Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
birja indekslari deyiladi.
Birjada qo‗llaniladigan eng mashhur indekslardan biri bu – Dou- Jons indeksidir. U AQShdagi 30 ta yirik sanoat korporatsiyalari aksiyasining birjadagi kursi bilan belgilanadi. Dou-Jons indeksini hisoblash uchun kundalik bozor narxini o‗sha davrdagi aksiyalar guruhidagi sonlarga ko‗paytirib umumiy aksiyalar soniga bo‗lish kerak: AiPi Dou-Jons indeksi = --------------• A Bunda, Ai – kompaniyalarda chiqarilgan aksiyalar soni; Pi – tegishli kompaniyalar aksiyalarining bozor narxi; A - umumiy aksiyalar soni. Professionallar fond bozorida faoliyat ko‗rsatish jarayonida turli «o‗yinlarni» qo‗llaydilar. «Ayiqlar» o‗yini – daromad olish maqsadida qimmatli qog‗ozning bozor narxini pasaytirishga qaratilgan jarayon. Professional ma‘lum qimmatli qog‗ozning bozor narxining pasayishini oldindan sezgan holda uni ma‘lum muddatga qarzga olib turadi. Qarzga olingan qimmatli qog‗ozning narxi pasaymasdan payt poylab darrov sotib yuboriladi. Qarz muddati yetib kelgan qimmatli qog‗ozning narxi pasayib ketadi va shu pasaygan narx bo‗yicha «ayiq» qarzga olgan qimmatli qog‗oz uchun o‗z qarzini to‗laydi. Bunda, «ayiq»ning daromad qarzga olingan qimmatli qog‗ozni sotish narxi va qarzni to‗lash vaqtida uning bahosi tafovuti ko‗rinishida ifodalanadi. «Buqa» - qimmatli qog‗ozlarni naqd pulga sotib oladi va ularni qimmatroq narxda sotish maqsadida bozor narxining ko‗tarilishini poylab turadi. Qimmatli qog‗ozlar bozorida bank faoliyatining umumiy asoslari «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida»gi qonunda aks ettirilgan. Banklarning bank operatsiyalarini amalga oshirish to‗g‗risidagi litsenziyasi banklarga qimmatli qog‗ozlarni chiqarish, sotish, sotib olish, hisobini yuritish, saqlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. 222 Xalqaro qimmatli qog‗ozlar bozorining professional ishtirokchilari va ularga xizmat ko‗rsatuvchi kommunikatsiya tizimlarining rivojlani- shi, pirovard natijada, ular o‗rtasidagi raqobat muhitining keskinlashuvi- ga olib keladi. Buning natijasida ko‗satilayotgan xizmatlar uchun oli- nadigan to‗lovlarning kamayishi yuz berdi. Ular mijozlarga an‘anaviy birjalar yopilgandan keyin ham savdo qilish imkoniyatini yaratadi, in- vestitsiyalar uchun turli xildagi instrumentlar foydalanishni taklif qiladi va kotirovkalarning sir tutilishini kafolatlaydi. 2000-yilning boshiga kelib g‗arbiy Yevropadagi barcha yirik fond birjalari to‗liq elektron birjalarga aylanadi. Bu esa, o‗z navbatida, savdo ishtirokchilari sonini keskin oshirish, savdo chiqimlarini kamaytirish imkonini beradi. Bir qator mamlakatlarda fond birjalari o‗zlarining raqobat pozitsiya- larini mustahkamlamoqda. Bu holat moliyaviy bozorlarning xizmatlari- dan foydalanuvchilar uchun bir necha xizmat turlarini bir joyda markazlashtirayotganligida yaqqol namoyon bo‗lmoqda. Parij, Amster- dam, Frankfurt, Xelsinki , Bryussel birjalari birlamchi va ikkilamchi bo- zorlarni, hosila institumentlari bozorlarini, kliring va hisob-kitoblarni birlashtiradi. Ayni vaqtda, AQShning birjadan tashqari savdo tizimi NASDAQ global ahamiyatiga ega bo‗lgan xalqaro qimmatli qog‗ozlar bozoriga aylanib bormoqda. U Amerika bozorida muvaffaqiyatli tarzda faoliyat yuritish bilan birga, jahonning 10 ta yirik fond birjasidan biri sifatida e‘tirof etilmoqda va u aksiyalar savdosining hajmi va o‗sishi sur‘ati bo‗yicha Nyu-York fond birjasini ortda qoldirdi. Fond birjalarida banklar listing operatsiyalari bilan ham shug‗ullanadi. Listing – bu qimmatli qog‗ozlarni birjaga qo‗yish, ya‘ni joylashtirishdir. Qimmatli qog‗ozlar listingga qo‗yilgan va birja ro‗yxatidan o‗tgan bo‗lsa, ularni savdoga qo‗yish mumkin. Birjada qimmatli qog‗ozlar bilan oldi-sotdi operatsiyalarini faqat vositachilar bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalarining topshirig‗i bilan brokerlar bitimlarni amalga oshirib, qimmatli qog‗ozlarni sotib oladi yoki o‗zinig hisobidan keyinchalik qayta sotish uchun xarid qiladi. Birjada faqat listingda qayd qilingan qimmatli qog‗ozlar sotiladi. Baho (birja kotirovkasi – bu birjada sotiladigan qimmatli qog‗ozlarning e‘lon qilingan narxi) fond birjasida talab va taklifdan kelib chiqqan holda ochiqdan-ochiq o‗rnatilib, birja tablosida e‘lon qilib turiladi. Birjada uch tomon qatnashadi. Bir tomonda birja, emitentlar va 211 qimmatli qog‗ozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qat‘iy belgilangan narx bo‗yicha sotib olishga bo‗lgan huquqini tasdiqlaydi Hozirgi davrga kelib qimmatli qog‗ozlarga qo‗yilmalar tobora ko‗payib bormoqda. Rivojlanayotgan davlatlarda aksionerlashtirish va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, korxona va tashkilotlarni xususiylashtirish orqali aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish va ular tomonidan har xil qimmatli qog‗ozlarni muomalaga chiqarishi fond bozorlarini rivojlantirishga turtki bo‗lmoqda. Qimmatli qog‗ozlar jahonning katta bir boyligi hisoblanib, boshqa boyliklarga nisbatan ham umumiy qiymati bo‗yicha, ham hajmi bo‗yicha oldingi o‗rinlarga chiqmoqda. Qimmatli qog‗ozlarni muomalaga chiqarib, pullarni bir necha o‗n yillarga muddatsiz foydalanishga olish mumkin. Bu korxona va tashki lotlar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etib, ularga ishlab chiqarish, hamda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun bank ssudalaridan foydalanmasdan turib pul resurslarini jalb qilish imkoniyatini beradi. Qimmatli qog‗ozlar aholi uchun ham juda katta ahamiyatga ega, ular pullarni ko‗lda ushlab turmasdan, qimmatli qog‗ozlarga egalik qilish yo‗li bilan o‗z jamg‗armalari hisobiga daromad oladilar va korxonalarni boshqarishda amalda ishtirok etadilar. Xo‗jalik yurituvchi subyektlar va aholi vaqtincha bo‗sh turgan mablag‗larini omonatga qo‗yishdan ko‗ra qimmatli qog‗ozlarga sarflashlari ma‘lum afzalliklarga ega, masalan, sarflangan mablag‗lar muddatidan ilgari foydalanish zarurati tug‗ilganda uni sotishi hamda undan qulay va hech qanday sarf-xarajatsiz to‗lov yoki kredit olish uchun garov vositasi sifatida foydalanishi mumkin. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling