Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
-§. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari va kasb-
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
3-§. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari va kasb-
hunar kollejlari bitiruvchilariga dastlabki sarmoyani shakllantirish uchun beriladigan mikrokreditlar O‗zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanib, o‗z faoliyatini yuridik shaxs maqomini olgan holda tashkil etib, davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan xususiy korxonalar, mikrofirmalar (shu jumladan, fermer xo‗jaliklari, dehqon xo‗jaliklari) dastlabki sarmoyani shakllantirish uchun mikrokreditlash subyekti bo‗lishi mumkin. Dastlabki sarmoyani shakllantirishga mikrokredit olish uchun mijoz tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim: • kredit maqsadi, muddati, ta‘minoti aniq ko‗rsatilgan ariza; • pul oqimining tahlili ko‗rsatilgan biznes-reja; • Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan qabul qilingan boshlang‗ich yoki tezkor buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisoboti, debitorlik va kreditorlik qarzlari to‗g‗risida ma‘lumotnoma, shuningdek, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorliklar bo‗yicha solishtirish dalolatnomalari; • kreditga layoqatlilik darajasini aniqlash uchun boshqa zaruriy hujjatlar; • garov ta‘minoti hujjatlari; boshqa hujjatlar. 472 Mijozning barcha hujjatlari bank tomonidan qo‗yilgan talablarga javob bersa bank mijoz o‗rtasida kredit shartnomasi imzolanadi va mijozga kredit ajratiladi. Tijorat banklari tomonidan dastlabki sarmoyani shakllantirish uchun beriladigan mikrokreditlar miqdori eng kam oylik ish haqining 300 barabarigacha miqdorda beriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga dastlabki sarmoyani shakllantirish uchun beriladigan mikrokreditlar: • xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‗lgan aylanma mablag‗larni to‗ldirishga, shuningdek, savdo faoliyatini amalga oshirish uchun aylanma mablag‗larni to‗ldirishga 12 oy (1 yil) gacha; (aylanma mablag‗larini to‗ldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan mikrokreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 12 oydan oshishi mumkin emas); • asosiy vositalar xarid qilish va qarz oluvchi o‗z faoliyatida kelgusida foydalanish maqsadida qilayotgan qurilishni moliyalashtirish uchun 3 yilgacha. Kreditning ta‘minoti sifatida mol-mulk yoki qimmatli qog‗ozlar garovi, uchinchi shaxslar kafilliklari va boshqa qonunchilikda ta‘qiqlanmagan ta‘minot turlari qabul qilinishi mumkin. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga dastlabki sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar O‗zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanib, O‗zbekiston Respublikasi ta‘lim muassasalarini tamomlaganiga 1 yildan oshmagan, respublika hududida xususiy tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‗yxatidan o‗tganiga 6 oydan oshmagan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari o‗z biznesini boshlash uchun yetarli mablag‗ga ega bo‗lmagan holda ularga dastlabki sarmoyani shakllantirish uchun tijorat banklari mikrokreditlar ajratishi mumkin. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari dastlabki sarmoyani shakllantirishga mikrokredit olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishadi: • kredit maqsadi, muddati, ta‘minoti aniq ko‗rsatilgan ariza; • faoliyat turini tasdiqlovchi hujjatlar; • tegishli ta‘lim muassasasining ijobiy tavsifnomasi; • kredit oluvchining yashash joyidan ijobiy tavsifnomasi; • pul oqimining tahlili ko‗rsatilgan biznes-reja; 473 • kreditga layoqatlilik darajasini aniqlash uchun boshqa zaruriy hujjatlar; • garov ta‘minoti hujjatlari; • boshqa hujjatlar. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga dastlabki sarmoyani shakllantirish uchun eng kam oylik ish haqining 150 barobarigacha bo‗lgan miqdorda mikrokreditlar beriladi. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga berilgan mikrokreditlar: • xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‗lgan aylanma mablag‗larni to‗ldirishga, shuningdek, savdo faoliyatini amalga oshirish uchun aylanma mablag‗larni to‗ldirishga 12 oy (1 yil)gacha; (aylanma mablag‗larini to‗ldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan mikrokreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 12 oydan oshishi mumkin emas); • asosiy vositalar xarid qilish va qarz oluvchi o‗z faoliyatida kelgusida foydalanish maqsadida qilayotgan qurilishni moliyalashtirish uchun 3 yilgacha berilishi mumkin. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga berilgan mikrokreditlar bo‗yicha ta‘minot turlari ancha soddalashtirilgan. Kredit boshqa turlaridagi kabi bu kredit turida ham an‘anaviy ta‘minot turlari mol- mulk yoki qimmatli qog‗ozlar garovi, uchinchi shaxslar kafilliklari va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan ta‘minot turlari qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari olgan bank kreditlari bo‗yicha muqim ish bilan band bo‗lgan va ish haqi shaklida doimiy daromadga ega bo‗lgan ularning ota-onalari, qarindosh-urug‗lari yoki boshqa jismoniy shaxslarning kafilligi ham kreditning ta‘minoti sifatida qabul qilinishi mumkin. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling