Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„z bilimini tekshirish bo„yicha savollar - Alohida ssuda hisob varag‗idan kreditlash tartibini tushuntiring.
Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering
Kredit liniya Ipoteka kreditlari Ochiq kredit liniya Moliyaviy iste‘mol krediti Yopiq kredit liniya Tovar iste‘mol krediti «Stend bay» kredit Sindikatlashgan kredit Kontokorent kredit Mikrokredit Overdraft kredit Mikroqarz Ta‘lim krediti Iste‘mol krediti Lombard krediti Revolver kredit O„z bilimini tekshirish bo„yicha savollar - Alohida ssuda hisob varag‗idan kreditlash tartibini tushuntiring. - Ochiq kredit liniyasidan kreditlashning xususiyatlari qanday? - Yopiq kredit liniyasidan kreditlash xususiyatlarini gapiring. - Overdraft bo‗yicha kreditlash tartibi qanday? - Kontokoorent bo‗yicha kreditlashning xususiyatlarini keltiring. - Tijorat banklari qanday trast operatsiyalarini bajaradi? - Iste‘mol krediti va uning turlarini ta‘riflang? - Ipoteka krediti va uni berish va to‗lash qoidalarini tushuntiring. - Revolver krediti qachon va kimlar uchun qo‗llaniladi? - Qaysi subyektlarga va qanday maqsadlarda sindikatlashtirilgan kreditlar beriladi? - Ta‘lim krediti va uning ijtimoiy ahamiyati to‗g‗risida tushuntiring. 462 kompaniyasining kredit bo‗yicha sug‗urta polisini taqdim qilishi mumkin. Yetakchi bank ishtirokchi banklar bilan birgalikda tavsiya etilayotgan ta‘minot turini tahlil qilishi shart va ular bilan kelishgan holda ularga eng qulay bo‗lgan ta‘minot shaklini tanlash huquqiga ega. Bank sindikati kredit jildidagi barcha hujjatlarni ko‗rib chiqib kredit berish to‗g‗risida qaror qabul qilganidan, yetakchi va har bir ishtirokchi bankning sinditsiyalashtirilgan kreditdagi ulushi aniqlangandan keyin, yetakchi va ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‗rtasida kredit shartnomasi imzolanadi. Kredit shartnomasi tuzilgandan so‗ng, ishtirokchi banklarning ichki tartibida belgilangan tarzda tegishli mas‘ul xodimi tomonidan buxgalteriyaga kreditning miqdori, muddati va foiz stavkasini ko‗rsatgan holda, alohida ssuda hisob raqamini ochish to‗g‗risidagi farmoyishiga asosan ssuda hisob raqami ochiladi. Kredit yig‗ma jildi yetakchi bankda yuritiladi va unda saqlanadi. Kredit yig‗ma jildining nusxasi har bir ishtirokchi bankda saqlanadi. Ishtirokchi banklar tomonidan kreditlashni amalga oshirish kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar va muddatlarda har bir ishtirokchi bank uchun belgilangan kalendar muddatida qarz oluvchining to‗lov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun ssuda hisob varag‗idan naqd pulsiz shaklda to‗lash yo‗li bilan amalga oshiriladi. Kreditni qaytarish muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Kreditdan foydalanish tijorat banki tomonidan doimo monitoring qilib boriladi. Berilgan kreditlar maqsadsiz itshlatilganda ishtirokchi banklar yoki yetakchi bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob varag‗idan muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega. Kreditni qaytarish muddati etib kelganda va qarz oluvchining pul mablag‗lari mavjud bo‗lmagan taqdirda, kredit muddati o‗tgan ssudalar hisob varag‗i orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‗yicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi. Qarzdorning to‗lovga layoqatsizligi tufayli kreditni va uning foizlarini o‗z vaqtida to‗lay olmaganligi uchun mas‘uliyat sinditsiyalashtirilgan kredit to‗g‗risidagi kelishuv asosida barcha ishtirokchi-banklar zimmasida bo‗ladi. 451 guruh nogironlari, kam ta‘minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar. Shuningdek tijorat banki qarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlardan ko‗chirmalar ham olishi mumkin. Zarur holatlarda kredit berish to‗g‗risida xulosani tayyorlash uchun bank qarz oluvchidan qo‗shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega. Ta‘lim kreditlari qaytarishlik, to‗lovlilik, ta‘minlanganlik, muddatlilik va undan maqsadli foydalanish shartlari asosida talabalarning o‗zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin. Kredit ta‘minlanganlik sharti asosida mol-mulk yoki qimmatli qog‗ozlarni garovga qo‗yish, bankning kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi, sug‗urta kompaniyasining qarz oluvchi kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‗urta qilinganligi to‗g‗risidagi sug‗urta polisi, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin yetimlar va ―Mehribonlik uylari‖da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta‘minlangan oilalardan chiqqanlar uchun). Agar taqdim etilgan hujjatlar bank talablariga javob bersa, bank, qarz oluvchi va oliy ta‘lim muassasasi o‗rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Ta‘lim kreditlari bakalavriatga o‗qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‗qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‗lgan muddatga beriladi. Kredit qarz oluvchining ssuda hisob varag‗idan uning yozma topshirig‗iga asosan oliy ta‘lim muassasasining talab qilib olinadigan depozit hisob varag‗iga o‗tkaziladi. Ta‘lim kreditlari bo‗yicha mablag‗lar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o‗qish uchun yillik to‗lovning to‗liq miqdorini ikki teng qismga bo‗lish yo‗li bilan o‗tkaziladi. Bunda yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o‗qiganlik uchun boshlang‗ich to‗lov joriy yilning 1 oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun navbatdagi kalendar yilning 15 martigacha to‗lanadi. O‗qishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to‗lovlar har yarim yillik birinchi oyi (sentyabr va mart)ning 5-kunidan kechiktirilmay to‗lanadi. Ta‘lim krediti chin yetimlarga, ―Mehribonlik uylari‖da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga nol foiz stavkasida yoki foizsiz kredit, talabalarning qolgan toifalariga O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‗lmagan o‗zgaruvchi foiz stavkalarida beriladi. Ta‘lim kreditlari bo‗yicha foiz qo‗shiladigan foizlar uchun to‗lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 452 o‗zgarishiga qarab o‗zgarishi mumkin. Kam ta‘minlangan oilalardan bo‗lgan talabalar uchun kredit bo‗yicha qo‗shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta‘minlashga ko‗maklashish davlat jamg‗armasi mablag‗laridan to‗lanadi. Qarzdor tomonidan kreditni qaytarish naqd pulda, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitob yo‗li bilan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‗lovlar hisobidan amalga oshiriladi. Ta‘lim kreditining foizi har oyda, asosiy qarzi esa talaba o‗qishni bitirgandan so‗ng 3 oydan keyin to‗lanadi. Kredit oluvchi ta‘lim kreditini muddatidan oldin ham qaytarishi mumkin. Kredit shartnoma shartlarining bajarilishi tijorat banki tomonidan monitoring qilib boriladi. Agarda ta‘lim krediti va u bo‗yicha foizlar shartnomada kelishilgan muddatlarda to‗lanmasa bank undiruvni ta‘minotga qo‗yilgan mulkka yoki narsaga qaratadi va kreditni qaytarib olish choralarini ko‗radi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling