Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


faktoring (international factoring)


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

faktoring (international factoring) hisoblanadi. Faktoringning bu 


504
turida eksportyor bank yoki faktoring kompaniya bilan global tsessiya 
shartnomasini 
tuzadi 
va 
eksportyorning 
barcha 
yoki 
ba‘zi 
importyorlaridan uning to‗lovlarini undirish huquqini faktorga o‗tkazadi. 
Faktoringning u yoki bu turini qo‗llash mol sotib oluvchining pul 
mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyoji va banklarda bank resurslarining 
yetarliligiga, faktoring operatsiyaning risk darajasiga bog‗liq. Shu va 
boshqa sabablardan kelib chiqib faktoringning qiymati, u bo‗yicha 
komission va foiz to‗lovlarining miqdori past yoki yuqori bo‗lishi 
mumkin. 
 
3-§. Faktoring xizmati bo„yicha shartnoma va uning tarkibi 
Dunyo amaliyotida faktoring xizmatlarining narxi 2 elementga 
bog‗liq: 
1) Xizmat ko‗rsatish uchun haq – komission to‗lov. U o‗rtacha 
schyot-faktura narxining 0,5–3,0 %ini tashkil qiladi, ammo ba‘zi 
hollarda bu to‗lov 5 %gacha ham boradi. 
2) Berilgan kredit mablag‗lari uchun haq – bankning kredit 
bo‗yicha foiz stavkasi. Uning miqdori mijoz tovar hujjatlarini bankka 
taqdim qilib, pul mablag‗larini bankdan olgan kundan boshlab to mol 
sotib oluvchidan pul kelib tushishigacha bo‗lgan vaqt ichidagi 
mijozning kundalik debet saldosi miqdoriga qarab belgilanadi. Ushbu 
davr mijozning bank kreditidan foydalangan davri – kreditning muddati 
hisoblanadi. 
Faktoring xizmati mijoziga shartnoma asosida ko‗rsatiladi. 
Shartnomada, albatta, bankning mol yetkazib beruvchiga regress huquqi 
borligi yoki yo‗qligi ko‗rsatiladi. 
Regress huquqiga ega bo‗lgan shartnomada bank mol yetkazib 
beruvchiga bergan uning hujjatlarini to‗lab berish bo‗yicha majburiyati 
va to‗langan mablag‗larini qaytib olish huquqiga ega va, aksincha, 
regress huquqiga ega bo‗lmagan shartnomada bank to‗lanmaslik riskini 
o‗z zimmasiga oladi. 
Jahon amaliyotida faktoring operatsiyalari bo‗yicha chegaraviy 
summalarni belgilashning uch xil usuli mavjud: 
1) Kreditlash limitini ajratish. Faktoring xizmati shartnomasida 
xizmatlarni ko‗rsatishning limit chegarasi belgilanadi. Agar MYB 
tomonidan to‗lanadigan summa belgilangan limitdan oshib ketsa, bank 
mol yetkazib beruvchiga barcha qo‗shimcha mablag‗larni qaytarib 
berish huquqiga ega. Mol yetkazib beruvchi to‗lovga qobiliyatsiz bo‗lsa, 
505
u holda mol yetkazib beruvchining hisob varag‗iga kelib tushadigan 
mablag‗lar uning qarzdorlik summasi undirilgunga qadar bank hisobiga 
o‗tkaziladi. 
2) Har oylik yuk jo‗natish limitini jo‗natish. Mol yetkazib beruvchi 
mijoz qarzining miqdoridan qat‘i nazar, shubhali qarzlardan 
sug‗urtalanadi. Limit hafta, oy, choraklarda belgilanishi mumkin. 
3) Alohida shartnomalar bo‗yicha sug‗urta. Bu usul alohida 
holatlarda, katta summalarda shartnomalar imzolanganda qo‗llaniladi. 
Ba‘zi hollarda tomonlar aralashgan usullarni ham qo‗llashlari mumkin.
Faktoring xizmati to‗g‗risida bank mol yetkazib beruvchi bilan 
shartnoma imzolashdan oldin mol yetkazib beruvchi o‗z bankiga mol 
sotib oluvchining rekvizitlarini – to‗lovchining nomi va manzili, u bilan 
tuzilgan shartnoma shartlari, barcha qarzdorlik to‗lovlari summasi va 
boshqa tur ma‘lumotlarni taqdim etadi. Barcha ma‘lumotlarni o‗rganib 
chiqib bank kelishuv shartlari to‗g‗risida qaror qabul qiladi. Faktoring 
xizmatlari to‗g‗risidagi shartnoma yoki kelishuv, odatda, 1–4 yilga 
tuziladi. Ochiq faktoringda shartnoma yoki kelishuv to‗liq xizmat 
amalga oshirilishiga, yopiq faktoringda esa faqat hisob-kitob hujjatlari 
hisobini (diskontlashga) yuritishga tuziladi. 
To‗liq xizmat ko‗rsatish to‗g‗risidagi shartnoma yoki kelishuv 
regress huquqi bilan tuziladi (ma‘lum vaqtga, asosan, to‗lov muddatidan 
so‗ng 90 kun), alohida holatlarda esa mol yetkazib beruvchi bankning 
ishonchini qozongan bo‗lsa, regress huquqi bo‗lmasligi ham mumkin. 
Davlatlararo savdo-sotiq qiladigan korxonalarga xizmat ko‗rsatishda 
eksport va import faktoringidan ham foydalaniladi. 
Faktoring kelishuvida faktoring turidan tashqari, shuningdek, 
quyidagilar ko‗rsatiladi: 
• sotib oluvchilar, taqdim etiladigan majburiyatlar; 
• taqdim etiladigan majburiyatlarning limit (nazorat) summasi; 
• avans miqdori; 
• ushlab qolishlar; 
• majburiyatlarni to‗lash muddatlari; 
• faktoring operatsiyalarini bajargani uchun to‗lov miqdori; 
• yetkazib beruvchi tomonidan olinadigan qo‗shimcha xizmatlar; 
• faktoring operatsiyalari bo‗yicha chegaraviy summa; 
• regress huquqi; 
• mol sotib oluvchi tomonidan to‗lovni amalga oshirishning oxirgi 
muddati; 


528

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling