Moliyalashtiriladigan faktoringda mijoz, ya‘ni MYB MSOdan
muddati kelganda, olishi lozim bo‗lgan to‗lovlarni undirish huquqini
bank (faktor)ga beradi. Faktoringning moliyalashtiriladigan turida
faktoring kompaniyasi oldindan to‗lash sharti bilan yuklab jo‗natilgan
tovarlar, ba‘zi hollarda hali jo‗natilmagan tovarlar bo‗yicha tomonlar
o‗rtasida tuzilgan shartnoma asosida MYBning tovar hujjatlari
qiymatining 60–70 foizini tezlik bilan to‗lash sharti asosida mijozdan
tovar hujjatlari (schyot-fakturalar)ni sotib oladi. Ayrim hollarda MYB
yuborgan tovarlari yoki ko‗rsatgan xizmatlari qiymatining 80–90 %ini
bankdan oladi, ya‘ni bank o‗z mijozining tovar va xizmatlar bo‗yicha
debitor qarzini to‗lab berish yo‗li bilan uning faoliyatini yuritishga
kredit beradi. Jo‗natilgan tovar yoki xizmatlar qiymatining 10–20 %i
mijozga MSOdan mablag‗ undirilgandan keyin, komission to‗lovlar va
foizlarni chegirgan holda to‗lab berilishi mumkin. Xalqaro amaliyotda
bunday operatsiya uchun faktor – vositachi, odatda, shartnoma
summasidan 0,75 %dan 3 %gacha komission to‗lov va MYB bergan
krediti uchun foiz stavkasini undirib oladi. Kredit MYB tovar
hujjatlarini bankka bergan kunidan to bank tomonidan MSOdan pul
mablag‗larini undirib olgungacha bo‗lgan muddatga beriladi va xalqaro
amaliyotda bu kreditning foiz stavkasi hisob stavkasidan 1–2 punktga
yuqori bo‗lishi mumkin.
Moliyalashtirilmaydigan
faktoring
bank-faktor
tomonidan
MYBning
debitor
qarzdorligini
inkassatsiya
qilishdan
iborat.
Faktoringning bu turida MYB jo‗natilgan tovarlarning hujjatlarini bank-
faktor orqali MSOga yetkazadi. Bank o‗z navbati MYB va MSO
o‗rtasida tuzilgan, xo‗jalik shartnomasida ko‗rsatilgan muddatlarda va
summada MSOdan mablag‗ni MYB hisobiga undirish vazifasini
bajaradi. Bunda bank MYBga undan sotib olgan tovar hujjatlarini
ma‘lum bir sanalarda to‗lab berish bo‗yicha majburiyat olishi mumkin.
Agar mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi, shuningdek,
faktoring kompaniyasi bir mamlakat hududida joylashgan bo‗lsa,
bunday faktoring ichki faktoring (domestic factoring) deyiladi.
Eksportyor va importyor va bank yoki faktor turli mamlakatlarda bo‗lib,
mamlakatlararo faktoring munosabatlari yuzaga kelsa, bu xalqaro
Do'stlaringiz bilan baham: |