Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
-§. Kredit risklari va ularni hisoblash usullari
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
2-§. Kredit risklari va ularni hisoblash usullari Bankning kredit faoliyati, uni boshqa nobank tashkilotlardan farqlovchi asosiy mezonlardan biridir. Jahon bank amaliyotida aynan kredit operatsiyalari orqali banklar foydasining asosiy qismi shakllanadi. Shu bilan bir vaqtda, kreditlarning, asosan, yirik kreditlarning qaytarilmasligi, banklar faoliyatida risklarning paydo bo‗lishiga, ular, o‗z navbatida, bank daromadlarining kamayishiga, ba‘zi hollarda esa banklarning bankrot bo‗lishiga ham olib kelishi mumkin. Banklar faoliyatini to‗g‗ri tashkil qilish, ularda mavjud risklarni minimallashtirish masalalaridan biri kredit risklari, ularning sifati va darajasini aniqlash va tahlil qilishdan iborat. Kredit riski deb, qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining bajarilmasligi, ya‘ni kredit summasi (qisman yoki to‗liq) va u bo‗yicha foizlarning shartnomada ko‗rsatilgan muddatlarda to‗lanmasligi tushuniladi. Shuning uchun kredit risklarini aniqlash va boshqarish har qanday tijorat bankining rivojlanishiga, daromadligi oshib uning barqarorligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Kredit risklarining banklar uchun dolzarb muammoligi shundaki, kredit riski mavjud bo‗lgan holda kreditor (bank)da qarz oluvchi tomonidan kredit shartnoma shartlarini, uning o‗z majburiyatlarini belgilangan vaqtda bajara olish imkoniyatiga ishonchsizlik hosil bo‗ladi. Ma‘lumki , bank amaliyotida foyda asosan berilgan kreditlar bo‗yicha olinadigan foizlardan tashkil topadi. Qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar bo‗yicha foiz stavkasining yoki kreditning asosiy summasining o‗z vaqtida to‗lanmasligi yoki umuman to‗lanmasligi bank foydasining kamayishi oqibatida, bankning kelajakdagi mablag‗lari salmog‗ining tushib ketishiga olib keladi. Shuning uchun banklar ular bergan mablag‗larning qaytishi bilan bog‗liq risklarni kamaytirishga harakat qiladilar. Qarz oluvchi faoliyatida mavjud risklar darajasini banklar kredit bergunga qadar, keyinchalik kredit bergandan keyin, undan foydalanish 604 fond riski – qimmatl qog‗ozlar portfelidagi instrumentlarning bozor narxlaridagi salbiy o‗zgarish natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‗qotish bilan bog‗liq tavakkalchilik; valyuta riski – chet el valyutasi va qimmatbaho metallarning ochiq pozitsiyalari bo‗yicha shu chet el valyutalari kurslari va qimmatbaho metallar baholarining o‗zgarishi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‗qotish bilan bog‗liq tavakkalchilik; foiz riski – aktivlar, passivlar va ko‗zda tutilmagan holatlardagi instrumentlar bo‗yicha foiz stavkalarining salbiy o‗zgarishi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‗qotish bilan bog‗liq tavakkalchilik; d) likvidlilik riski – bankning o‗z moliyaviy majburiyatlarini to‗liq yoki qisman bajara olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‗qotish bilan bog‗liq tavakkalchilik. Bankning likvidlilik riski, asosan, aktiv va passivlarning so‗ndirilish muddatlarining o‗zaro nomuvofiqligi oqibatida yuzaga keladi. Bankning likvidlilik riskini boshqarish «Tijorat bankining likvidliligini boshqarishga bo‗lgan talablar to‗g‗risida»gi nizom talablari asosida amalga oshiriladi; e) operatsion risk – bankning ichki tizimlari, jarayonlari, axborot texnologiyalari, xodimlar harakatlarida yo‗l qo‗yilgan xatoliklar yoki tashqi tabiiy jarayonlar, shu jumladan, tabiiy ofatlar natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‗qotish bilan bog‗liq tavakkalchilik; f) mamlakat riski – bankning xorijiy hamkorlari tomonidan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy o‗zgarishlar sababli o‗z moliyaviy majburiyatlarining bajara olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‗qotish bilan bog‗liq tavakkalchilik; g) huquqiy risk – bank tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va tuzilgan shartnomalarga rioya qilinmaslik, ish jarayonida huquqiy xatoliklarga (noto‗g‗ri yuridik maslahat yoki hujjatlarni noto‗g‗ri tuzilishi) yo‗l qo‗yilishi, huquq tizimidagi kamchiliklar, hamkorlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‗qotish bilan bog‗liq tavakkalchilik; h) biznesda obro‗-e‘tiborni yo‗qotish riski – bankning moliyaviy barqarorligi to‗g‗risida omma ichida salbiy tasavvur yuzaga kelishi sababli, mijozlar sonining kamayishi, ko‗rsatilayotgan xizmat sifatining tushishi natijasida bankda zararlar yuzaga kelishi tavakkalchiligi; i) firibgarlik riski – bankda xodimlar, mijozlar va boshqa hamkorlarning firibgarlik yoki boshqa jinoiy xatti-harakatlari oqibatida moliyaviy zararlar ko‗rish xatari. Bankdan naqd pul va boshqa 597 qilish usullari, risklarni tartibga solishda qo‗llaniladigan usullarning ishonchliligi, alohida bank operatsiyalari yoki ularning guruhlari bo‗yicha risklar koeffitsiyenti shkalasiga bog‗liq bo‗ladi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling