Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Dillerlik operatsiyalari – tashqi lot o‗z nomidan va o‗z pul 
mablag‗i evaziga amalga oshiriladigan operatsiyalar. 
Market-meykerlik fond bozorida emitentlarga ko‗rsatiladigan 
xizmat turi. Bu xizmatlarga quyidagilar kiradi: 

sotib olish va sotish kotirovkalarini bir maromda ushlab turish; 

aksiyalar likvidligini ushlab turish; 

moliyaviy maslahatlar; 

aksiyalarni emissiyaga va bozorga taklif qilishda boshqarish; 

maqsadli sotib olish yo‗li bilan aksiyalarga sun‘iy talabni tashkil 
etish; 

emitentning aksiyalarini sotib oladigan jiddiy investorlarini jalb 
qilish. 
Fond birjasining asosiy vazifalari: 

qimmatli qog‗ozlarning bir maromda muomalada bo‗lishining za-
rur sharoitini ta‘minlash; 

qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan talab va takliflar o‗rtasidagi mu-
vozanatni aks ettiruvchi narxlarni, ya‘ni bozor bahosini belgilash; 

qimmatli qog‗ozlar va qimmatli qog‗ozlar bozori qatnashchilarini 
kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borish; 

muntazam ravishda narx aniqlanishiga, indeksatsiya o‗zgarishiga, 
savdo-sotiq vaqti, qimmatli qog‗ozlar, shartnomalarning miqdoriga va 
boshqa ko‗rsatkichlarga doir axborotlarni, birjaning holatini va uning 
rivojlanishiga doir taxminiy shartlarni e‘lon qilish. 
Hozirgi vaqtda, rasmiy statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyoda 150 
dan ortiq katta fond birjalari bo‗lib, ulardan o‗n ikkitasi eng yirik birja 
sifatida xalqaro qimmatli qog‗ozlar bozorining asosini tashkil etadi
4
, Bu-
lar Nyu-York, London, Tokio, Frankfurt, Tayvan, Seul, Syurix, Parij, 
Chikago, Kuala-Lumpur, Gonkong, Istambul fond birjalaridir. 
Xalqaro fond birjalarining infratuzilmasida yuzaga kelgan muhim 
o‗zgarishlardan biri birjalar o‗rtasida mijoz uchun raqobat kurashining 
kuchayganligi hisoblanadi. Uning isboti sifatida bozorning professional 
ishtirokchilari sonining tobora oshib borayotganligini ko‗rsatish
mumkin. 
4
Доронин И.Г. Мировые фондовые рынки: закономерности развития и соврменное 
состояние //Дик, №8, -2002. – С. 49. 


220
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasining yangi tahrirda amalga 
kiritilgan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini 
himoya qilish to‗g‗risida»gi qonunida aksiyadorlik jamiyatlari shakllari 
nazarda tutilmagan, ya‘ni aksiyadorlik jamiyatlari ―ochiq‖ yoki ―yopiq‖ 
turda faoliyat ko‗rsatishi belgilanmaganligi bois bugungi kunda tijorat 
banklarining nomida ―ochiq‖ va ―yopiq‖ so‗zlari qo‗llanilmaydi. 
Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada 
bo‗lish tartibi to‗g‗risidagi nizomga kiritilgan o‗zgartirish va 
qo‗shimchalarga muvofiq sertifikat egasi hisoblangan: 
- yuridik shaxs tomonidan tuziladigan oldi-sotdi, hadya qilish, 
ustav fondiga kiritish, garov va egasi almashuviga olib keladigan 
boshqa bitimlarda bitim obyekti sifatida; 
- jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan oldi-sotdi, hadya qilish, 
meros qilib olish, garov va egasi almashuviga olib keladigan boshqa 
bitimlarda bitim obyekti sifatida o‗ziga tegishli sertifikatdan 
foydalanish huquqini beradi: 
- banklar bevosita o‗zlari yoki boshqa banklar tomonidan 
joylashtirilgan sertifikatlar bilan ta‘minlangan kredit ajratishga haqliligi 
yuzasidan; 
- sertifikatlarni chiqarish shartlari Markaziy bankda ro‗yxatga 
olingandan so‗ng, ushbu shartlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan 
bo‗lsa: 
· sertifikatlarga doir shartnomalarni imzolagan mansabdor shaxslar; 
· bank va (yoki) sertifikat egasining joylashgan manzili; 
· bankning tashkiliy-huquqiy shakli o‗zgartirilmagan holda nomi, 
shu sertifikat egalariga istalgan bankdan kredit olishda o‗zlariga tegishli 
sertifikatlardan ta‘minot sifatida foydalanish imkoniyatini yaratadi. 
Shuningdek, sertifikatlar bo‗yicha bank va omonatchi o‗rtasidagi 
tuzilgan shartnomalar, kelishuv munosabatlari va sertifikatlar egasining 
almashuviga olib keladigan bitimlar soddalashuvini ta‘minlab, 
sertifikatlar muomalasining takomillashuviga xizmat qiladi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling