Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering 
 
Kichik biznes 
Xususiy tadbirkorlik 
Mikrokreditlar
Mikroqarzlar 
Dastlabki sarmoya 
Boshlang‗ich kapital 
Oilaviy tadbirkorlik 
Mikrolizing 
Fermer, dehqon xo‗jaligi 
LIBOR stavka 
 
O„z bilimini tekshirish bo„yicha savollar 
- Kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga kredit berish tartibini 
tushuntiring. 
- Kichik biznesni kreditlashning xususiyatlari qanday? 
- Xususiy tadbirkorlikni kreditlashning qanday xususiyatlari bor? 
- Imtiyoli kreditlash jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan kimlarga 
kreditlar beriladi? 
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlashni tashkil qilish 
asoslarini keltiring? 
- Budjetdan tashqari jamg‗armalarning kredit liniyalari hisobidan 
kreditlash qanday amalga oshiriladi? 
- Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga dastlabki sarmoyani 
shakllantirishga mikrokreditlar berish tartibi qanday? 
465
Shu o‗rinda ta‘kidlash kerakki, bizning respublikamizda ham kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga katta e‘tibor 
berilib, ayniqsa, kreditlash orqali ular faoliyatini moliyaviy jihatdan 
qo‗llash davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‗nalishlaridan biri 
sifatida belgilab olinib, bu sohada katta ustivorlik berilmoqda. Bu 
borada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmini 
oshirish, kreditlash shartlarini soddalashtirish, ularga bank xizmatlaridan 
foydalanish sohasida qo‗shimcha imtiyoz va qulayliklar yaratish 
bo‗yicha chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. 
Kredit resurslaridan, asbob-uskuna va materiallardan, o‗z 
mahsulotini 
sotish 
bozorlaridan 
foydalanish 
imkoniyatlarini 
kengaytirish, yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarga moliyaviy yordamni 
kuchaytirish, kichik biznes va tadbirkorlarni kreditlash, ularga 
mikrokreditlar ajratishning yaxlit tizimini yaratish borasida oxirgi 
yillarda qator me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Bu sa‘y-harakatlarning samarasi o‗zining natijalarini bermoqda. 
2014-yilda mamlakatda yaratilgan yalpi ichki maxsulotining 56 foizi, 
sanoat mahsulotining 31,1 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlari hissasiga to‗g‗ri keladi. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sohasiga 2011-yilda 2010-yilga nisbatan berilgan kreditlar 
miqdori 1,5 barobarga oshirilib 4,0 trln so‗mga yetkazilgan bo‗lsa, 2012-
yilda 5,3 trln so‗m, 2013-yilda qariyib 7,0 trln so‗m, 2014-yilda 9,2 trln. 
so‗m miqdoridagi kreditlar kichik biznes sohasiga yo‗naltirilgan. Joriy 
yilning 9 oyi ichida kichik biznesni rivojlantirish uchun ajratilgan 
kreditlar hajmi 2014-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‗payib, 
2015-yilning 1-oktyabr holatiga ko‗ra 9,6 trln so‗mni tashkil etgani 
mazkur sohaning jadal rivojlanishiga imkon yaratmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kredit olish 
jarayonlari ancha soddalashtirildi va banklar tomonidan talab 
qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi. Bugungi kunda kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun bankka quyidagi 
hujjatlarni taqdim qilishlari lozim: 
- kredit olish haqida ariza (kredit buyurtmasi); 
- pul oqimini ko‗rsatuvchi biznes-reja; 
- oxirgi hisobot sanasiga davlat soliq xizmati mahalliy idorasi 
tasdiqlagan buxgalteriya balansi; 
- ta‘minotning biror-bir turi bo‗yicha hujjatlar; 
- fuqarolarni o‗zini-o‗zi boshqarish organlaridan ko‗rsatilgan 
faoliyat 
turi 
bilan 
shug‗ullanayotganligini 
yoki 
shug‗ullanish 


466
imkoniyatiga ega ekanligini tasdiqlovchi ma‘lumotnomani taqdim 
qiladilar. Faoliyatini endi boshlayotgan subyektlardan buxgalteriya 
balansi talab etilmaydi. 
Mijozning kredit olish bo‗yicha bankka taqdim qilgan hujjatlarini 
ko‗rib 
chiqish 
muddati 
bugungi 
kunda 

bank 
kunigacha 
qisqartirilganligi bois, bank shu muddat ichida mijozning hujjatlarini 
ko‗rib chiqib mijozga kredit berish yoki bermasligi to‗g‗risida xabar 
berishi lozim. Kredit berish rad qilinganda bank mijozga rad qilish 
sabablarini ko‗rsatgan holda yozma raddiya bildirishi lozim bo‗ladi. 
Mijozning kredit hujjatlari va moliyaviy holati bank talablariga javob 
bersa, bank tomonidan kredit berish bo‗yicha ijobiy qaror qabul qilinadi 
hamda mijoz va bank o‗rtasida kredit shartnomasi imzolanadi. Bank va 
mijoz o‗rtasida kredit shartnomasi imzolanlandan keyin, bank mijozga 
kredit berish to‗g‗risida qaror qabul qiladi va qarz oluvchini kreditlash 
bo‗yicha alohida ssuda hisob varag‗i ochiladi. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlariga kredit shu hisob varag‗idan qarz oluvchining 
to‗lov topshiriqnomasiga binoan tovar–moddiy boyliklar, xizmatlar va 
boshqa kredit obyektlari bo‗yicha talablarni to‗lash uchun naqd pulsiz 
o‗tkazish yo‗li bilan beriladi. Kreditlar maqsadlilik, muddatlilik, 
to‗lovlilik, ta‘minlanganlik va qaytarishlik tamoyillari asosida beriladi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlarini milliy 
valyutada kreditlashda kichik biznes subyektlariga oborot mablag‗larini 
to‗ldirish uchun kreditlar 1 yilgacha muddat bilan beriladi, kichik 
biznesning barcha subyektlariga investitsiya loyihalarini moliyalash 
uchun kreditlar to‗lash muddatini uzaytirish huquqisiz 5 yilgacha 
muddatga berilishi bo‗yicha me‘yor, bugungi kunda bekor qilinib 
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish muddati tijorat banklarining 
kengashi tomonidan tasdiqlanadigan ―Bankning kredit siyosati‖da aks 
ettiriladigan bo‗ldi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish 
uchun beriladigan guvohnomada ko‗rsatilgan faoliyat turi uchun 1000 
minimal ish haqidan oshmagan miqdorda mikrokredit ajratilishi 
mumkin. 
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‗lgan kichik biznes va tadbirkorlik 
subyektlariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‗armasi mablag‗lari 
hisobidan mikrokreditlar ajratilishi mumkin. Imtiyozli kredit berish 
jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan kreditlar berish muddatlari kredit 
berilayotgan tadbirning o‗zini qoplashiga bog‗liq bo‗ladi, chunonchi, 
xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab 
479
• investitsiya loyihasini moliyalashtirishda tijorat bankining o‗z 
ishtiroki ulushi (kreditni qayta moliyalashtirish hisobisiz) uning 
qiymatining kamida 25 foizini tashkil etishi kerak; 
• investitsiya loyihasi tarmoq yoki mintaqa tasdiqlangani 
modernizatsiya qilish|rivojlantirish dasturiga kiritilgan bo‗lishi kerak; 
• foiz stavkasi = 6 oylik Libor + 1% jamg‗arma marjasi + Tijorat 
bankning marjasi; 
• loyihaning qoplanuvchanligi = ko‗pi bilan 7 yil; 
• kreditlash muddati mobaynida loyihaning rentabelligi ichki 
normasi kamida yillik 8 foiz; 
• loyiha bo‗yicha qarzga xizmat ko‗rsatish koeffitsiyenti = ishlab 
chiqarish faoliyatining ikkinchi yilidan boshlab kamida 1,5 yil; 
• talab qilinadigan ta‘minot = Kredit summasining 125 % i 
miqdorida ko‗char yoki ko‗chmas mulk shaklidagi garov, banklar va 
sug‗urta kompaniyalari kafolati.
Loyihalarni ko‗rib chiqish uchun quyidagi hujjatlari taqdim etilishi 
zarur: 
• loyihaning texnik iqtisodiy asoslanmasi (biznes-reja); 
• asbob-uskunani sotib olish shartnomalari; 
• moliyaviy hisobotlar; 
• garov ta‘minoti hujjatlari; 
• ta‘sis hujjatlari; 
• kompleks ekspertiza o‗tkazish uchun zarur bo‗lgan boshqa 
hujjatlar.
Ish haqi uchun kredit ajratish: 
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lgan, bank hisob varag‗ida ish haqi 
to‗lash uchun ma‘lum muddatga mablag‗larga ega bo‗lmagan, ammo 
kredit beriladigan davr mobaynida aniq pul tushumi manbalariga ega 
bo‗lgan, bank mijozlariga 60 kun muddatda qaytarish sharti bilan ish 
haqi uchun naqd pulda kredit ajratilishi mumkin. Ish haqi uchun 
ajratilgan kredit belgilangan tartibda 30 kungacha uzaytirilishi mumkin. 
Bu turdagi kreditni olishi uchun mijoz bankdan oldin olgan kreditlari 
bo‗yicha 
shartnoma 
shartlarini 
buzmagan, 
kreditlar 
bo‗yicha 
qarzdorlikka ega bo‗lmagan bo‗lishi lozim. Mijozning ish haqi uchun 
avval berilgan va so‗ndirilmagan kreditlari bundan mustasno, chunki 
shartnoma bo‗yicha mijozning kreditni so‗ndirish muddati tugamagan 
holda unda kreditga ehtiyoj yuzaga kelishi mumkin. Mijoz ish haqiga 
kredit olish uchun bankka odatdagi standart hujjatlarni taqdim qilishi 
lozim. Ish haqi uchun kreditlar miqdori mijoz tomonidan o‗z ishchilariga 


478
uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45 
foizi miqdorigacha. 
Kredit muddati:
• Dehqon va fermer xo‗jaliklariga qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishini tashkil etishga beriladigan mikrokreditlar, qoida tariqasida 2 
yildan kam bo‗lmagan muddatga beriladi. 
• Budjetdan tashqari jamg‗armalar kredit liniyalari hisobidan 
beriladigan boshqa barcha mikrokreditlar 3 yilgacha bo‗lgan muddatga 
beriladi. 
Dehqon va fermer xo‗jaliklari va kichik biznes subyektlari 
kreditning ta‘minoti sifatida mol-mulk yoki qimmatli qog‗ozlar garovi, 
uchinchi shaxslar kafilliklari va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan 
ta‘minot turlarini garov sifatida rasmiylashtirishga taqdim qilishi 
mumkin. 
Mikrokreditlarni quyidagi maqsadlarga ajratish man etiladi:
a) ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni 
qaytarishga; 
b) tamaki va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarishga; 
d) 
savdo-vositachi 
korxonalar 
aylanma 
mablag‗larini 
shakllantirishga; 
e) savdo obyektlarini qurishni moliyalashga, aholiga har xil o‗yinlar 
ko‗rinishidagi xizmatlarni ko‗rsatish va ular uchun uskunalar sotib 
olishga; 
f) ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy 
mulkni sotib olishga; 
g) ma‘muriy xarajatlarni to‗lashga, shu jumladan, xizmat 
avtomobillari ta‘minotiga. 
O‗zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi 
mablag‗lari 
hisobidan ochiladigan 
kredit 
liniyalar mablag‗lari 
zamonaviy xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalar sotib olish uchun 
eksportga mo‗ljallangan va import o‗rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni 
tashkil etishga yo‗naltiriladi. 
Jamg‗armaning mablag‗lari hisobidan qarz oluvchilarga xorijiy 
valyutada 7 yilgacha bo‗lgan muddatga kreditlar berilishi mumkin. 
Buning uchun:
• investitsiya loyihasini moliyalashtirishda qarz oluvchining ulushi 
o‗z mablag‗lari hisobiga investitsiya loyihasi qiymatining kamida 25 
foizini tashkil etishi kerak; 
467
chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‗lgan aylanma 
mablag‗larni to‗ldirishga kreditlar kichik biznes va tadbirkorlik 
subyektlariga, qoidaga ko‗ra, 1 yil muddatgacha beriladi, investitsiya 
loyihalarini mablag‗ bilan ta‘minlash uchun kreditlar kichik biznes va 
tadbirkorlikning barcha subyektlariga, bankning kredit siyosatidan kelib 
chiqib 5 yil muddatga berilishi mumkin. Jamg‗arma mablag‗lari 
hisobidan kreditlarning avval olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday 
qarzlarni uzishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmaydigan 
shaxsiy mol-mulk sotib olishga berilishi mumkin emas. 
Jamg‗arma 
mablag‗lari 
hisobidan 
berilgan 
kreditlardan 
foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining qayta moliyalash bo‗yicha kredit berilgan kundagi 
belgilangan stavkasining 50 foizidan ortiq bo‗lmagan miqdorda 
belgilanadi. 
Kreditlar mijozning asosiy talab qilib olinadigan depozit hisob 
raqami bankda mavjud bo‗lgan taqdirda beriladi. Bank o‗zi bilan doimiy 
aloqaga, bank hisob varag‗ida doimiy pul oqimiga, yaxshi nufuzga va 
yaxshi kredit tarixiga ega bo‗lgan qarz oluvchilarga, blankli (ishonchli) 
kreditlar berishi mumkin. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlarini kreditlashda kreditning umumiy summasida 
qarz oluvchining garov ta‘minotini rasmiylashtirish bilan bog‗liq 
xarajatlarini hisobga olish huquqi berildi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarining faoliyatini kreditlash uchun 2014-yil davomida barcha 
moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar hajmi 2013-yilga 
nisbatan 1,3 barobarga oshib, 2015-yilning boshiga qariyb 9,2 trln 
so‗mni tashkil etgan bo‗lsa, bu ko‗rsatkich 2015-yilning 9 oyida 9,6 trln 
so‗mga teng bo‗lganini ko‗rishimiz mumkin. 
Tijorat banklari ajratgan kreditlarining maqsadli ishlatilishini 
doimiy monitoring qilib boradi. Monitoring jarayonida mijozning 
xo‗jalik-moliyaviy 
faoliyati, 
uning 
tuzilgan 
shartnomalarga 
(buyurtmanomalarga) muvofiq mahsulot yetkazib berish majbu-
riyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish, noishlab chiqarish xarajatlari va 
yo‗qotishlar, muomala chiqishlari, foyda hajmlari, o‗z aylanma 
mablag‗lari mavjud bo‗lishi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar 
zaxiralari ahvoli, aylanma mablag‗larning muomalada bo‗lishi tahlil 
qilinadi. Bank, qarz oluvchining kredit ishidagi ko‗rsatkichlarni 
turkumlagan holda, uning kreditga layoqatliligini doimiy o‗rganib 
boradi. Bankka berilgan ta‘minotning holati, kreditdan kredit 


468
shartnomasida qayd etilgan shartlarda samarali va maqsadli 
foydalanilishi joyida ham o‗rganilishi mumkin. Mijoz tomonidan kredit 
va u bo‗yicha foizlarni to‗lashda kamchiliklarga yo‗l qo‗yilsa, bank 
tomonidan ularni bartaraf qilish choralari ko‗riladi. 
22-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling