5-§. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik
subyektlarini budjetdan tashqari jamg„armalarning kredit
liniyalari hisobidan kreditlash
Ish bilan ta‘minlashga ko‗maklashuvchi davlat jag‗armasi kredit
liniyalari hisobidan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar
berilishi mumkin. Oilaviy tadbirkorlik jismoniy shaxslarning yuridik
shaxs tashkil etmagan holda amalga oshiriladigan birgalikdagi faoliyati
bo‗lib, er-xotin tomonidan ularga birgalikdagi umumiy mulk huquqi
asosida tegishli bo‗lgan umumiy mol-mulk negizida amalga oshiriladi.
Oilaviy tadbirkorlik er-xotinning va ularga ko‗maklashadigan oila
a‘zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Bu turdagi oilaviy
tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash uchun ajratiladigan kredit miqdori eng
kam oylik ish haqining 150 baravarigacha miqdorda beriladi. Kreditning
foiz stavkasi imtiyozli bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/4 qismi miqdorida
belgilanadi.
Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar kreditning an‘anaviy
tamoyillariga asosan qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz 2 yilgacha
bo‗lgan muddatga beriladi.
Qarz oluvchi kredit olish uchun tijorat bankiga ariza, biznes-reja,
garov ta‘minoti bo‗yicha hujjatlarni taqdim qiladi. Mikrokreditni
qaytarishda 6 oy imtiyozli davr belgilanadi va ushbu shart kredit
shartnomasida qayd etiladi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga
ajratilgan mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan
1,5 yil (18 oy) muddatga berishga ruxsat etiladi.
Kredit ta‘minoti sifatida mol-mulk yoki qimmatli qog‗ozlar garovi,
uchinchi shaxslar kafilliklari va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan
ta‘minot turlari qabul qilinishi mumkin.
469
oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan
oshmaydigan summada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida,
shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa to‗lovlilik sharti asosida
Do'stlaringiz bilan baham: |