274
majburiyatlarni qoplash uchun aktivdagi pul mablag‗larining yetarlilik
imkoniyatlarini
tasvirlaydi.
Mijozning
kreditga
layoqatliligini
hisoblashni uning balansini holati tahlil
qilishdan boshlash maqsadga
muvofiqdir.
28-jadval
Korxona balansi likvidligi tahlili (mln so„m hisobida)
Ko„rsatkichlar
01.01.14-y.
01.01.15-y.
O„zgarishi (+; -)
A
1
2
3
1. Likvid mablag‗lar, shu jumladan
109627
138991
29364
a) pul mablag‗lari
2474
11313
8839
b) tez sotiladigan talablar
25606
62286
36680
v) tez sotiladigan zaxiralar
81547
65392
-16155
2. Majburiyatlar
236136
250464
14328
Balans likvidligi
- (1q : 2q)
0,46
0,55
0,09
Faoliyati tahlil qilinayotgan korxonaning 2014-yil boshida balans
likvidliligi 0,46 ga teng bo‗lgan, ya‘ni likvid mablag‗lar hisobidan
majburiyatlarni qoplash darajasi 46,0 foizga teng bo‗lgan bo‗lsa, 2015-
yilning boshiga kelib korxonaning
moliyaviy ahvoli yaxshilanib, bu
ko‗rsatkich 0,55 ni, ya‘ni likvidlilik darajasi 0,09 ga oshib
majburiyatlarning 55 foizidan ortig‗ini likvid mablag‗lar hisobidan
qoplash imkoniyati yuzaga kelgan.
Bunda korxona balansi likvidliligini ijobiy baholash mumkin.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning likvid mablag‗lari,
qisqa
muddatli majburiyatlardan kamida ikki barobar ortiq bo‗lganda, uning
moliyaviy ahvoli yaxshi hisoblanadi. Bu yuqori mezon chegarasidir.
Xo‗jalik subyektlarining likvid mablag‗lari uning qisqa muddatli
majburiyatlari hajmiga teng bo‗lgan hollardagi ko‗rsatkich quyi chegara
sifatida olinadi.
Qoplash va likvidlilik koeffitsiyentlari
balansning aktiv va
passivlarini solishtirish yo‗li bilan hisoblanadi. Likvid mablag‗lar
o‗zining tez pulga aylanishi darajasiga qarab 3 guruhga bo‗linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: