Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Hisob-kitob uylari. Angliya banklarining keyingi turi hisob-kitob
uylari bo‗lib, hozirgi paytda London shahrida bir nechta yirik hisob uylari va kichik ixtisoslashgan makler-firmalar faoliyat ko‗rsatadi. Hisob-kitob uylari kafolatlangan muddatsiz depozitlar orqali banklar- ning likvid fondlari realizatsiyasini amalga oshiradi. Bu fondlar turli xil aktivlarni (shu bilan birga, xazina obligatsiyalarini, tijorat veksellarini) sotib olish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, hisob uylar bu, veksel- larning oldi-sotdi bozoridir. Ular Angliya Banki va butun Britaniya bank tizimi orasidagi vositachilik vazifasini bajarib, hisob-kitob uylari orqali Angliya Banki Britaniya bank tizimini moliyaviy resurslar bilan ta‘minlaydi. Veksellarning qayta hisobga olish (diksontlash) orqali qarz vositalari bilan ta‘minlash hamda portfel investitsiyalari sifatida turli shakldagi qisqa muddatli qo‗yilmalarni taklif qilish hisob uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi. Chet el banklari (Foreign Banks) Angliyadagi yirik bank guruhlari hisoblanib, Londonda Nyu-York shahriga nisbatan ikki barobar ko‗p chet el banklari filiallari joylashgan. Angliyaning keyingi bank guruhiga konsorsial banklar kirib, bu shunday moliyaviy institutlarki, ularda kamida ikkita davlat qatnashib, ulardan hech biri kontrol paketga ega emas. Mazkur banklar rivojlangan davlatlar kapitali asosida tuzilganligi sababli, ular Evropa bozorida yirik miqdordagi mablag‗larni uzoq muddatga jalb qila oladilar. Bundan tashqari Buyuk Britaniyada banklarga o‗xshagan ixtisoslashgan kredit- moliya institutlari ham mavjud bo‗lib, ular quyidagilardan iborat: 73 jamg‗arma institutlari (ishonchli jamqarma banklari, milliy jamg‗arma banki, qurilish jamoalari); sug‗urta kompaniyalari va nafaqa fondlari; investitsion trestlar; badalli ishonch fondlar; moliyaviy korporatsiyalar; venchurli moliyalashtirish firmalari. Angliya banklari faoliyatining xususiyatlaridan biri korxonalarni qisqa muddatli kreditlashda overdraftni keng qo‗llashidadir. Overdraft mijozning joriy hisob raqami bilan bevosita bog‗liq bo‗lib, mijozga hisob raqamidagi kredit qoldig‗i doirasida o‗rnatilgan limitlar asosida chek olish huquqini beradi. Mijozning xarajatlari hisob raqamiga tushadigan mablag‗lardan vaqtinchalik ortib ketsa (masalan, korxona oborot kapitalini moliyalashtirishda), kreditning bu turidan foydalaniladi. Buyuk Britaniyada overdraft muddatlari bir necha oydan tortib, to bir necha yilgacha belgilanishi mumkin, ammo yilda bir marta kreditni to‗liq qaytarish talab qilinadi. To‗lanmagan qoldiq bo‗yicha foiz har kuni hisoblab boriladi. Kreditning bu turi mijoz uchun eng arzon hisoblanadi, chunki bu yerda u faqat ishlatilgan mablag‗lar uchun pul to‗laydi. Ssuda hisob raqami bo„yicha kredit kreditlashning boshqa an‘anaviy turi hisoblanadi. Overdraftdan farqli ravishda mijozga alohida ssuda hisob raqami ochilib, uning debetiga bank tomonidan berilgan kredit summasi, kreditda esa shu mablag‗lardan foydalanish aks ettiriladi. Overdraftning zamonaviy shakli bo‗lib, byudjet hisob raqami hisoblanadi. Qarz oluvchi hisob raqamiga ma‘lum bir summalarni qo‗yish majburiyatini olib, bank muntazam ravishda to‗lovlarni olib boradi va kerak paytda kredit beradi. Kreditlashning limiti hisob raqamiga qo‗yilgan mablag‗ miqdoriga bog‗liq bo‗lib, odatda, limit qo‗yilgan mablag‗ miqdoridan 30 marta ko‗p bo‗ladi. Uy-joy sotib olish uchun ingliz qarz oluvchilari qurilish jamiyatlari tomonidan 20-25 yil muddatga beriladigan ssudalardan foydalanishadi. 96 e) omonotchilar mablag‗lari saqlanishi va ular manfaatlariga ziyon keltirishi mumkin bo‗lgan boshqa hollarda Markaziy bank banklarga vasiy tayinlash to‗g‗risida qaror qabul qiladi. Vasiy tayinlash to‗g‗risida qaror qabul qilishda Markaziy vasiylik mexanizmi orqali bankning moliyaviy holatini zarur ijobiy holatga olib chiqish, bank aktiv va passivlarini saqlab qolishga e‘tibor qaratadi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling