Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Tranzit komission bitimlar birjada qatnashish huquqiga ega 
bo‗lgan banklar tomonidan boshqa, ya‘ni bunday operatsiyalarda 
qatnashishga ruxsat berilmagan banklar va boshqa kredit institutlarining 
topshirig‗iga binoan amalga oshiradigan operatsiyalar tushuniladi. 
Bunda, bank boshqa komissionerlarning buyrug‗iga binoan komissioner 
rolini bajaradi. Dastlabki komissioner tranzit komissionerning to‗g‗ri 
tanloviga javobgar bo‗ladi.
Banklarning 
topshiriq 
shartnomasi 
asosida 
brokerlik 
operatsiyalarida mijoz bankka uning nomidan qimmatli qog‗ozlar sotib 
olish yoki sotish topshirig‗ini beradi. Bu faoliyat topshiriq shartnomasi 
bo‗yicha bir tomon bank nomidan muayyan yuridik harakatlarni amalga 
oshirish majburiyatini o‗z zimmasiga oladi. Mijoz bankka haq to‗lashi 
bilan bank tuzilgan shartnomaga binoan o‗ziga berilgan topshiriqni 
bajarishi lozim. Bunda, bank berilgan topshiriqni faqat mijozning 
ko‗rsatmalariga binoan bajarishi kerak. 
Mijozdan olingan topshiriqnomada qimmatli qog‗ozlarning birjada 
qabul qilingan nomi (qat‘iy, foizli qimmatli qog‗ozlarning chiqarilgan 
yili, seriyasi va foiz stavkasi), miqdori (aksiyalar yuzasidan – donalarda, 
qat‘iy foizli qimmatli qog‗ozlar yuzasidan – nominal qiymati bo‗yicha 
so‗mda), kurs cheklashlari (limit), topshiriqnomaning amal qilish 
muddati, topshiriq beruvchi mijozning nomi va to‗liq manzili, mijoz 
hisob-kitob varag‗i va depozit varag‗ining raqami, qimmatli qog‗ozlarni 
yetkazib berish va saqlash tartibi, toprishiqnoma tuzilgan sana boshqalar 
bo‗lishi shart. 
Tijorat banklari investitsiya kompaniyalari sifatida faoliyat 
yuritganida emitent bilan kelishuv asosida qimmatli qog‗ozlar 
chiqarishning tashkilotchisi sifatida harakat qilishi mumkin. Bank 
emitentning qimmatli qog‗ozlarini chiqarishni tashkil etib, aslida 
qimmatli qog‗ozlar emissiyasini amalga oshiradi, ya‘ni vositachi sifatida 
harakat qiladi. Emitentlar va investorlar o‗rtasida harakat qilganda bank 
imkon qadar foyda olishni ko‗zlab harakat qiladi. Emissiyani tayyorlash 
jarayonida tijorat banklari emissiyasining turi, hajmi va shart-sharoitlari 
to‗g‗risida emitent bilan muzokaralar yuritib, bitim tuzadi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling