Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To„lay olmaslik riski
- Valyuta riski
- Huquqiy risk
Likvidlik riski - bunda moliyaviy yo‗qotishlar vujudga kelishi
mumkin. Bu moliyaviy yo‗qotishlar lizingga beruvchining balans passivi bo‗yicha majburiyatlarini qoplay olmasligi natijasida kelib chiqadi. Bu risk ssuda kapitali bozoridan jalb etilgan resurslar hisobiga to‗lov muddati yetib kelmagan aktiv operatsiyalarni qayta moliyalashga qobili- yati yetmaganda vujudga keladi. To„lay olmaslik riski - lizing oluvchi tomonidan lizing to‗lovlari to‗lay olmasligi. Bu riskni kamaytirish uchun ijaraga oluvchining moli- yaviy holatini yaxshilab o‗rganish, uchinchi shaxsdan kafolat olish, to‗lay olmaslik riskini sug‗urtalashi lozim. Valyuta riski - bu valyuta kursining o‗zgarishi natijasida pul mablag‗larining yo‗qotilishi; Siyosiy va huquqiy risklar - bu o‗zaro bog‗liqdir. Bular xalqaro lizing operatsiyalarida yaqqol ko‗rinadi. Siyosiy risk - bu mamlakatda siyosiy ahvolning o‗zgarishi, ish tash- lash, davlat iqtisodiy siyosatining o‗zgarishi moliyaviy yo‗qotish xavfini keltirib chiqaradi. Huquqiy risk - bu qonunlar va boshqa huquqiy me‘yoriy aktlarning o‗zgarishi bilan bog‗liq bo‗lgan yo‗qotishlar. Lizing jarayonlari va shartnomasi bilan bog‗liq risklarni boshqarish bank va xo‗jalik subyektlari faoliyatining samaradorligini oshirishga zamin yaratadi. Bu borada lizing shartnomasi shartlariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Lizingga oluvchi o‗zining grafigiga muvofiq, lizing to‗lovi majburiyatini va mol-mulkni saqlash va asrab foydalanishni o‗z zimmasiga oladi. Agar bu shartlar bajarilmasa, bank tezda lizing shartnomasini bekor qilishi mumkin. Shartnoma shartlariga rioya etmagan holda zarar yuzaga keladigan bo‗lsa, lizing oluvchi zararni qoplashi lozim bo‗ladi. Bundan tashqari, lizing oluvchi mol-mulkni qaytarishi yoki uni qoldiq qiymatini to‗lashga majbur. Agar shartnoma lizing beruvchining aybi bilan bekor qilingan bo‗lsa, lizing oluvchi lizing kelishuvida chegaralangan miqdorda jarima olish huquqiga ega. Shunday qilib, lizing uzoq muddatli kreditning alohida shaklidir. Uning lizing oluvchi uchun afzalligi shundaki, birinchidan, lizing to‗lovi maqsulot tannarxiga qo‗shiladi va soliq solinadigan foyda summasini 524 M=4%x400=16 ming so‗m. Qo‗shimcha xizmatlar uchun yillik to‗lov: K=10/2=5 ming so‗m. Lizingning birinchi yili, yillik tushum (K+M+K): 74+16+5=95 ming so‗m. Lizingning 2 yili. Yillik tushum (K+M+K): 62+16+5=83 ming so‗m. QQS=20%x83=16,6 ming so‗m. Lizing to‗lovining summasi (yig‗indisi) – lizingning birinchi yili: T=60+74+16+5+19=174 ming so‗m. Lizingning 2 yili: T=60+62+16+5+16,6=159,6 ming so‗m. Lizing shartnomasi intellektual mulkka egalik qilish huquqini qo‗lga kiritish (nou-xau, litsenzion huquq, tovar belgisi, markasi huquqi v.b.), montaj ishlarini amalga oshirishni, kafolat bergandan keyingi xiz- mat va ta‘mirlash ishlarini va boshqalarni o‗z ichiga olishi mumkin. Lizing shartnomasi qatnashchilari kelishuv asosida lizing predmeti bo‗yicha tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblashni qo‗llashlari mum- kin. Bunda bir tekisda amortizatsiyani hisoblash usuli bo‗yicha amorti- zatsion chegirmalar normasi 3 dan katta bo‗lmagan tezlashtirilgan koef- fitsiyentga ko‗payadi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling