Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIJORAT BANKLARINING YANGI XIZMAT
TIJORAT
BANKLARINING LIZING OPERATSIYALARI……............................................................................ 511 1-§. Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari……………………... 511 2-§. Lizingning turlari…………………………………………………........ 517 3-§. Lizing qiymati va uni hisoblash usullari………………………………. 521 4-§. Lizing operatsiyalari bilan bog‗liq risklari va ularni boshqarishning ahamiyati…………………………………………………………………… 524 11 banklarining valyuta va qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalari, daromadlari va xarajatlari, ularning foydasi kabi mavzular o‗z ifodasini topgan, shuningdek, tijorat banklari tomonidan kreditlashni tashkil etish, aylanma aktivlar, mijozlarning kreditga layoqatliligini aniqlashda qo‗llaniladigan moliyaviy koeffitsiyentlar, qisqa muddatli kreditlash asoslari, alohida kredit turlari va ularni qo‗llash imkoniyatlari, banklar tomonidan berilgan kreditlarning ta‘minlanganligi, ta‘minlanganlik turlari, iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash xususiyatlari bayon qilingan. Kredit munosabatlarining asosi bo‗lgan kredit shartnoma, uning bajarilishi, tijorat banklarining lizing, faktoring, forfeyting operatsiyalari ko‗rib chiqilgan. Darslikda shu kun iqtisodiyotining dolzarb sohasi bo‗lgan kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini kreditlash asoslari, tijorat banklarining likvidligi va to‗lovga layoqatligi, bankning likvidligiga ta‘sir qiluvchi omillar kabi masalalar ham keng yoritilgan. Bu bo‗limda yana tijorat banklarining qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalari, banklarning foiz siyosati, bank risklari va ularni boshqarish masalalari, banklarning yangi innovatsion texnologiyalari va xizmatlari bilan bog‗liq mavzular yoritilgan. Mazkur ―Bank ishi‖ darsligi bir necha bor o‗quv qo‗llanma sifatida nashr etilgan va unda mahalliy iqtisodiyot va banklari faoliyatining bayon qilinishi bilan birgalikda xorijiy banklar amaliyoti, ularning xususiyatli va farqli tomonlari ham ko‗rib o‗tilgan, bank amaliyotida mavjud ba‘zi muammolar to‗g‗risida ham fikr yuritilgan. Kitobda har bir mavzuning oxirida talabalar bilimini mustahkamlash uchun ―tayanch so‗zlar‖ va o‗z bilimini tekshirish bo‗yicha savollar tavsiya qilingan. Qo‗yilgan savollarga to‗liq javob bera olish imkoniyatidan tashqari, talabalarga ba‘zi mavzular bo‗yicha yoki unda qo‗yilgan muammolar bo‗yicha o‗z mustaqil fikrini bayon qilishga imkon beruvchi esselar, yozma xulosalar va boshqalar yozish vazifasi yuklatiladi. «Bank ishi» fani to‗liq hajmda Davlat ta‘lim standartining «Bank ishi» ta‘lim yo‗nalishida o‗qitiladi. Bu fan o‗quv jarayonining VI, VII, VIII semestrlarida o‗rganiladi. O‗qish jarayoni ma‘ruza, amaliy darslardan tashqari ish o‗yinlari, aniq masalalar yechish, amaliy holat va masalalarni muhokama qilishni o‗z ichiga oladi. Mazkur fan bo‗yicha kelgusida talabalar bitiruv malakaviy amaliyotini o‗taydi va kurs ishi, fanni o‗rganishning oxirida bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlaydilar. 10 banklar bo‗sh turgan pul mablag‗larini yig‗ish, ularni saqlash, pul zarur bo‗lgan subyektlarga vaqtinchalik qaytib berish va to‗lovlilik sharti bilan mablag‗larni berib turishi kabi operatsiyalarni bajarganlar. Hozirgi kun- da ham bank faoliyati ko‗lami, mijozlari va operatsiya turlari ko‗paygan bo‗lsada, aynan bankka tegishli bo‗lgan yuqoridagi xususiyatlar saqlanib qolgan, bu funksiyalar yanada mustahkamlanmoqda. Bank ishi faniga ilmiy-amaliy taraqqiyotni o‗zida mujassamlashtir- uvchi fan sifatida qarash mumkin. Hozirgi kundagi banklar oldingi banklardan ko‗ra, ilg‗or, yangi shakllarda va yangi texnologiyalar aso- sida iqtisodiyotning talablariga mos keluvchi operatsiyalar qo‗llash or- qali faoliyat olib bormoqda. Bu, o‗z navbatida, fanni o‗qitishda uning mazmunini boyitish,unda banklar faoliyatining yangi usul va uslublarini ifodalashni zarurat qilib qo‗yadi. Jahon amaliyotida banklar mijozlarga 300 dan ortiq turli xil operatsiyalarni tavsiya qiladilar. O‗zbekiston Respublikasida ham bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish amalga oshirilayotganda, shu bosqichda asosiy maqsad – banklarimiz faoliyatini xalqaro bank amaliyoti andozalariga yaqinlashtirishdan, banklarning kapitalini ko‗paytirgan holda, ularni xususiylashtirish, banklar faoliyatida yangi zamonaviy texnologiyalar qo‗llash va, umuman, banklar faoliyatining samaradorligi orqali iqtisodiyotning samaradorligi va barqarorligiga erishishdan iborat. Mazkur «Bank ishi» darsligi banklar faoliyatining turli jihatlarini o‗zida mujassamlashtirgan. Darslikda dastavval «Pul, kredit va banklar» nazariy fanining oxirgi bo‗limlarida ko‗rib o‗tilgan bank tizimi va uning bo‗g‗inlari Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari, banklarning faoliyat ko‗rsatishiga bo‗lgan talablar, ularning faoliyatiga ruxsat berish va litsenziyani bekor qilish, tijorat banklarining asosiy maqsad, vazifalari va funksiyalari bilan bog‗liq savollar, tijorat banklari faoliyatining Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtirilishi bilan bog‗liq mavzular yoritilgan. Banklar faoliyatini tashkil qilish va olib borish to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarga izoh berilgan. Darslikda, shuningdek, tijorat banklari faoliyatining iqtisodiy asoslari – banklarning passiv va aktiv operatsiyalari, tijorat banklari resurslarini tashkil qilish, ularning tarkibi va manbalari, bank kapitali, uning tarkibi, tijorat banklarining jalb qilingan mablag‗lari, tijorat banklarining aktivlari va ularning sifat darajasi tahlili, tijorat 7 XVIII BOB. TIJORAT BANKLARINING YANGI XIZMAT Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling