Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Uyni yoki ko„p xonadonli uylardagi xonadonni sotib olish


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Uyni yoki ko„p xonadonli uylardagi xonadonni sotib olish 
uchun bank tomonidan kredit berish qarz oluvchi nomiga alohida ssuda 
hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamdan qarz oluvchining 
yozma topshiriqnomasi asosida turar joy egasi bo‗lgan jismoniy shaxs-
sotuvchining omonat hisob raqamiga pul mablag‗larini naqd pulsiz 
shaklda memorial order vositasida o‗tkazish yo‗li bilan amalga 
oshiriladi.
Uy qurish yoki uyni rekonstruksiya qilish uchun bank 
tomonidan kredit berish qarz oluvchiga alohida ssuda hisob raqami 
ochish hamda ushbu hisob raqamdan qarz oluvchining yozma 
topshiriqnomasi asosida 2 bank kuni ichida qurilish materiallari sotib 
olish uchun savdo tashkilotlari, ishlab chiqaruvchi korxonalar va yakka 
tartibdagi 
tadbirkorlarning 
banklardagi 
talab 
qilib 
olinguncha 


456
saqlanadigan depozit hisob raqamiga, bajarilgan qurilish-montaj ishlari 
uchun pudratchi qurilish tashkilotining talab qilib olinguncha 
saqlanadigan depozit hisob raqamiga shartnoma shartlari asosida naqd 
pulsiz shaklda memorial order vositasida o‗tkazish yo‗li bilan amalga 
oshiriladi. Agarda uy qurish yoki uyni rekonstruktsiya qilishni qarz 
oluvchining o‗zi bajaradigan bo‗lsa (xo‗jalik usulida) kredit 
shartnomasida kelishilgan ipoteka krediti summasining 20 foizgacha 
bo‗lgan summani hisob raqamidan qarz oluvchiga naqd pul shaklida 
berishga ruxsat beriladi. Ipoteka kreditlari qarz oluvchining bank plastik 
kartochkalariga o‗tkazish yo‗li bilan ham berilishi mumkin, bank plastik 
kartochkalaridan naqd pul berilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Qarz oluvchi 
bank kredit plastik kartochkasi vositasida amalga oshirilgan 
operatsiyalar to‗g‗risida har oyda bankka terminallar cheklari, sotib 
olingan tovarlar uchun chakana savdo tashkilotlari va yakka tartibdagi 
tadbirkorlar tomonidan berilgan schyotlar, kvitantsiyalar yuk xati yoki 
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar ilova qilingan holda 
hisobot taqdim etishi kerak. Bank hisobotga ilova qilingan hujjatlarni 
tahlil etish jarayonida bank kredit kartochkasi vositasida hisob-kitob 
qilish vaqtida kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanilganini aniqlagan 
taqdirda bank kredit kartochkasi to‗g‗risidagi shartnoma bekor qilinadi
bank kredit kartochkasi hisob raqami yopiladi va bank kredit kartochkasi 
olib qo‗yiladi. Kreditning boshqa maqsadlarda foydalanilgan qismi 
uchun kredit shartnomasida belgilangan miqdorda jarima solinadi va uni 
undirib olish choralari ko‗riladi. 
Ipoteka krediti bo‗yicha asosiy qarzni to‗lash va u bo‗yicha 
foizlarni to‗lash kredit shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq 
undiriladi. Qarz oluvchi ipoteka kreditini ish haqi va unga 
tenglashtirilgan to‗lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va 
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan 
naqd pulsiz shakldagi mablag‗lar o‗tkazish yo‗li bilan, naqd pul 
topshirish yo‗li bilan, pul mablag‗larini qarz oluvchining bankdagi 
omonatlari bo‗yicha hisob raqamlaridan o‗tkazish yo‗li bilan, pul 
mablag‗larini bank plastik kartochkalaridan o‗tkazish yo‗li bilan, pul 
mablag‗larini qarz oluvchining ish beruvchisi tomonidan moddiy 
yordam va ipoteka kreditini to‗lash uchun ajratilgan boshqa mablag‗lar 
hisobidan naqdsiz shaklda o‗tkazish yo‗li bilan va qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa usullarda qaytarish mumkin. Qarz oluvchilar 
asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan 
muddatdan 
oldin 
qaytarish 
huquqiga 
ega. 
Bank 
kreditdan 
457
foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga 
oshiradi. Monitoring joyiga borgan holda amalga oshirilishi mumkin. 
Asosiy qarz va uning bo‗yicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida 
belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, bank kreditlashni 
to‗xtatib turadi hamda berilgan ipoteka kreditini va u bo‗yicha 
hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirish choralarini ko‗radi, 
choralar samara bermagan holda O‗zbekiston Respublikasining ―Ipoteka 
to‗g‗risida‖ qonunida belgilangan tartibda undiruvni garovga qo‗yilgan 
mulkka qaratadi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling