗risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida»gi qonunlarning yangi loyihasi ishlab chiqildi. 1995-yil 21-dekabrda bank faoliyatining huquqiy va me‘yoriy tar- tibga solish qoidalarini belgilovchi «O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida» va 1996-yil 25-aprelda «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida»gi qonunlarning qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam qonuniy poydevor yaratdi. 29 Oliy Majlis O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Qonunda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir qatorda, uning uchun taqiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan. Masalan, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan shug‗ullanish, muassasa yoki tashki- lotlarga moliyaviy yordam ko‗rsatish taqiqlanadi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok qilishga ruxsat etilmaydi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‗z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko‗rishi lozim. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling