Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


mikroqarz ham berilishi mumkin.  23-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

mikroqarz ham berilishi mumkin. 
23-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 
ajratilgan mikrokreditlar 
Agarda biz banklar tomonidan tadbirkorlik tashabbuslarini qo‗llab 
quvvatlash 
uchun 
ajratilgan 
mikrokreditlar 
miqdoriga 
e‘tibor 
qaratadigan bo‗lsak, ularning salmog‗i ham yildan yilga o‗sib borganini 
ko‗rishimiz mumkin. Agar 2011-yilda mikrokreditlar hajmi 752,3 mlrd 
so‗mni tashkil etgan bo‗lsa, keyingi yillarda ularning hajmi ancha o‗sib 
2013-yilda 1 366 mlrd so‗mni, 2014-yilda 1 907 mlrd so‗mni tashkil 
tashkil etgan. 2015-yilning 9 oyi davomida mikrokreditlar hajmi 2 trln 
so‗mdan oshib, bu ko‗rsatkich 2014-yilning shu davriga nisbatan 1,3 
barobardan ziyodga o‗sdi. 2016-yilda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 2015-yilga nisbatan 
1,3 barobardan ziyodga oshib 2017-yil 1-yanvar holatiga 15,9 trln. 
somni, shundan mikrokreditlar hajmi 1,3 barobarga oshib qariyib 3,3 
trln. somni tashkil etdi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini 
bozor talablari asosida olib borishi uchun sharoit yaratish, ularni 
zamonaviy asbob-uskuna, texnika va jihozlar bilan ta‘minlash 
masqadida ularga mikrolizing xizmatlari ko‗rsatishning huquqiy asoslari 
yaratilganligi va tijorat banklari tomonidan mijozlarga mikrolizing 
xizmatlarining ko‗rsatilayotganligi mamlakat iqtisodiyotini rivoj-
lantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mikrolizing tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ikki ming 


470
baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi. Bunda bank 
lizing oluvchining topshirig‗iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk 
olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga 
shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga mikrolizing 
xizmatini ko‗rsatadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 
tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit 
tashkilotlari o‗z mablag‗lari, shu jumladan olgan daromadlari hamda 
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan keng 
ko‗lamda mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatadilar. 
Mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga ajratilishi mumkin: 
• kichik (mini) uskunalarni xarid qilish; 
• xomashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish; 
• aylanma mablag‗larni to‗ldirish; 
• savdo faoliyatini tashkil etish; 
• mehnat qurollari, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yordam-
chi ashyolarni xarid qilish; 
• xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san‘ati buyumlarini ishlab 
chiqarish; 
• hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil 
qilish; 
• servis xizmati va maishiy xizmat ko‗rsatishni rivojlantirish; 
• sog‗liqni saqlash xizmatini rivojlantirish; 
• sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish; 
• kichik ko‗lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish; 
• tadbirkor faoliyati davomida foydalanish uchun yengil va yuk 
avtomashinalarini xarid qilish; 
• ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish va savdoni tashkil etish 
maqsadida bevosita foydalanish uchun ko‗chmas mulk sotib olish va 
ta‘mirlash; 
• shuningdek, O‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi 
bilan taqiqlanmagan xalq iste‘moli mollarini ishlab chiqarish va xizmat 
ko‗rsatish sohasi bilan bog‗liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari 
uchun.
Mikrokreditlar olish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlari – kredit olish uchun ariza, biznes-reja, moliyaviy hisobotlar 
(agar yuridik shaxs bo‗lmasa talab qilinmaydi), garov ta‘minoti va zarur 
bo‗lgan boshqa hujjatlarni taqdim qilishi lozim.
475
uchun uning to‗lov topshiriqnomasini naqd pulsiz to‗lash yo‗li bilan 
beriladi.
Jamg‗arma mablag‗lari hisobidan kreditlar: 
- xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa 
ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‗lgan aylanma 
mablag‗larni to‗ldirishga kichik tadbirkorlik subyektlariga 1 yilgacha 
bo‗lgan muddatda beriladi; 
- qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma 
mablag‗larni to‗ldirishga kreditlar fermer xo‗jaliklariga, shuningdek, 
yuridik shaxs bo‗lgan dehqon xo‗jaliklariga, kamida 2 yil muddatga 
beriladi; 
- investitsiya loyihalarini mablag‗ bilan ta‘minlash uchun kreditlar 
kichik tadbirkorlik barcha subyektlariga, shu jumladan, yuridik shaxs 
bo‗lgan fermer va dehqon xo‗jaliklariga to‗lov muddatini kechiktirish 
huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin. Imtiyozli kreditlash 
jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan kreditlar imtiyozli foiz stavkalarida 
beriladi. Jamg‗arma mablag‗lari hisobidan berilgan kreditlardan 
foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining qayta moliyalash bo‗yicha kredit berilgan kundagi 
belgilangan stavkasining 50 foizidan ortiq bo‗lmagan miqdorda 
belgilanadi. 
Zarar ko‗rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega bo‗lgan qarz 
oluvchilarga jamg‗arma mablag‗lari hisobidan kredit berilmaydi, ilgari 
berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib 
olinadi.
Kreditning ta‘minoti sifatida mol-mulk yoki qimmatli qog‗ozlar 
garovi, uchinchi shaxslar kafilliklari va boshqa qonunchilikda 
taqiqlanmagan ta‘minot turlari qabul qilinishi mumkin. 
Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida 
doimiy monitoring olib boradi. Monitoring qarz oluvchining 
buyurtmanomasini va kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga 
har tomonlama ko‗maklashishga yo‗naltirilishi kerak. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling