Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelib chiqish hudidi va geografiyasiga qarab
Tuzilish belgilariga ko„ra iqtisodiy risklar mulkiy, tarmoq va
moliyaviy risklarga bo‗linadi. Mulkiy risklar o‗g‗rilik, diversiya, terroristik akt, ekologik tanglik va boshqa sabablarga ko‗ra mulkni yo‗qotish ehtimoli bilan bog‗liq. Tarmoq risklari iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahvolning o‗zgaruvchanligi tufayli yuzaga keladi. Moliyaviy risklar pulning xarid quvvati o‗zgarishi natijasida pul mablag‗larini yo‗qotish ehtimoli bilan bog‗liq. Unga pulning qadrsizlanishi va deflyatsiya risklari kiradi. Tabiat-iqlim risklari tabiiy ofat va halokatlar: zilzila, suv toshqini, bo‗ronlar, yong‗in, epidemiyalar; odamlarning noo‗rin faoliyati natijasida ekologik muvozanatning buzilishi va boshqalarga bog‗liq. Kelib chiqish hudidi va geografiyasiga qarab risklarni tuman, mintaqa, mamlakat riski va xalqaro riskka bo‗lish mumkin. Xalqaro risk deganda, biz global muommalar bilan bog‗liq, yer sharining ma‘lum mintaqalarini yoki mamlakatlarni qoplab oluvchi riskni tushunamiz. Bunga 1997-yil kuzidagi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi moliya bozorlari inqirozini, 2008-yilda boshlanib bugungi kungacha davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini misol keltirish mumkin. Mamlakat riski, xalqaro bank amaliyotida va bank tashkilotlari, qo‗shma banklar faoliyatida pul oqimi, kredit va hisob operatsiyalari sohasida bo‗lgan risklar bilan bevosita bog‗liq. Bu risklarning bo‗lishi va ularning darajasi esa importyor yoki eksportyor davlatlar yoki kontragent mamlakatlardagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlikka bog‗liq. Har bir mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka asoslanib, shu mamlakatdagi risk darajasini baholay olish chet el kapitali ishtirokida tashkil topgan qo‗shma banklar va bosh litsenziyaga ega bo‗lgan bank tashkilotlari uchun dolzarbdir. Bank amaliyotida uning rahbariyati chet el kontragentlarining moliyaviy barqarorligiga noto‗g‗ri baho berish natijasida ancha xatolarga yo‗l qo‗yadilar. Shuning uchun biror davlat bilan uzviy iqtisodiy aloqani o‗rnatishda, ayniqsa, kredit va hisob- kitoblar bilan bog‗liq munosabatlarni olib borishda, undagi iqtisodiy- siyosiy barqarorlikni tahlil qilib risk darajasini aniqlash lozim. Mamlakat riskini konvertirlangan risklar, transfert risklari yoki maratoriya to‗lovlari bo‗yicha risklarga turkumlash mumkin. Mamlakat 603 ega bo‗lsa, ularning aktsionerlariga, ta‘sischilariga nisbatan riski shuncha yuqori bo‗ladi. Shu bilan birga qarz mablag‗lari moliyalashtirishning muhim va asosiy manbai hisoblanadi, chunki bu narsa qo‗shimcha qimmatli qog‗ozlarni muomalaga chiqarish va sotishga qaraganda arzonroqqa tushadi. Qabul qilingan normalarga asosan qarzdorlar uchun o‗z mablag‗lari bilan jalb qilingan mablag‗lar o‗rtasidagi nisbat - qarzdorlik koeffitsiyenti (Kk) = 0,2 - 0,3 o‗rtasida tebranib turishi lozim. Bu risk leveraj riski qimmatli qog‗ozga qo‗yilgan kapital bilan daromadning belgilangan darajasi o‗rtasidagi nisbatga, daromadning belgilanmagan darajasi bilan va bankning asosiy va aylanma kapitalining hajmiga bog‗liq bo‗ladi. Likvidlilik riski – bu moliyaviy aktivlarning operativ ravishda naqd pulga aylanish qobliyati bo‗lib, yirik ishlab chiqaruvchi va banklarning muomalada bo‗layotgan aksiyalari ham bu xil risklardan unchalik xoli emas. Tizimli risk aksiya bahosining o‗zgarishiga uning daromadliligi, obligatsiyalar bo‗yicha joriy va kutilayotgan foiz, hamda kutilayotgan o‗lchamda dividend va qo‗shimcha foyda hajmiga bog‗liq bo‗ladi. U foiz stavkasini o‗zgarishi riskni, umumbozor narxlari o‗zgarishining riski va inflyatsiya riskini birlashtiradi. Tizimsiz risklar bozorning holatiga bog‗liq bo‗lmaydi va aniq bir korxona, bank xususiyati hisoblanadi. Uning tarmoq va moliyaviy turlari mavjud. Tizimsiz portfel riskning darajasiga muqobil sferada moliyaviy resurslarni qo‗yish, tovarlar kon‘yunkturasi, bozor fondlari kabi omillar ta‘sir etadi. Bankning faoliyat turiga qarab bank riskilarini quyidagi turlarga bo‗lish mumkin: a) kredit riski – qarzdorning shartnomada belgilangan shartlar bo‗yicha bank oldidagi o‗z moliyaviy majburiyatlarini qisman yoki to‗liq bajara olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‗qotish bilan bog‗liq tavakkalchilik; b) bozor riski – bankning qimmatli qog‗ozlar portfelidagi instrumentlari narxlarining, shuningdek, chet el valyutasi va qimmatbaho metallar kurslarining salbiy o‗zgarishi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‗qotish bilan bog‗liq tavakkalchilik. Bozor riski fond, valyuta va foiz risklarini o‗z ichiga oladi, bunda: 602 tashqari) asosan, mijozlarining faoliyatida uchraydigan iqtisodiy (ya‘ni bank uchun tashqi) risklarga bog‗liq bo‗ladi. Ixtisoslashtirilgan tijorat banklari o‗z yo‗nalishidagi maxsus bank operatsiyalari bo‗yicha ham risklarga uchraydilar. Ichki risklar bankning turi va xususiyatiga, uning faoliyati, xarakteriga hamda uning mijozlar tarkibiga bog‗liq bo‗ladi. Bankning aktiv operatsiyalarining risklari foiz risklari darajasi bilan bog‗liq bo‗ladi. Bu risklar banklarning o‗z faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Foiz risklarning boshqarilishi aktiv va passivlarni boshqarilishidan tashkil topadi. Foiz risklarni boshqarishning bir necha tamoyillari mavjud. Bular quyidagilar: 1. Bankning foiz marjasi qancha yuqori bo‗lsa, foiz riski darajasi shuncha past bo‗ladi. 2. Spred tamoyili. Bunda olingan aktivlar bo‗yicha tortilgan o‗rtacha stavka va to‗langan majburiyatlar bo‗yicha tortilgan o‗rtacha stavka o‗rtasidagi farq tahlil qilinadi. Tahlil uchun ma‘lumotlar, odatda, bankning statistik hisobotidan olinadi. 3. Bankning o‗zgarmas va suzib yuruvchi foiz stavkalari bilan balansdan tashqari aktiv va passivlarni tahlil qilishdan iborat. Foiz risklarining darajasi quyidagilarga bog‗liq bo‗ladi: - aktivlar tuzilishidagi o‗zgarish, shu jumladan, kredit va investitsiyalarning hajmi, aktivlarning qayd qilingan va suzib yuruvchi foiz stavkalari, ularning bozordagi narxi dinamikasi. - passivlar tuzilishidagi o‗zgarish, ya‘ni o‗z va qarz mablag‗larning mutanosibligi, muddatli va jamg‗arma depozitlar, ularning muddati va foizlarining mosligi. - foiz stavkasi dinamikasi. Foiz risklari darajasini boshqarish va nazorat qilish uchun bank faoliyatining aniq bir holatiga bog‗liq holda muhim strategiyalar ishlab chiqish lozim. Tijorat banklari faoliyatida portfel risklariga ham e‘tibor berish lozim. Portfel risklari qimmatli qog‗ozlarning alohida turlari hamda ssudalarning barcha kategoriyalari bo‗yicha zarar ko‗rish ehtimoli bilan belgilanadi. Portfel risklari moliyaviy, likvid risklar, tizimli va tizimsiz risklarlarga bo‗linadi. Moliyaviy risklar quyidagicha aniqlanishi mumkin: banklar, aktsioner jamiyatlar, qo‗shma banklar qancha ko‗p qarz mablag‗lariga 599 riskini prognoz qilish davlat qurilmasining tarkibi va sifat darajalarini tahlil qilishga, shuningdek, amaliy ma‘lumotlar va nisbatlarni o‗rganishga asoslangan miqdor ko‗rsatkichlariga tayanishi kerak. Mamlakat riskini baholashda asosiy ko‗rsatkichlar sifatida quyidagi ko‗rsatkichlarni tahlil qilish lozim: iqtisodiyotning samaradorligi (bunda davlat bo‗yicha yalpi milliy mahsulotning o‗rtacha yillik o‗sishi hisoblanadi); siyosiy risk darajasi; jahon banki ma‘lumotlariga asosan olingan kreditlar miqdori, ular bo‗yicha qarzdorlik darajasi, kreditni qaytib to‗lash jarayonining amalga oshirilish sifati, eksport hajmi, tashqi qarzlar, tashqi savdo oboroti v.b.; bank kreditlarini olish imkoniyati; qisqa muddatli kreditlash imkoniyati; uzoq muddatli kreditlash imkoniyati; fors-mojor holatlarining yuzaga kelishi; mamlakatning kreditga layoqatlilik darajasi; tashqi qarzlar bo‗yicha to‗lanmagan majburiyatlar v.b. Riskning asosiy turlari bir-biri bilan bog‗liq va amaliyotda ularni ajratish ko‗pincha murakkabdir. O‗z navbatida, siyosiy va iqtisodiy risklar ham ichki va tashqi bo‗lishi mumkin. Alohida olingan bank faoliyatiga sezilarli ta‘sir qiluvchi risklar, bank faoliyatidan kelib chiquvchi risklar – bu ichki risklardir. Banklarning ichki risklariga bankning o‗z faoliyati, uning mijozlari (uning qarzdorlari) yoki uning muayyan kontragentlari bilan bo‗lgan faoliyatiga bog‗liq risklar kiradi. Bank rahbariyatining tashabbuskorligi, faolligi, bank xodimlarining o‗z ishiga layoqatligi, optimal marketing strategiyasi siyosati va taktikasini tanlash kabi omillar ichki risk darajasiga ta‘sir ko‗rsatadi. Ichki risklar bank operatsiyalarining harakteri, bank mijozlarining tarkibi va tijorat banklari faoliyatining turlari bo‗yicha guruhlarga bo‗linadi. Bank operatsiyalari harakteriga ko‗ra: balans operatsiyalari riski ; balansdan tashqari operatsiyalar riski ; moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan bog‗liq risklarga bo‗linadi. O‗z navbatida, balans operatsiyalari risklari bankning aktiv operatsiyalari riski, bankning passiv operatsiyalari riski va aktivlar va 600 passivlarni boshqarish sifati bilan bog‗liq riskka bo‗linadi. Bankning aktiv operatsiyalar riskiga kredit, hisob-kitob, kassa, bozor, valyuta, lizing, faktoring risklari, moliyalash va investitsiyalar bilan bog‗liq risklar kiradi. Kredit riski mijoz tomonidan asosiy qarz summasini va kredit bo‗yicha foizlarni to‗lay olmaslik ehtimoli bo‗lganda yuzaga keladi. Hisob-kitob risklari bankning kelishilgan shartnoma bo‗yicha mijozning talabiga asosan hisob-kitoblarni o‗z vaqtida o‗tkaza olmasligi sharoitida yuzaga keladi. Kassa risklari bank kassasi orqali o‗tuvchi naqd pullarning saqlanishi bilan bog‗liq xavfli holatlardan kelib chiqadi. Bozor riski bozor foiz stavkalarining nobarqarorligi oqibatida moliyaviy aktivlarning bozor qiymatining o‗zgarishi sababli bankning aktiv operatsiyalaridan keluvchi daromadni o‗zgarishi ehtimoli tufayli yuzaga keladi. Valyuta riski – valyuta almashtirish kursining o‗zgarishi natijasida chet el valyutasida olib boriladigan operatsiyalar bo‗yicha yo‗qotishlar yoki yuqori foyda olish ehtimolini ifodalaydi. Lizing operatsiyalar bo‗yicha risk ijarachining bankdan olgan mulkidan samarali foydalana olmasligi natijasida shartnomada ko‗rsatilgan to‗lovni o‗z vaqtida amalga oshira olmasligi natijasida yuzaga keladi. Faktoring operatsiyalar bo‗yicha risk bankning uchinchi shaxsdan sotib olgan qarzdorning majburiyatlari bo‗yicha to‗lovni o‗z vaqtida amalga oshira olmaslik sharoitida yuzaga keladi. Investitsiya risklari bank sotib olgan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha oladigan daromadlarining tushib ketishi yoki uni oshirish bilan bog‗liq risklardir. Banklar passiv operatsiyalar yordamida o‗z aktiv operatsiyalarini amalga oshirish uchun resurslarni jalb qiladi. Tijorat banklarining passiv operatsiyalariga uning ustav kapitalini tashkil etish (oshirish) maqsadida foydadan chegirmalar, boshqa yuridik shaxslardan mablag‗lar jalb qilingan kreditlar, depozit operatsiyalari kiradi. Passiv operatsiyalar risklari asosan aktiv operatsiyalarni resurslar bilan ta‘minlashda kelib chiqadigan muammolar bilan bog‗liq. Bankning passiv operatsiyalari bilan bog‗liq risklar bankning omonatlar, depozitlar, boshqa moliya-kredit muassasalarning muddatidan oldin talab qilib olinmaydigan aniq muddatli kreditlari shaklida yetarlicha miqdorda resurs jalb eta olishi qobiliyatiga bog‗liq bo‗ladi. Balansdan tashqari operatsiyalar risklari, birinchi navbatda, mijozlarning majburiyatlari yuzasidan berilgan kafolatlar bo‗yicha to‗lash zarurati yuzaga kelishi ehtimoli bilan bog‗liq. 601 Aktivlar va passivlarni boshqarish sifati bilan bog‗liq risklarga to‗lovga layoqatsizlik (yoki bankrotlik) riski, muvozanatlanmagan likvidlik riski, foiz riski, foyda ola olmaslik riski, suiiste‘molliklar riski va boshqalar kiradi. Bankrotlik riski o‗z kapitali va resurslarini yo‗qotishi oqibatida o‗z majburiyatlari bo‗yicha to‗lovga layoqatsiz bo‗lishi va faoliyatini to‗xtatish bilan bog‗liq riskdir. Balanslashmagan likvidlilik riski bankning resurs sifatida jalb qilingan mablag‗lari bilan kreditga bergan mablag‗lari summasi, muddati, foiz stavkasining darajasi bo‗yicha mos kelmasligi tufayli yuzaga keladi. Foiz riski bankning kreditga bergan mablag‗lari bo‗yicha oladigan foiz stavkasiga nisbatan jalb qilgan resurslari bo‗yicha yuqori foiz stavkalari to‗lashga majbur bo‗lgan holda yuzaga keladi. Foyda ola olmaslik riski bank resurslari yo‗qotishi, ulardan samarali foydalana olmaslikni ifodalaydi. Suiiste‘mol riski bank boshqaruvi yoki rahbariyati, xodimlari tomonidan bank faoliyati tamoyillariga oid moliyaviy qarorlar qabul qilinganda o‗z manfaatini ko‗zlash natijasida vujudga keladi. Moliyaviy xizmatlarni amalga oshirishi bilan bog‗liq risklar operatsion, texnologik risklarni, innovatsiyalar risklari, xavfsizlik risklari va boshqalarni o‗z ichiga oladi. Operatsion va texnologik risklarga bank texnika-texnologiyasida uchrab turadigan (sboy) axborotlarni yo‗qotishlar (kompyuter tizimida yo‗qotishlar, hujjatlarni yo‗qotish, kompyuter tamagirligi, bank xodimlari faoliyatida xatolarga yo‗l qo‗yishi v.b.) kiradi. Innovatsiya riski ma‘lum bir sabablar tufayli bankning innovatsiyaga yo‗llagan mablag‗lari mo‗ljallagan samarani bermasa yoki yo‗qotilgan bo‗lsa yuzaga keladi. Bank xavfsizligi riski bu bank binosi, unda mavjud axborot, kompyuter tarmoqlarining xavfsizligi bilan baholanadi. Bank risklari mijozlari tarkibiga ko‗ra mijozlarining sohaviy tegishliligiga, mijozlar yuridik shaxslarning yaxlitlangan darajasiga va mijozlarning u yoki bu mulkchilik shakliga tegishliligiga bog‗liq. Risklar tijorat banklarining turlariga ko‗ra ham guruhlarga bo‗linadi. Universal tijorat banklari mijozlariga ular qaysi tarmoqqa tegishliligidan qat‘i nazar, juda keng xizmat turlarini ko‗rsatadi. Shuning uchun ular deyarli barcha risklarga uchraydi. Biroq universal tijorat banklarining faoliyati bozorning yuqori darajada diversifikatsiyalanishi bilan harakterlanadi, ya‘ni ba‘zi sohalardan ko‗rilgan zarar boshqalaridan olingan foyda bilan qoplanishi mumkin. Tarmoq tijorat banklari biror soha, tarmoq bilan uzviy bog‗liq. Shuning uchun ular uchraydigan risklar (erkin bank operatsiyalari bo‗yicha risklardan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling