Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Konsalting (maslahat) operatsiyalari


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Konsalting (maslahat) operatsiyalari. Tijorat banklari o‗zining 
mijozlariga va boshqa fond bozorining ishtirokchilariga, aholiga 
qimmatli 
qog‗ozlarning 
muomalada 
bo‗lishi, 
fond 
portfelini 
217
shakllantirish va qimmatli qog‗ozlar bozorini tadqiq qilish va istiqbolini 
belgilash, huquqiy maslahatlar berish, kasbiy o‗qitish va o‗rgatish, 
qimmatli qog‗ozlarni baholash, axborot xizmatlari ko‗rsatish kabilar 
bo‗yicha yordam va maslahat xizmatlarini ko‗rsatadi. 
Trast operatsiyalari. Trast – ingliz tilida ―ishonch‖ degan ma‘noni 
bildiradi. Bank jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‗larini 
ma‘lum bir muddatga jalb qilib, shu muddat ichida ishonchga olingan 
mablag‗ni yuqori foyda olib keladigan operatsiyalarga joylashtiradi. 
Trast operatsiyalari bank ishida va banklarning sanoat va iqtisodiyotning 
boshqa sohalari bilan aloqalarida katta rol o‗ynaydi. 
Badavlat insonlar tomonidan hali balog‗at yoshiga yetmagan 
farzandlari nomiga qoldirilayotgan mulk yoki boyliklarni, ularning 
vasiyati bo‗yicha boshqarish muammosining yuzaga kelishi banklarning 
trast operatsiyalarini paydo bo‗lishiga sabab bo‗lgan. Banklar trast 
operatsiyasida ushbu mablag‗larni farzandlar balog‗at yoshiga yetgunga 
qadar, ishonchli tarzda boshqaradilar. 
Trast operatsiyalari asta-sekin banklarning korporativ mijozlari 
bilan bo‗ladigan munosabatlariga ko‗chdi. 
Mijoznnig qimmatli qog‗ozlari portfelini yoki ushbu portfelning bir 
qismini hamda u bilan bog‗liq bo‗lgan pul mablag‗larini boshqarish ham 
tijorat banklarining trast operatsiyalarini tashkil qiladi. 
Tijorat banklari trast operatsiyalarini amalga oshirishi tufayli
birinchidan, qimmatli qog‗ozlarni joylashtirish, birjadagi operatsiyalarda 
foydalanishi mumkin bo‗lgan uzoq muddatli moliyaviy resurslardan 
bahramand bo‗la oladi. Ikkinchidan, trast operatsiyalariga bog‗liq 
bitimlarni banklar o‗z mijozlarining shartnomalari asosida amalga 
oshiradi, shuning uchun bitimlar qonunlar bilan cheklanmaydi. 
Uchinchidan, bank qimmatli qog‗ozlarni boshqarishdan komission 
mablag‗lar 
olib, 
o‗zi boshqarayotgan qimmatli qog‗ozlardan 
tushayotgan foydadan o‗z ulushini oladi. To‗rtinchidan, bank o‗z 
sarmoyalari bilan emas, balki o‗zgalar sarmoyalari bilan operatsiyalar 
o‗tkazadi va faqat trast shartnomasi doirasidagina javobgar bo‗ladi, 
asosiy tavakkalchilik esa qimmatli qog‗ozlar egasining zimmasida 
bo‗ladi. 
Tijorat banklari xilma-xil trast operatsiyalarini bajarishi mumkin: 
mijozlarning 
pul 
mablag‗larini 
boshqarish, 
mijozlarning 
fond 
portfellarini shakllantirish va qimmatli qog‗ozlar paketlarini boshqarish, 
meroslar va xususiy mablag‗larni tasarruf etish, agentlik vazifalarini 
bajarish, obligatsiyalar chiqarish va to‗lov muddati kelganda, 


240

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling