Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
 
 
30-rasm. Pul hisob- kitob hujjatlarini bankning ma‟lumotlar 
bazasiga kiritish 
Bank tomonidan yaratilgan dasturlar va boshqa yangi 
ta‘minotlar bankning shaxsiy mulki hisoblanadi. Bank mijozlari 
ushbu dasturning asosiy foydalanuvchilari hisoblanib, ular 
munosabatlari tartibga solinishi uchun shartnoma tuziladi. Aloqa 
kanallari orqali mijoz bilan bank o‗rtasidagi axborot almashinuvi 
shartnomada kelishilgan vaqtda amalga oshiriladi. Yangi amaliyot 
kuni boshlanishdan oldin mijoz o‗tgan kun bo‗yicha o‗z depozit 
hisob varag‗idagi harakatlar (oborotlar) va qoldiqlarni bank bilan 
taqqoslab (tekshirib) olishi shart. Agar harakatlar va qoldiqlar mos 
kelsa, mijozga yangi amaliyot kunini boshlash va hujjatlarni kiritish 
uchun ruxsat beriladi. Aks holda, ular o‗rtasidagi farq sabablari 
aniqlanadi va mijoz axboroti bank axboroti bilan muvofiqlashtiriladi. 
Shaxsiy hisob varaqlardagi harakatlar va qoldiqlarning taqqoslash 
natijalaridan qat‘i nazar bank bilan mijoz o‗rtasidagi axborot 
so‗rovnomalari va xabarlar almashinishi amalga oshiriladi. 
Bu tizim orqali hisob-kitob qilishda mijoz o‗z hisob varag‗idan 
mablag‗larni faqat to‗lov topshiriqnomasi shaklida amalga 
oshiradi. 
Bankda mijozlardan aloqa kanalari orqali olingan elektron pul 
hisob-kitob hujjatlari, to‗lovlar amalga oshirilgandan keyin ikki 
nusxada chiqariladi: 
 bir nusxasi umumiy tartibda bankning kunlik hujjatlar 
yig‗masiga tikiladi; 
Axborotni uzatish 
Elektron imzoni 
shifrlash 
MIJOZ 
hujjatlarini 
tayyorlash 
Deshifratsiya, 
elektron imzoni 
tekshirish 
Axborotlar rekvizitlari 
nazorati 
Bankning Markaziy 
bankka hujjatlar
kiritishi 


532
 boshqa nusxasi esa taqqoslash uchun pul hisob-kitob 
hujjatlarining asl nusxalarini olguncha bankda qoldiriladi. 
Elektron to‗lovlar tizimi orqali kelib tushgan pul hujjatlari ijro 
etilgandan so‗ng mijozning pochta qutisiga joylashtiriladi. Kun 
davomida mijozlardan olingan barcha ma‘lumotlar arxivlanadi va 
o‗rnatilgan tartibda saqlanadi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling