Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
 
 
3-rasm. Boshqaruv tarkibi 
Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, 
banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
boshqaruvi 
Markaziy bank raisi 
Rais o‘rinbosarlari 
Bankning asosiy de-
partament va bo‘linma 
rahbarlari 


26
2-§. O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va 
funksiyalari 
 
O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank tizimining bosh 
banki bo‗lib, pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi va 
milliy pulning barqarorligini ta‘minlovchi muassasa hisoblanadi. 
Markaziy bank o‗z faoliyatini 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 
―O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida‖gi O‗zbe-
kiston Respublikasi qonuni asosida olib boradi. 
Markaziy 
bank 
maqomi 
va 
maqsadlari 
«O‗zbekiston 
Respublikasining 
Markaziy 
banki 
to‗g‗risida»gi 
O‗zbekiston 
Respublikasi qonunining 1-moddasida belgilangan: «O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo‗lib, faqat davlat mulki 
hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki - iqtisodiy 
jihatdan mustaqil muassasa, o‗z xarajatlarini o‗zining daromadlari 
hisobidan amalga oshiradi». Qonunning 2-moddasiga muvofiq 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida 
ko‗chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning 
moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit 
siyosatini samarali o‗tkazish imkoniyatini beradi. 
Qonunning 3-moddasida Markaziy bankning bosh maqsadi milliy 
valyutaning barqarorligini ta‘minlashdan iborat ekanligi qayd qilinadi. 
Narxlarning barqarorligini ta‘minlash va milliy pul birligini xorijiy 
valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror bo‗lishiga erishishni 
ko‗zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining o‗rni juda muhim ekanligini 
belgilaydi. 
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo‗lishi va moliya 
muassasalari faoliyatining ishonchliligi pul-kredit, valyuta siyosati 
strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda uning 
mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash zarurligini taqozo etadi. 
Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini kreditlash ko‗rsatkichlarini tijorat 
banklarini qayta moliyalashga doir kredit hajmlarini va foiz stavkalarini 
belgilash yo‗li bilan tartibga solish, valyuta-kredit siyosatini amalga 
oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosat sohasi hisoblanadi. 
Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan 
vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi 
omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat qonunning
23
to‗g‗risida‖gi, 
―Ipoteka to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi 
qonunlari qabul qilindi.
Ayniqsa, mamlakatda kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va 
fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy 
biznes va kasanachilikni faollashtirish yo‗li bilan yangi ish o‗rinlari 
yaratish, qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy 
xizmatlarga bo‗lgan talablarini qondirishga moliyaviy mablag‗lar 
ajratish tizimini takomillashtirish maqsadida 2006-yil 5-mayda 
O‗zbekiston Prezidentining ―Mikrokreditbank aksioner tijorat bankini 
tashkil etish to‗g‗risida‖gi farmoniga asosan OAT Mikrokreditbankning 
tashkil qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‗ldi.  
Aynan mazkur bosqichda kreditning ijtimoiy ahamiyati ortdi. 2008-
yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining boshlanishi bank tizimi 
barqarorligini quyidagi sinovlardan o‗tkazdi:  
 
yirik rivojlangan mamlakatlarning ko‗p yillar davomida 
davlat buydjeti taqchilligi va salbiy tashqi savdo balansiga egaligi; 
 
davlat tashqi qarzi miqdorini YIMga nisbatan o‗sish 
sur‘atlarining jadallashishi; 
 
noratsional pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalash 
stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida 
qarzga yashash kundalik odatga aylanishi; 
 
ipoteka kreditlari berish talablarining asossiz bo‗shashtirib 
yuborilganligi va uy-joy bozorida narxlarning qisqa muddat ichida 
keskin o‗sishi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining yuzaga kelishiga 
olib keldi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning salbiy ta‘siridan 
himoyalanish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va jarayonlar 
bank tizimini rivojlantirishning oltinchi bosqichini boshlab berdi. Jahon 
moliyaqiy iqtisodiy inqirozi tufayli jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan 
o‗zgarishlar, albatta, O‗zbekiston iqtisodiyotiga ham ta‘sir ko‗rsatishi 
muqarrar edi. Shu bois, O‗zbekistonda mazkur inqirozning oldini olish 
choralari ko‗rildi hamda ushbu choralarda asosiy e‘tibor mamlakat bank 
tizimini mustahkamlash, banklarning kapitallashuvi, resurs bazasi, 
likvidligi, to‗lovga qobiliyati va ularning kreditlash imkoniyatini 
oshirish masalalariga ustuvorlik berildi. Inqirozning salbiy ta‘siridan 
himoyalash maqsadida prezident farmoni asossida yangidan tashkil 
etilgan ―Mikrokreditbank‖ning ustav kapital miqdori 72 mlrd so‗mga 
oshirilib, uning hajmi 150 mlrd so‗mga yetkazildi. Xuddi shunday 
Davlat tijorat banklari Asakabank va Xalq bankiga, Aksioner tijorat 


24
banklari - Sanoatqurilishbank, Paxtabank, G‗allabankning kapital 
bazasini mustahkamlash maqsadida byudjetdan mablag‗lar ajratildi. 
Quyidagi jadvalda tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish 
bo‗yicha ajratilgan mablag‗lar to‗g‗risida ma‘lumotlar keltirilgan: 
 
1-jadval 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling