Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering
Faktoring Faktor Ochiq va yopiq (cheklangan) faktoring Regress huquqi Lizing Lizing obyekti Lizing subyekti Lizing qiymati Xalqoro lizing O„z bilimini tekshirish uchun savollar - Faktoringning mohiyati, zarurligi va turlari. - Tijorat banki faktoring operatsiyalarining ahamiyati. - Ichki va xalqaro faktoring nima? - Faktoring xizmati bo‗yicha shartnoma va uning tarkibini tushunti- ring. - Tijorat banklarida faktoring operatsiyalarini o‗tkazish tartibi qaysi bosqichlarni o‗z ichiga oladi? - Tijorat banklarining lizing operatsiyalari va ularning turlarini izohlang. - Lizingning ijobiy tomonlari, ahamiyatini izohlang. - Lizing, faktoringning bir-biridan farqi, ijobiy tomonlarini ayting. 526 kamaytiradi. Ikkinchidan, lizingga berilgan mol-mulk bank balansida hisobga olinadi, lizing oluvchi korxona balansi likvidliligini saqlashga imkon beradi. Uchinchidan, lizing korxonaga asosiy fondlarni olish va ulardan foydalanishni boshlash imkoniyatini yaratadi va bunda oborotdan pul jalb qilinmaydi, lizing uchun to‗lov esa lizingga berilgan asbob uskunalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar realizatsiyasidan tushum bo‗yicha hisoblanadi. To‗rtinchidan,lizing oluvchilar yangi texnika-texnologiyalarga ega bo‗ladilar, ishlab chiqarish hajmi va samaradorligi oshadi, subyektning moliyaviy ahvoli yaxshilanadi. Beshinchidan, lizing to‗lovlari uskunalar o‗rnatilib, sozlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilgandan keyingina to‗lay boshlanadi, bunda lizing oluvchi to‗lovni lizingga olingan uskunalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar realizatsiyasidan tushgan mablag‗lardan amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Ayrim hollarda, kelishuvga ko‗ra lizing beruvchi lizingga berilgan uskunalarga texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash majburiyatini o‗z zimmasiga olishi mumkin. Oltinchidan, lizing oluvchi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotishni ko‗zda tutgan holda, kapital qo‗yilmalarni moliyalash bo‗yicha o‗z xarajatlarini nazoratga olish imkoniyatiga ega bo‗ladi, chunki lizing to‗lovlari lizing oluvchining imkoniyatlari va xohishlarini e‘tiborga olingan maxsus ishlab chiqarilgan jadval bo‗yicha amalga oshiriladi. Yettinchidan, lizing oluvchi lizing muddati davomida lizingga olingan uskunalar uchun mulk solig‗ini to‗lamaydi va lizing muddati tugagach, uskunalarni ham qoldiq qiymati bo‗yicha, eskirish miqdorini chegirib tashlagan holda o‗z balansiga qabul qiladi. Sakkizinchidan, yuqorida ta‘kidlaganimizdek, lizing oluvchi to‗laydigan lizing to‗lovlari qo‗shimcha qiymat solig‗iga tortilmaydi. Lizing oluvchi daromadining soliqqa tortiladigan bazasini belgilashda yalpi daromaddan lizingga olingan asosiy vositalarning amortizatsiya to‗lovlari summasi, lizing bo‗yicha foizlar chegirib tashlanadi. Bank uchun lizing qulay faoliyat hisoblanib, unda nafaqat to‗lov ta‘minoti kafolatlangan, balki asbob-uskunalarni o‗zi shu davrdagi joriy operatsiyalar bo‗yicha garov bo‗lib xizmat qiladi, lizing shartnomasi shartlari bajarilmaganda esa o‗ziga qaytarib olishi mumkin bo‗ladi. Bu bank faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan risklarni kamaytiradi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling