Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Depozitar operatsiyalar – hisobga olish registrlarida depozitar
operatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operatsiyalar. Netting – mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usuli. Tijorat banklari, odatda, bank mablag‗lariga sotib olish rejalashtirilayotgan qimmatli qog‗ozlar turlari, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari, emitentning moliyaviy ahvoli, qimmatli qog‗ozlarga qilingan qo‗yilmalarning risk darajasi, diversifikatsiyalanganligi, qimmatli qog‗ozlarning sifati va barqarorligining kafolatlariga e‘tibor berishi lozim. 214 Banklar qimmatli qog‗ozlar emissiya qilganda emissiyaning maqsadi (masalan, ustav fondini shakllantirish, likvidlikni saqlash, qarz mablag‗larini jalb qilish v.b.), bank chiqaradigan qimmatli qog‗ozlar turlari va muddatlari, ularning likvidliligi, qarz majburiyatlarining o‗z vaqtida qoplanishi va boshqa jihatlarini chuqur tahlil qilishi zarur. Avvalambor, bankning bir korxona ustav kapitaliga yoki uning boshqa qimmatli qog‗ozlarga qo‗yilmasining miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizdan oshmasligi kerakli bankning moliyaviy institutlardan tashqari korxonalar ustav kapitalining 20 foizidan ortig‗iga ega bo‗lmasliligi: bankning oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatli qog‗ozlarga quyilmasi hajmi birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmaslik shartlari qo‗yilgan. Ushbu cheklanishlar banklar faoliyatida riskni kamaytirishga, bank aktivlarini diversifikatsiyalashga, moliyaviy va likvidlik holati belgilangan me‘yorlar doirasidan chiqib ketmasligiga, pirovard natijada esa bank omonatchilari va kreditorlarining mol-mulkini himoya qilishga qaratilgandir. O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklarining qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalariga nisbatan belgilangan muhim cheklashlardan biri bir bank tomonidan boshqa banklarning aksiyalarini sotib olish huquqining bekor qilinganligi hisoblanadi. Ushbu cheklovning joriy qilinishida ko‗zlangan maqsad banklarning ishlab chiqarish korxonalarining kapitalidagi ishtirokini kuchaytirish hisoblanadi. Banklar qimmatli qog‗ozlar bilan amalga oshiradigan operatsiyalari uchun qonun bo‗yicha qimmatli qog‗ozlar bozorini nazorat etuvchi organning maxsus ruxsati talab qilinmaydi, shu sababli, banklar bu operatsiyalarni banklar faoliyatini amalga oshirish uchun Markaziy bank tomonidan berilgan umumiy litsenziya asosida bajaradi. Qonunlarda tijorat banklariga aksiyalar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari va jamg‗arma sertifikatlari, veksellari kabi qimmatli qog‗oz turlarini chiqarishga ruxsat beriladi. Banklar ustav fondlarini shakllantirish maqsadida aksiyalar chiqaradi. Banklar qarz mablag‗lari jalb etish uchun o‗zining qarz majburiyatlari – obligatsiyalar, depozit va depozit sertifikatlari, veksellar chiqaradilar. Bundan tashqari, ular qimmatbaho qog‗ozlar hosilalari chiqarishi mumkin. Faqat yirik sanoat korxonalarining aksiyalarigina bank qimmatli qog‗ozlari bilan raqobatlasha oladi. 219 - aksiyalarni emissiya qilish; - depozit va jamg‗arma sertifikatlarini chiqarish; - veksellarni joylashtirish; - obligatsiyalarni chiqarish; - «Trast» operatsiyalarini bajarish va boshqalar kiradi. Banklar veksellar bilan quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi: - veksellarni hisobga olish; - veksellar bilan ta‘minlangan maxsus ssuda hisob varag‗idan talab qilib olinadigan ssudalar berish; - to‗lovlarni olish va veksellar bo‗yicha to‗lovni muddatida amalga oshirish uchun veksellarni inkassoga qabul qilish; -mijozlarning topshirig‗i bilan veksellarga to‗lov v.b. Tijorat banklari depozit va jamg‗arma sertifikatlarini sotishdan tushgan arzon pul mablag‗larni har xil yo‗nalishlarga joylashtiriladi. Bu jarayon naqd pul tushumini ko‗paytiradi, buning hisobiga emissiya miqdori kamayadi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling