Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

3-§. Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon 
xo„jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli 
mikrokreditlar berish 
 
Tijorat banklari tomonidan kam ta‘minlangan oilalarning shaxsiy 
yordamchi va dehqon xo‗jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun 
imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berilishi mumkin. Mikrokredit 
qaytarishlik, to‗lovlilik, ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadli 
foydalanish shartlari asosida beriladi. Bu xo‗jaliklarga mikrokreditlar 
eng kam ish ќaqining 80 baravarigacha bo‗lgan miqdorda beriladi. 
Chorvachilikni rivojlantirish uchun kam ta‘minlangan oilalarga 
mikrokreditlar shaxsiy yordamchi va dehqon xo‗jaligi rahbarining kredit 
olish uchun bankka bergan arizasi, pasport nusxasi va mahalla, qishloq, 
ovul fuqarolar yig‗ini kengashlari tavsiyanomalariga asosan, tomonlar 
o‗rtasida tuzilgan shartnoma bo‗yicha 3 yilgacha bo‗lgan muddatga, 
qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi. Kredit naqd pulda 
yoki naqdsiz pul o‗tkazib berish yo‗li bilan Markaziy bankning qayta 
moliyalash stavkasi darajasidan yuqori bo‗lmagan miqdordagi foiz 
stavkada ajratilishi belgilangan.
Bank mikrokreditning ta‘minoti sifatida mol-mulk garovi, bank 
yoki sug‗urta kompaniyasi kafolati, uchinchi shaxs kafilligi, qarz 
oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarilmaslik xatarining bank-
benefitsiar foydasiga sug‗urta qilinganligi to‗g‗risidagi sug‗urta polisi va 
boshqa ta‘minot turlarini qabul qilishi mumkin.
Mikrokredit shartnomasi tuzilgandan keyin qarz oluvchiga bankda 
ssuda hisob varag‗i ochiladi. Qarz oluvchining to‗lov topshiriqnomasiga 


512
(sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing 
obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada 
belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun 
o‗n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Lizing munosabatlarini 
o‗rnatishda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi 
kerak:
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing 
oluvchining mulki bo‗lib o‗tsa;
lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining 
sakson foizidan ortiq bo‗lsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi 
tugaganidan keyingi qoldiq qiymati, uning boshlang‗ich qiymatining 
yigirma foizidan kam bo‗lsa;
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing 
obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to‗lab sotib olish 
huquqiga ega bo‗lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi 
lizing obyekti qiymati asos bo‗ladi;
lizing shartnomasi davri uchun lizing to‗lovlarining joriy 
diskontlangan (hisobga olingan) qiymati lizing obyektining lizingga 
topshirish paytidagi joriy qiymatining to‗qson foizidan ortiq bo‗lsa.  
Lizing uch taraflama (sotuvchi – lizing beruvchi – lizing oluvchi) 
yoki ikki taraflama (lizing beruvchi – lizing oluvchi) lizing shartnomasi 
bo‗yicha amalga oshiriladi. 
Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan, iste‘mol qilinmay-
digan har qanday ashyolar, shu jumladan, korxonalar, mulkiy 
komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda 
boshqa ko‗char va ko‗chmas mulk lizing obyektlari bo‗lishi mumkin. 
Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing subyektlari 
hisoblanadi. 
Lizing shartnomasi bo‗yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish 
maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi 
deb e‘tirof etiladi. 
Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‗yicha 
lizing obyektini olayotgan shaxs lizing oluvchi deb e‘tirof etiladi. 
Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‗lsa, shu 
shaxs sotuvchi deb e‘tirof etiladi.
Lizing faoliyati investitsiya faoliyat turi bo‗lib amalga lizing 
beruvchi o‗z mablag‗lari va (yoki) jalb etilgan mablag‗lar hisobidan 
lizing obyektini sotib oladi va uni lizing shartnomasi asosida ma‘lum 
shartlar bo‗yicha lizing oluvchiga foydalanishga beradi. Lizing uning 
497

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling