Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering 
 
Faktoring
Sotib oluvchi
Debitor 
Ochiq faktoring 
Kreditor 
Yopiq faktoring 
Mol yetkazib beruvchi
Regress huquqi 
O„z bilimini tekshirish bo„yicha savollar 
- Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi. 
- Kimlarga nisbatan faktoring qo‗llash mumkin emas. 
- Faktoring shartnomasini tuzish va uning elementlari. 
- Faktoring xizmatlarini taqdim etish shartlari. 
- Tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini o‗tkazish. 
- Faktoring operatsiyalarining kamchiliklari. 
499
oshirish jarayonida bank (faktor) tomonidan mijozga ko‗rsatiladigan bir 
qator boshqa komission-vositachilik xizmatlar ham tushuniladi. 
Faktoring operatsiyasini amalga oshirishda odatda uch subyekt 
qatnashadi. Bular: 
- faktor-vositachi (tijorat banki yoki faktoring kompaniyasi); 
- mol yetkazib beruvchi; 
- mol sotib oluvchi.
6 3
4 1
 
 
 
 
 
 
 
5
 
1. 

24-rasm. Faktoring operatsiyasini o„tkazish jarayonlari 
 
1 - bank (faktor) va mol yetkazib beruvchi o‗rtasida faktoring 
xizmati bo‗yicha shartnoma tuzish. 
2 - mol yetkazib beruvchi (MYB) tomonidan mol sotib oluvchiga 
tovar jo‗natish, xizmatlar ko‗rsatish. 
3 - MSO tomonidan yetkazib berilgan tovar va xizmatlarning 
hujjatlarni bank (faktor)ga berish yoki faktor tomonidan ularni (debitor 
qarzdorlik) sotib olish. 
4 - bank (faktor) tomonidan MYBga tovar yoki xizmatlar haqini 
(60-85 foiz)to‗lab berish. 
5 - MYB va MSO o‗rtasida tuzilgan shartnoma bo‗yicha tovar va 
xizmatlarga to‗lash muddati yetib kelganda, bank to‗lovni MSOdan 
undirib oladi. 
6 - bank (faktor) tomonidan komissiya to‗lovlarini ushlab qolgan 
holda to‗lovning qolgan qismi (15-40 foizi)ni MSOga o‗tkazib berish. 
Faktoring operatsiyasini amalga oshirganlik uchun komissiya 
to‗lovi ikki asosiy omilga bog‗liq bo‗ladi: 
birinchidan, MYBning faktoring operatsiyasiga jalb qilingan pul 
mablag‗larining oboroti va summasiga; 
Bank, Faktoring 
kompaniya (Faktor) 
Mol yetkazib beruvchi 
(MEB) 
Mol sotib oluvchi 
(MSO)


500
ikkinchidan, faktoring uchun jalb qilingan kredit resurslarining 
miqdori va foiz stavkasiga bog‗liq. Odatda, faktoring bo‗yicha 
komissiya to‗lovi bank (faktor) tomonidan mijozga to‗lab berilgan pul 
mablag‗lariga kunlik foiz stavka o‗rnatish va uni undirish orqali amalga 
oshiriladi. 
Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
ta‘sirida 
ko‗pgina 
mamlakatlarning iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan noto‗lovlar faktoring 
operatsiyalarining ahamiyati va dolzarbligini yanada oshirdi. 
Faktoring operatsiyasi pul mablag‗larini undirish bo‗yicha 
majburiyatni va to‗lamaslik riskini o‗zida ifodalaganligi bois, u riskli 
operatsiyalar qatoriga kiradi. U risk bilan bog‗liq bo‗lsada, lekin yuqori 
foydali bank biznesi, moliya marketingining samarali vositasi, 
iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy jarayonlarga mos bo‗lgan 
bank 
operatsiyalarining 
integratsiyalashgan 
shakllaridan 
biri 
xisoblanadi. Faktoring operatsiyalari xalqaro iqtisodiy munosabatlarida 
ham qo‗llanilib, uni xalqaro kreditning shakli sifatida qarash mumkin. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda eksportyorning importyorlarga 
bo‗lgan pul talablari maxsus faktoring kompaniya tomonidan sotib 
olinadi ( inkassatsiya qilinadi). 
XX asrning 50-yillaridan boshlab, amerika banklari tomonidan 
to‗lovlarning 
to‗xtab 
qolishi, 
to‗lay 
olmaslik, 
shuningdek, 
eksportyorlarning kreditlarga bo‗lgan ehtiyojining o‗sishi faktoring 
operatsiyalarining rivojlanishiga sabab bo‗ldi.
1988-yilda xususiy xuquqni unifikatsiyalash Xalqaro instituti 
tomonidan qabul qilingan xalqaro faktoring to‗g‗risidagi konventsiyaga 
asosan quyidagi 4 ta belgidan kamida 2 tasini qondirgan operatsiya 
faktoring hisoblanishi mumkin. Bular quyidagilar: 
1. Qarz majburiyatlarini oldindan to‗lab berish shaklida 
kreditlashjarayonining yuzaga kelishi. 
2. Mol yetkazib beruvchining buxgalteriya hisobi, ayniqsa, sotuv 
hisobining tizimli yo‗lga qo‗yilganligi va yuritilishi. 
3. Mol yetkazib beruvchi qarzning inkassatsiya qilinganlig. 
4. Mol yetkazib beruvchini kredit riskidan sug‗urta qilish. 
O‗zbekiston Respublikasida faktoring operatsiyalari XX asrning 
90-yillaridan 
boshlab 
tijorat 
banklari 
amaliyotida 
qo‗llanilib 
kelinmoqda. ―Banklar va bank faolimyati to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston 
Respublikasi qonunining 4- moddasiga binoan uchinchi shaxslar 
nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar 
berish, uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish 
509
muammosini hal qilish, ushbu munosabatlarning barqaror bo‗lishiga 
ko‗maklashishi kerak. 
O‗zbekiston Respublikasida banklar faktoring operatsiyalarini
XX asrning 90-yillar o‗rtalaridan amalga oshira boshladilar. Fuqarolik 
Kodeksining 42-bobi pul talabnomasi ostida mablag‗ bilan ta‘minlash, 
Markaziy bankning yo‗riqnomalaridan kelib chiqib banklar faoliyatida 
faktoring operatsiyalari qo‗llash imkoniyatlari kengaya boshladi. 
Markaziy bank tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga 
oshirish uchun ro‗yxat mol yetkazib beruvchining asosiy hisob raqami 
ochilgan bankdagina berilishiga ruxsat etilgan. 
Faktoring uchun bankning o‗z mablag‗lari manba bo‗ladi, ya‘ni 
banklar faktoring xizmatini o‗z sarmoyasi hisobiga amalga oshiradi, 
faktoring 
muddati 
90 
kun 
qilib 
belgilangan 
va 
faktoring 
operatsiyalarning samaradorligini oshirish uchun ushbu operatsiya 
regress huquqisiz amalga oshirilishi, ya‘ni bank mol yetkazib beruvchi 
hisobvarag‗idan faktoring shartnomasi bo‗yicha o‗tkaziladigan summani 
qaytarib olishga haqli emas. Bu shart hozirgi kunda faktoring amaliyoti 
va uning samaradorligini ta‘minlashga xizmat qilmoqda. Bu operatsiya 
orqali nafaqat mol yetkazib beruvchi, balki mol sotib oluvchi ham ijobiy 
imkoniyatlarga bo‗ladi. Bular: 
• sifatsiz tovarni sotib olish riskini bartaraf etadi; 
• mablag‗lar aylanishini tezlashtiradi, raqobatbardoshligini 
yaxshilaydi; 
• xarid hajmini ko‗paytiradi.
Bundan tashqari faktoringning iqtisodiy afzalliklari: 
* likvidlilik va rentabelligini oshiradi va foydasini ko‗paytiradi; 
* debitor qarzdorlik tezda pul mablag‗iga aylanadi; 
* debitorlar tomonidan to‗lovlar muddatlariga rioya qilishidan 
mustaqil bo‗ladi; 
* oborot hajmi kengayadi va daromadlilik oshadi; 
* o‗z kapitalini iqtisodiy va moliyaviy rejalashtirish imkoniyati 
kengayadi;
* to‗lay olmasligi riskini kamaytiradi. 
Shu bilan birga faktoring maxsus jarayon bo‗lib, bu sohada yuzaga 
keladigan risklarni boshqarishni talab qiladi. 
Umuman, faktoring pul mablag‗lari va sarmoyalar aylanishini 
tezlashtirish, qarzni undirib olish bilan bog‗liq xarajatlarni kamaytirish, 
banklar o‗rtasida munosabatlarni osonlashtirishga yordam berib, pulning 


508
Faktoring operatsiyalari quyidagilar bo‗yicha amalga oshirilishi 
mumkin emas: 
- byudjet tashkilotiga qo‗yilgan talabnomalar; 
- jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo‗yicha;
- to‗lovga layoqatsiz deb e‘lon qilingan korxonalarning maj-
buriyatlari;
- zarar ko‗rib ishlaydigan korxonalar bo‗yicha; 
- nolikvid balansga ega bo‗lgan korxonalar bo‗yicha; 
- kapital qo‗yilmalarni moliyalash bo‗yicha;
- tovar to‗lovi va barter bitimlari bo‗yicha; 
- bajarilgan ishga bosqichma bosqich yoki tugashi bilan haq 
to‗lanadigan bo‗lsa;
- agar oldi-sotdi to‗g‗risidagi shartnomada to‗lovchi shartda 
kelishilgan muddatda mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo‗lsa, 
shuningdek sotuvdan keyin xizmat ko‗rsatish mavjud bo‗sa faktoring 
qo‗llanilmaydi. 
Faktoring operatsiyalariga doir mablag‗larni yetkazib beruvchining 
hisob raqamiga o‗tkazilishi ikki nusxada memorial order bilan 
rasmiylashtiriladi, ulardan bittasi shu operatsiya amalga oshirilgan 
kunga tegishli kunlik hujjatlarga tikiladi, ikkinchi nusxasi esa mijozning 
hisob raqamdan ko‗chirmasiga ilova qilinadi. Faktoring bo‗yicha hisob-
kitoblar amalga oshirilganida to‗lov talabnomasining yuqori qismida 
faktoring degan yozuv yoki muhr va oluvchi hisobraqamida faktoring 
hisob raqami ko‗rsatilishi shart. 
Aslida faktoring yuqori daromad keltiruvchi operatsiya bo‗lishi 
bilan bir qatorda, o‗ziga yarasha riskli operatsiya hisoblanadi. Bank 
shartnoma shartlariga muvofiq operatsiyalarni amalga oshirishi, yetkazib 
beruvchi va to‗lovchi bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning batafsil 
hisobini yuritishi, yetkazib beruvchini shaxsiy hisob varag‗i holati 
to‗lovchi tomonidan to‗lov talabnomalari to‗lanishi va qarzni qaytarilish 
holati to‗g‗risida muntazam ravishda hisobot tayyorlashi va muddati 
o‗tkazib yuborilgan to‗lov talabnomalarning tahlilini amalga oshirishi 
shart. 
O‗zbekiston Respublikasida hozirgi paytda to‗lov muddatlariga 
rioya qilish, hamda xo‗jalik yurituvchi subyektlarning debitor va 
kreditor qarzdorliklarini imkon boricha kamaytirishga jiddiy e‘tibor 
berilmoqda. Bank faktorlar faoliyati, aynan tovar yetkazib beruvchilar 
va xaridorlar o‗rtasidagi munosabatlarda to‗lovlar xatari va muddatlilik 
501
huquqini olish va boshqalar banklar tomonidan faktoring operatsiyalarni 
amalga oshirishga huquqiy asos yaratib berildi. 
Faktoring quyidagi funksiyalarni bajaradi. 
1. Subyektning qarz majburiyatlarini kreditlash orqali uning joriy 
faoliyatini moliyalashtirish, faoliyatini qo‗llab-quvvatlash, manfaatlarini 
himoya qilish. 
2. MSOdan pul mablag‗larini undirish. 
3. MYBga berilgan kredit berish ustidan monitoring yuritish. 
4. Kredit riskining oldini olish v.b. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling