Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
XVIII BOB. TIJORAT BANKLARINING YANGI XIZMAT TURLARI 1-§. Bank innovatsiyasining mohiyati va tarkibi. Bank ishlashining samaradorligi va bozorda uning raqobat- bardoshligi ko‗p jihatdan ularning faoliyatida qo‗llaniladigan yangi bank mahsuloti va texnologiyalariga bog‗liq. Yangi mahsulot va texnologiyalar o‗zida innovatsiyani aks ettiradi. Innovatsiya inglizcha innovation - yangilik kiritish, yangilik, novatorlik so‗zining tarjimasi «novatsiyaga investitsiya» ma‘nosini bildiradi. Novatsiya (lotincha novation - o‗zgarish, yangilash) ilgari bo‗lmagan yangilikni kiritishni anglatadi. Fuqarolik huquqiga asosan novatsiya tomonlarning o‗rnatgan majburiyatlarini boshqasi bilan almashtirishni bildiradi. Bunday almashtirish natijasi yangilik kiritishdir. Moliyaviy sferada amal qiluvchi novatsiya moliyaviy novatsiya hisoblanadi. Moliyaviy novatsiyaning bir qismi bank tomonidan bank mahsuloti va operatsiyalari shaklida tashkil qilinadi. Bu bank novatsiyasidir. Bank mahsuloti deganda, bank xizmatining moddiy rasmiylashtirilgan qismi tushuniladi (kartochka, jamg‗arma kitobchasi, yo‗l cheki, elektron hamyon va h.k.). Bank mahsuloti buyum shakliga ega bo‗lib, u moliyaviy bozorda sotishga mo‗ljallanadi. Bankning yangi mahsuloti birlik (yagona ) shaklda yoki ko‗plikda bo‗lishi mumkin. Birlikdagi mahsulot - bu individual mahsulot, u boshqa bank mahslotlaridan ajratib turadigan o‗ziga xos xususiyatlariga ega. Masalan, ma‘lum massadagi aniq qimmatbaho metaldan yasalgan aniq tanga, aniq ko‗chmas mulk, aniq emitet bankning obligatsiyasi v.b. Birlikdagi bank mahsloti o‗zining aniq belgilangan xaridorlariga ega. Shuning uchun u aniq xaridorga hisoblanib chiqariladi. Ko‗plikdagi bank mahsuloti individuallikdan keskin farq qilmaydigan mahsulot. U o‗ziga xos xususiyatlariga ega emas. Ko‗plikdagi bank mahsuloti mahsulot yoki moliyaviy aktiv turi bo‗yicha farqlanadi, masalan, bank depoziti, ichki zayomning barcha turlari 513 uchta subyekti ishtirok etadigan to‗g‗ridan to‗g‗ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo‗lib bir shaxsning o‗zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin. Lizing munosabatlari lizing shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Lizing shartnomasida bank (lizinga beruvchi), ijaraga oluvchi korxona (lizinga oluvchi) va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi korxona) ishtirok qiladi. Lizing shartnomasi yozma shaklda tuziladi va unda quyidagi muhim shartlar bayon etiladi: - lizing obyektining miqdori, sifati, ro‗yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko‗rsatkichlari va shartnomaning umumiy pul summasi; - taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bog‗liq majburiyatlari; - lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi; - lizing to‗lovlarini to‗lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi; - lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta‘mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari; - shartnomaning amal qilish muddati; - sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun mas‘ul tarafning ko‗rsatilishi; - lizing obyektini sug‗urta qilish; - fors-major holatlar; - lizing beruvchi qo‗shimcha xizmatlar ko‗rsatishi, bunday xiz- matlarsiz lizing obyektidan foydalanib bo‗lmasa; - lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi va boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Lizing beruvchi va sotuvchi o‗rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganida, qo‗shimcha ravishda, lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Lizing oluvchi, lizingni beruvchi va lizingni sotuvchi o‗rtasida tuzilgan shartnoma asosida bevosita mulk sotuvchiga mulkning sifati, butligi va uni yetkazib berish muddati haqida hamda sotuvchi tomonidan tegishli shartnomani bajarishdagi kamchiliklari uchun talablar qo‗yish huquqiga egadir. Lizing bitimining subyekti shartnomadagi tomonlar bo‗lib, ular lizing tizimida bevosita qatnashadilar. Shu bilan birga, ularni bevosita va bilvosita qatnashuvchilarga ajratish mumkin. Lizing bitimida bevosita qatnashuvchilar: 514 lizing firmalar va kompaniya (lizingga beruvchi va ijaraga beruvchi); ishlab chiqarish (sanoat va qishloq xo‗jaligi, savdo-sotiq va transport korxonalari va aholi ijaraga oluvchi yoki lizingga oluvchilar); Bitimdagi obyektni yetkazib beruvchilar (ishlab chiqarish, sanoat va tijorat kompaniyasi) kiradi. Lizing bitimida bilvosita qatnashuvchilar: • tijorat va investitsiya banklari (lizingga beruvchilarni kreditlash va bitimlarning kafolatlari bo‗lib xizmat qiladi); • sug‗urta kompaniyalari; • broker, vositachilik firmalari bo‗lishi mumkin. Lizing firmalari, kompaniyalari faoliyat harakteriga ko‗ra universal va tor ixtisoslashgan bo‗lishi mumkin. Tor ixtisoslashgan kompaniyalar, odatda, bir turdagi tovarlar (yengil avtomashinalar va konteynerlar) yoki standart turdagi tovarlar guruhi (qurilish uskunalari, tekstil korxonalari uchun uskunalar) bilan ishlaydilar. Universal lizing kopaniyalari har xil turdagi mashina, asbob- uskunalarni ijaraga beradilar. Lizing firmalari, kam hollarda, mustaqil faoliyat olib boradilar. Ular, ko‗p hollarda, lizing kompaniyalari yoki banklar tomonidan boshqariladi. Banklarning lizing bozorida muhim rol o‗ynashining o‗ziga xos quyidagi bir qancha sabablari bor: * birinchidan: lizing biznesning barcha turlarida juda zarur vosita ekanligi va banklar esa katta pul resurslariga ega bo‗lib, xo‗jalik subyektlarining lizingga bo‗lgan ehtiyojini qondira olishi; * ikkinchidan: lizing xizmatlarini o‗zining iqtisodiy xarakteriga ko‗ra kreditlash jarayoniga o‗xshash va unga o‗ziga xos muqobil ekanligi bilan izohlanadi. Moliyaviy bozordagi raqobat banklarni bu operatsiyalarni faollik bilan kengaytirishga undaydi. Bu esa banklarni lizing operatsiyalarni amalga oshiruvchi kompaniyalar qatorida faoliyat ko‗rsatishga olib keladi. Shu bilan birga, banklar mustaqil lizing kompaniyalariga kredit berish orqali ular faoliyatini nazorat qila oladilar. Lizing munosabatlarini, yanada aniqroq, quyida ko‗rib chiqamiz. Lizing kompaniyasi (lizing beruvchi) xo‗jalik subyekti yoki ishlab chiqaruvchi (lizing oluvchi)ning buyurtmasiga asosan o‗z mablag‗lari yoki jalb qilingan mablag‗lar hisobidan mulk (lizing obyekti)ni o‗z 527 Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling