Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Yosh oilalarga ipoteka kreditlari berish me‟yorlari


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Yosh oilalarga ipoteka kreditlari berish me‟yorlari
 
Uy-joy qiymatidan kelib 
chiqib to„langan 
boshlang„ich badal -% 
Bankning yillik foiz 
stavkasi - % 
Ipoteka kreditining 
muddati - yillarda 
Eng kam miqdori 25% 
9% 
15 yilgacha 
Yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari bo‗yicha uch yillik (36 
oy) imtiyozli davr belgilanadi. Ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi 
bankka standart hujjatlar paketini, kreditlash maqsadiga bog‗liq ravishda 
kreditlanayotgan ko‗chmas mulk obyekti bo‗yicha hujjatlar, nikoh va 
bolalari to‗g‗risida guvohnomalar va boshqa zarur hujjatlarni taqdim 
etishi lozim. Bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi 
mumkin.
Yosh oila a‘zolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi bo‗lgan yuridik 
shaxslar yosh oila tomonidan olinadigan uy-joy qurish, rekonstruktsiya 
qilish va sotib olishga ipoteka krediti uchun dastlabki badalni bankka 
o‗tkazib berishi mumkin. Bunda, badal summasi yosh oila a‘zosi (eri 
yoki xotini)ning qaysi biri nomiga ipoteka krediti rasmiylashtiriladigan 
bo‗lsa, uning nomiga bankda ochilgan jamg‗arma omonat hisob 
varag‗iga ish beruvchi tomonidan o‗tkaziladi. 
Yosh oilalarga mikrokredit va iste‟mol kreditlarini berish va 
qaytarish tartibi 
Yosh oilalarning iqtisodiy tashabbuslari va tadbirkorlik faoliyatini 
qo‗llab-quvvatlash maqsadida ularga mikrokreditlar beriladi. Tijorat 
banklari tomonidan yosh oilalarga mikrokreditlarning berilishi
455
qilinishi mumkin. Ipoteka krediti miqdori, muddati va undan 
foydalanganlik uchun foiz stavkasi kredit resurslari manbayiga bog‗liq 
holda belgilanadi va kredit milliy valyutada, 5 yildan 15 yilgacha 
muddatga beriladi. 
Bank tomonidan o‗z mablag‗lari va jalb etilgan mablag‗lari 
hisobidan aholiga beriladigan ipoteka krediti miqdori:

uy qurilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik 
ish haqining 2500 baravarigachani;

uy sotib olish va ko‗p xonadonli uydagi xonadonni sotib olish 
uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2000 
baravarigachani;

uyni rekonstruktsiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan 
eng kam oylik ish haqining 1500 baravarigachani tashkil etadi.
Aholiga beriladigan ipoteka kreditlari bo‗yicha bank bir yil 
muddatga kreditlashning imtiyozli davrini belgilashi mumkin. Imtiyozli 
davr o‗rnatilgan holda berilgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarzni to‗lash 
imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi. Imtiyozli davr 
kredit bo‗yicha foizlar hisoblash va undirishga tatbiq etilmaydi. Ipoteka 
kreditidan foydalanganlik uchun foizlar tijorat banklarining resurslari 
qiymatidan kelib chiqib mustaqil o‗rnatiladi va u banklarning kredit 
siyosatidan kelib chiqib turlicha bo‗lishi mumkin. O‗rtacha olganda 
ipoteka krediti bo‗yicha bank tomonidan yiliga 12-16 foizdan 20 
foizgacha miqdorda, ba‘zi mijozlar uchun bank kredit qo‗mitasi qarori 
asosida O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta 
moliyalash stavkasidan kam bo‗lmagan miqdorda foizlar belgilanishi 
mumkin.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling