Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
ajratilgan kreditlar
Kredit qaytarilmagan hollarda bank yuqorida keltirilgan ta‘minot shakllariga murojaat qilish va kreditni undirib olishi mumkin. 2-§. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini mikrokreditlash O‗zbekiston Respublikasining ―Mikromoliyalash to‗g‗risida‖gi qonuniga muvofiq tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatiladi, ya‘ni ularga mikromoliyalash mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatuvchi tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek, boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatishi mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to‗lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag‗laridir. Shuningdek, ularga muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida maqsadli mikrokredit, jismoniy shaxs bo‗lgan qarz 477 Byudjetdan tashqari jamg‗armalar kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subyektlari, dehqon va fermer xo‗jaliklari ham kreditlar olishi mumkin. Ularga ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar beriladi. Kredit olish uchun bu subyektlar bankka kredit olish uchun ariza, biznes-reja, moliyaviy hisobotlar (agar yuridik shaxs bo‗lmasa talab qilinmaydi), garov ta‘minoti va zarur bo‗lgan boshqa xujjatlarni taqdim qilishlari lozim. Byudjetdan tashqari jamg‗armalar kredit liniyalari hisobidan kreditlar kichik biznes subyektlariga ularning namunaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan investitsiya loyihalariga hamda tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohasi bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarini moliyalashga beriladi. Bunda ajratilayotgan kredit mablag‗lari xizmat ko‗rsatish sohasida yangi tashkil etilayotgan korxonalarni faqat texnologik jihozlash maqsadlariga yo‗naltiriladi. Kredit yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lmagan tadbirkorlik subyektlariga eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‗rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha beriladi. Ushbu manba hisobidan berilgan kreditlar bo‗yicha quyidagi foiz stavkalar o‗rnatiladi: • dehqon va fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, qishloq xo‗jaligi texnikasini sotib olish, fermerlik inshootlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1|3 qismi miqdorida; • bevosita ishlab chiqarish sohasi, ya‘ni mahsulotlar ishlab chiqarish, xomashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish, binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish maqsadlari uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 40 foizi miqdorida; • xizmatlar ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun, jumladan, aholiga maishiy, tibbiy, sayyohlik-ekskursiya va mehmonxona xizmati ko‗rsatish, avtomobillar va boshqa texnika ta‘miri bo‗yicha xizmat ko‗rsatish, transport xizmati ko‗rsatishni rivojlantirish 476 holda kreditga layoqatlilik bo‗yicha doimiy monitoringini amalga oshiradi. Bankka berilgan garovning holati kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda samarali va maqsadli foydalanishi joyida o‗rganiladi. Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaganlik holati aniqlangan taqdirda, bank kreditning belgilangan maqsadda foydalanilmagan qismini kredit shartnomasida belgilangan tartibda qarz oluvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirish huquqiga egadir. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling