Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
mikroqarz ham berilishi mumkin. 23-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikrolizing
mikroqarz ham berilishi mumkin.
23-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar Agarda biz banklar tomonidan tadbirkorlik tashabbuslarini qo‗llab quvvatlash uchun ajratilgan mikrokreditlar miqdoriga e‘tibor qaratadigan bo‗lsak, ularning salmog‗i ham yildan yilga o‗sib borganini ko‗rishimiz mumkin. Agar 2011-yilda mikrokreditlar hajmi 752,3 mlrd so‗mni tashkil etgan bo‗lsa, keyingi yillarda ularning hajmi ancha o‗sib 2013-yilda 1 366 mlrd so‗mni, 2014-yilda 1 907 mlrd so‗mni tashkil tashkil etgan. 2015-yilning 9 oyi davomida mikrokreditlar hajmi 2 trln so‗mdan oshib, bu ko‗rsatkich 2014-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobardan ziyodga o‗sdi. 2016-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 2015-yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyodga oshib 2017-yil 1-yanvar holatiga 15,9 trln. somni, shundan mikrokreditlar hajmi 1,3 barobarga oshib qariyib 3,3 trln. somni tashkil etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini bozor talablari asosida olib borishi uchun sharoit yaratish, ularni zamonaviy asbob-uskuna, texnika va jihozlar bilan ta‘minlash masqadida ularga mikrolizing xizmatlari ko‗rsatishning huquqiy asoslari yaratilganligi va tijorat banklari tomonidan mijozlarga mikrolizing xizmatlarining ko‗rsatilayotganligi mamlakat iqtisodiyotini rivoj- lantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ikki ming 470 baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi. Bunda bank lizing oluvchining topshirig‗iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga mikrolizing xizmatini ko‗rsatadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari o‗z mablag‗lari, shu jumladan olgan daromadlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan keng ko‗lamda mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatadilar. Mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga ajratilishi mumkin: • kichik (mini) uskunalarni xarid qilish; • xomashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish; • aylanma mablag‗larni to‗ldirish; • savdo faoliyatini tashkil etish; • mehnat qurollari, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yordam- chi ashyolarni xarid qilish; • xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san‘ati buyumlarini ishlab chiqarish; • hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil qilish; • servis xizmati va maishiy xizmat ko‗rsatishni rivojlantirish; • sog‗liqni saqlash xizmatini rivojlantirish; • sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish; • kichik ko‗lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish; • tadbirkor faoliyati davomida foydalanish uchun yengil va yuk avtomashinalarini xarid qilish; • ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish va savdoni tashkil etish maqsadida bevosita foydalanish uchun ko‗chmas mulk sotib olish va ta‘mirlash; • shuningdek, O‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan xalq iste‘moli mollarini ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohasi bilan bog‗liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari uchun. Mikrokreditlar olish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari – kredit olish uchun ariza, biznes-reja, moliyaviy hisobotlar (agar yuridik shaxs bo‗lmasa talab qilinmaydi), garov ta‘minoti va zarur bo‗lgan boshqa hujjatlarni taqdim qilishi lozim. 475 uchun uning to‗lov topshiriqnomasini naqd pulsiz to‗lash yo‗li bilan beriladi. Jamg‗arma mablag‗lari hisobidan kreditlar: - xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‗lgan aylanma mablag‗larni to‗ldirishga kichik tadbirkorlik subyektlariga 1 yilgacha bo‗lgan muddatda beriladi; - qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag‗larni to‗ldirishga kreditlar fermer xo‗jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxs bo‗lgan dehqon xo‗jaliklariga, kamida 2 yil muddatga beriladi; - investitsiya loyihalarini mablag‗ bilan ta‘minlash uchun kreditlar kichik tadbirkorlik barcha subyektlariga, shu jumladan, yuridik shaxs bo‗lgan fermer va dehqon xo‗jaliklariga to‗lov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin. Imtiyozli kreditlash jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan kreditlar imtiyozli foiz stavkalarida beriladi. Jamg‗arma mablag‗lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash bo‗yicha kredit berilgan kundagi belgilangan stavkasining 50 foizidan ortiq bo‗lmagan miqdorda belgilanadi. Zarar ko‗rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega bo‗lgan qarz oluvchilarga jamg‗arma mablag‗lari hisobidan kredit berilmaydi, ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi. Kreditning ta‘minoti sifatida mol-mulk yoki qimmatli qog‗ozlar garovi, uchinchi shaxslar kafilliklari va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan ta‘minot turlari qabul qilinishi mumkin. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring olib boradi. Monitoring qarz oluvchining buyurtmanomasini va kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har tomonlama ko‗maklashishga yo‗naltirilishi kerak. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling