Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Uskunaning ishlash muddati - bu uskunaning mexanik-iqtisodiy 
ma‘lumotlari bo‗yicha aniqlanadi. Lizing shartnomasi muddati 
uskunaning, ijara beruvchining shartlarini hisobga olgan holda 
o‗rnatiladi.
Uskunaning amortizatsiya muddati. Bu hukumat organlari 
tomonidan belgilanadi. Moliyaviy lizingda shartnoma muddati, odatda, 
amortizatsiya muddati bilan mos keladi. 
Inflyatsiya jarayonlarining dinamikasi. Lizingga beruvchi tez 
o‗suvchi inflyatsiya sharoitida o‗zgarmas ijara to‗lov ostida uzoq 
muddatga shartnoma tuzishi foydali emas yoki narxlarning tushish 
tendensiyasiga ega bo‗lgan davrda lizing beruvchi shartnomani uzoq 
muddatga tuzishga harakat qiladi. 
Ssuda-kapital bozorining konyunkturasi va uning rivojlanish 
tendensiyasi. Lizing kompaniyalari bank kreditlarini keng ko‗lamda 
ishlatadilar. 
Bank 
uzoq 
muddatli 
kreditlarining 
foizi 
lizing 
shartnomasida o‗rnatiladigan foizlarga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. 
Lizing qiymati. Lizing operatsiyalari qiyin jarayon bo‗lib, bu lizing 
to‗lovlarining qiymatini aniqlashni ko‗zda tutadi. Qisqa va o‗rta 
muddatli lizingda lizing to‗lovlarining summasi ijaraga olinadigan 
tovarlar bozorining konyunkturasi orqali aniqlanadi. 
Uzoq muddatli lizingda lizing to‗lovlari shartnoma obyektining 
qiymati va lizing shartnomasining davom etish muddatiga asoslangan 
hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Ijara to‗lovining tarkibiga quyidagi 
asosiy elementlar kiradi: 
- amortizatsiya; 
- shartnomani amalga oshirishda ijaraga beruvchi tomonidan jalb 
etiladigan resurslar uchun to‗lovlar; 
- ijaraga beruvchining ko‗rsatadigan xizmatlari uchun olgan 
daromadini o‗z ichiga olgan lizing marjasi (1-3 %); 
- risk miqdori, ya‘ni ijaraga beruvchi o‗ziga olgan turli xildagi 
risklarning miqdori. 
Lizing kreditning bir turi bo‗lishi bilan birga, uning kreditdan qator 
farqli jihatlari mavjud. Avvalo, lizing va kredit munosabatlari o‗zining 
subyekti va obyekti bo‗yicha quyidagicha farq qiladi: 
1. Kredit munosabatlarining ishtirokchilari – subyektlari kredit 
beruvchi (kreditor) va kredit oluvchi (qarzdor) ishtirok etsa, lizingda 
525
yotgan paytda bitim obyekti qiymatining bozor qiymatidan kelib 
chiqqan holda belgilash orqali riskdan himoyalanish mumkin. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling