Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

ajratilgan kreditlar 
Kredit qaytarilmagan hollarda bank yuqorida keltirilgan ta‘minot 
shakllariga murojaat qilish va kreditni undirib olishi mumkin. 
2-§. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 
mikrokreditlash 
 
O‗zbekiston Respublikasining ―Mikromoliyalash to‗g‗risida‖gi 
qonuniga muvofiq tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatiladi, ya‘ni 
ularga 
mikromoliyalash 
mikromoliyaviy 
xizmatlar 
ko‗rsatuvchi 
tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan 
oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, 
shuningdek, boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatishi mumkin. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit 
qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam 
ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada 
to‗lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul 
mablag‗laridir. Shuningdek, ularga muayyan maqsadlar uchun ishlatish 
shartlari asosida maqsadli mikrokredit, jismoniy shaxs bo‗lgan qarz 
477
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar kredit liniyalari hisobidan kichik 
biznes subyektlari, dehqon va fermer xo‗jaliklari ham kreditlar olishi 
mumkin. Ularga ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini 
rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar beriladi. Kredit olish 
uchun bu subyektlar bankka kredit olish uchun ariza, biznes-reja, 
moliyaviy hisobotlar (agar yuridik shaxs bo‗lmasa talab qilinmaydi), 
garov ta‘minoti va zarur bo‗lgan boshqa xujjatlarni taqdim qilishlari 
lozim. 
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar kredit liniyalari hisobidan 
kreditlar kichik biznes subyektlariga ularning namunaviy yoki yakka 
tartibda ishlab chiqilgan investitsiya loyihalariga hamda tovarlar ishlab 
chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohasi bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarini 
moliyalashga beriladi. 
Bunda ajratilayotgan kredit mablag‗lari xizmat ko‗rsatish sohasida 
yangi tashkil etilayotgan korxonalarni faqat texnologik jihozlash 
maqsadlariga yo‗naltiriladi.
Kredit yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega 
bo‗lmagan tadbirkorlik subyektlariga eng kam oylik ish haqining 200 
baravarigacha 
hamda 
yuridik 
shaxs 
maqomini 
olib 
faoliyat 
ko‗rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga eng kam oylik ish haqining 
1000 baravarigacha beriladi.
Ushbu manba hisobidan berilgan kreditlar bo‗yicha quyidagi foiz 
stavkalar o‗rnatiladi:
• dehqon va fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, shu 
jumladan, qishloq xo‗jaligi texnikasini sotib olish, fermerlik 
inshootlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun 
mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash 
stavkasining 1|3 qismi miqdorida; 
• bevosita ishlab chiqarish sohasi, ya‘ni mahsulotlar ishlab 
chiqarish, 
xomashyo 
va 
materiallarni 
tubdan 
qayta 
ishlash, 
hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish
binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish maqsadlari uchun 
mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash 
stavkasining 40 foizi miqdorida; 
• xizmatlar ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun, 
jumladan, 
aholiga 
maishiy, 
tibbiy, 
sayyohlik-ekskursiya 
va 
mehmonxona xizmati ko‗rsatish, avtomobillar va boshqa texnika ta‘miri 
bo‗yicha xizmat ko‗rsatish, transport xizmati ko‗rsatishni rivojlantirish 


476
holda kreditga layoqatlilik bo‗yicha doimiy monitoringini amalga 
oshiradi. 
Bankka berilgan garovning holati kredit shartnomasida qayd etilgan 
shartlarda samarali va maqsadli foydalanishi joyida o‗rganiladi. 
Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaganlik holati aniqlangan 
taqdirda, bank kreditning belgilangan maqsadda foydalanilmagan 
qismini kredit shartnomasida belgilangan tartibda qarz oluvchining talab 
qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirish 
huquqiga egadir. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling