Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Regress huquqi bilan faktoring (recourse factoring)da


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Regress huquqi bilan faktoring (recourse factoring)da bank yoki 
faktoring kompaniya o‗z mijozining debitor qarzini regress huquqi bilan 
sotib olish bo‗yicha shartnoma tuzadi. Buning mohiyati shundaki, agar 
bank (faktor) mol sotib oluvchidan tovar hujjatlari bo‗yicha to‗lovni 
undira olmasa, u mol yetkazib beruvchiga bank to‗lab bergan mablag‗ 
(qarz)ni qaytarib bankka to‗lash to‗g‗risida talabnoma qo‗yishi 
to‗g‗risida kelishib oladi. Faktoringning bu turi bank riskini kamaytirishi 
bilan bir qatorda mol yetkazib beruvchi faoliyatida yuzaga keluvchi 
kredit riskni oshiradi. Regress huquqisiz faktoring (non recourse 
factoring)da bunday imkoniyat bo‗lmaydi. Faktoringning bu turida mol 
sotib oluvchi mol yetkazib beruvchining talablari bo‗yicha to‗lamagan 
taqdirda ham barcha xarajatlarni bank qoplab berishi lozim bo‗ladi. Shu 
sabab faktoringning bu turi xalqaro amaliyotda juda kam hollarda
qachonki, mol sotib oluvchining moliyaviy holati barqaror, to‗lovga 
507
Faktoring mol yetkazib beruvchi uchun foydalidir. Birinchidan, u 
umumiy summaning asosiy qismini shu vaqtda oladi va o‗zining 
xamkorlari, mol yetkazib beruvchilari, xodimlari bilan hisob-kitoblarni 
tezkor amalga oshiradi, uning mablag‗i tejaladi, xarajatlari kamayadi. 
Ikkinchidan, bank to‗lanmagan majburiyatlarni o‗zi zimmasiga olishi 
bilan birga mol yetkazib beruvchining to‗lamaslik riskini ham o‗z 
zimmasiga oladi. Uchinchidan, mol yetkazib beruvchi kredit riskidan 
himoyalanadi. U o‗z faoliyati bo‗yicha aniq muddatlarni belgilab, o‗z 
rejalarini amalga oshirishi mumkin. To‗rtinchidan, bank mijozga to‗liq 
summani to‗laguncha boshqa xil xizmatlarni ham ko‗rsatadi: mijoz bank 
xizmatlari bo‗yicha turli axborot, audit, sug‗urta, statistika ma‘lumotlar 
va boshqalardan xabardor bo‗lish imkoniyatiga ega bo‗ladi. 
Faktoring xizmatlari kichik biznes korxonalari faoliyatini olib 
borishda qulay keladi, chunki ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyati 
bo‗la turib, ular mol sotib oluvchilardan mablag‗larni o‗z vaqtida ola 
olmasligi oqibatida moliyaviy qiyinchiliklarga uchraydilar. Faktoring 
esa mana shunday moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf qilishga zamin 
yaratadi. 
Ammo 
barcha 
mol 
yetkazib 
beruvchilar 
ham 
faktoring 
operatsiyalari subyekti bo‗la olmaydilar.
Debitorlari juda ko‗p bo‗lgan subyektlar, kreditga va to‗lovga 
qobiliyatsiz deb topilganda, jismoniy shaxslardan va bankning boshqa 
moliyaviy talablariga javob beraolmaydigan subyektlar faktoring 
operatsiyalarini o‗tkaza olmaydilar.  

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling